Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə37/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100
умк илмий иш асослари

Dissertatsiya (lot. Dissertatio – tadqiqot, mulohaza) – ilmiy daraja olish uchun taqdim etilgan va jamoatchilik oldida yakka tartibda himoya qilinadigan asar. Dissertatsiya himoya qilish dastlab o’rta asrlarda nemis tilida so’zlashadigan mamlakatlarning universitetlarida paydo bo’lgan. 16-17 asrlarda boshqa mamlakatlarga ham tarqala boshlagan. O‘zbekistonda 1934- yilda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilish joriy etila boshlandi. Fan nomzodi darajasini olish uchun himoya qilinadigan dissertatsiya yangi ilmiy-amaliy xulosa va tavsifalarni o’z ichiga olishi, uning muallifi (dissertant) tanlagan mutaxassislik bo’yicha chuqur ilmiy-nazariy bilimga ega ekanligini ko’rsatib berishi lozim. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun himoya qilinadigan dissertatsiya fan va texnikaning muayyan sohasidagi katta ilmiy-nazariy muammoni hal qilishi, fan va amaliyotning rivojiga ulkan hissa bo’lib qo’shilishi lozim. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot institutlarida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlarda himoya qilinadi. Himoyaga taqdim etilgan dissertatsiyaning asosiy mazmuni alohida kitob tarzida yoki jurnal, ilmiy to’plam va boshqa nashrlarda e’lon qilinishi lozim. Ualrning soni va hajmi O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan belgilanadi. Shuningdek, muhim ixtiro va kashfiyotlar, ayrim shaxs va jamoa tomonidan yangi mashina, boshqarish tizimi, turli asboblar, qurilma va texnologik jarayonlar yaratishdagi tugallangan ishlar, bir muallif tomonidan tayyorlangan mustaqil ilmiy va ilmiy metodik asar darajasida bo’lgan orginal darsliklar ham ikmiy ma’ruza shaklida taqdim etilishi mumkin.
Dissertatsiya himoyasi oldidan uning asosiy mazmuni va xulosalari yozilgan avtoreferat e’lon qilinadi. Himoya qilingan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari OAK tomonidan belgilangan muddatlarda tasdiqlangandan so’ng dissertatsiya himoya qilgan shaxsga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. Himaya qilingan dissertatsiyalar himoya o’tgan ilmiy muassasa kutubxonasida, shuningdek, muayyan soha kutubxonalarida saqlanadi.
O‘zRda 2000-2001 o’quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida magistrlar uchun ilmiy yoki ilmiy texnikaviy mazmundagi magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish joriy qilindi.
Rezyume (fransuzcha rezume - qisqacha bayon qilmoq). Yozilgan, aytilgan yoki o’qilgan matn mazmunining qisqacha bayoni. Rezyume o’z ichiga quyidagilarni oladi:
– tayanch (eng muhim) so’zlar;
– tadqiqot obyekti ;
– tadqiqot maqsadi;
– tadqiqot metodlari;
– olingan natijalar va ularning yangiligi;
– amaliy ahamiyati;
– tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi;
– qo’llanish sohasi;
Keyingi paytlarda magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlariga ham qisqa tarzda avtoreferat tuzish va uning qisqacha mazmuni – rezyume kiritish tavsiya qilinmoqda.
Tezis (yunoncha thesis - qoida, isbot) 1) keng ma'noda - bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; tor ma'noda - asosiy fikr, prinsip; 2) mantiqda isbot qilishni talab etuvchi fikr. Tezis og’zaki ma’ruza yoki yozma bayon qilinishi zarur bo’lgan fikr-mulohazalarning qisqacha ifodasidir. Tezisning xususiyatlari:

  • tezis o’rganilgan manbaning asosiy mazmunini qamrab olishi shart;

  • tezis hajm jihatidan ilmiy maqoladan qisqa bo’ladi;

  • tezisda muallifning fikri nihoyatda aniq va lo’nda bo’lishi kerak;

  • tezisda umumlashtirilgan, asoslangan, mustaqil yondashilgan xulosalar bo’lishi shart.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin