Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə45/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100
умк илмий иш асослари

2. Maqsad va vazifalari
Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalarining muvofiq kadrlar tayyorlash sohasida kasbiy tayyorgarlik darajasi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish va tahlil etish maqsadida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha bitiruvchi talabalarning eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasini tanlab olish;
yetakchi vazirlik, idora, kompaniya va korxonalar uchun yosh mutaxassis kadrlar zahirasini shakllantirishga yordamlashish;
oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qitish jarayoniga amaliy vazifalarni yechish ko‘nikmalarini paydo qilishga qaratilgan yangi ta’lim texnologiyalari, usul va uslublarini joriy etishga ko‘maklashish;
oliy ta’lim muassasalari, talaba va ish beruvchi-iste’molchilar o‘rtasida uch tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish;
iqtidorli va iste’dodli bitiruvchilarni aniqlash, ular ijodiy qobiliyatlarini kelgusi tadqiqot, ishlab chiqarish va ilmiy faoliyati uchun safarbar etishga ko‘maklashish;
talabalar ijodiy faoliyatini faollashtirish, kadrlarni intellektual salohiyatli va o‘z kasbining ustasi sifatida shakllantirish;
iste’dod va bilimni qo‘llab-quvvatlash;
kadrlar tayyorlash sifatini oshirish;
mutaxassislar sifatiga bo‘lgan talablarni takomillashtirish;
pedagog va ilmiy rahbarlarni shogird yetishtirishga rag‘batlantirish;
fan, ta’lim va ishlab chiqarish birligini mustahkamlashga oliy ta’lim muassasalari mas’ulligini oshirish;
talabalar ilmiy jamiyatlari va ilmiy birlashmalarini rivojlantirish.


3. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish muddatlari
3.1. Tanlov mazkur Nizom ilovasida keltirilgan muddatlarda tashkil etiladi va respublika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘rtasida ta’lim sohalari bo‘yicha har yili aprel-may oylarida o‘tkaziladi.
3.2. Tanlovni o‘tkazish uchun tanlov o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasasi rektori va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori mas’uldir.
3.3. Ta’lim sohalari bo‘yicha tanlov o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati har o‘quv yilining sentabr oyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin