4. Tashkiliy qo‘mita vazifalari, huquq va majburiyatlari 4.1. Tashkiliy qo‘mita vazifalari:
Tanlov o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilish;
Tanlov hujjatlarini ishlab chiqish;
Tanlovni o‘tkazish shartlarini belgilash (o‘tkazish qoidalari, muddati, baholash mezonlari, bosqichlari va h.k);
ekspert kengashi tarkibini shakllantirish, tasdiqlash va uning raisini tayinlash;
jyuri tarkibini shakllantirish va tasdiqlash, raisini tayinlash;
homiylar bilan ishlashni muvofiqlashtirish;
Tanlovga taqdim etilgan ishlar va buyurtmalarni to‘plash va ko‘rib chiqish;
tashkiliy qo‘mita va Tanlov oldida turgan vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan boshqa tashkiliy qarorlar qabul qilish;
Tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimini tashkil etish va o‘tkazish.
4.2. Tashkiliy qo‘mita huquqlari:
tanlov talablariga javob bermagan hollarda da’vogarga rad javobi berish;
tanlovni o‘tkazish qoidalari va shartlarini buzgan ishtirokchilarni chetlashtirish;
ekspert kengashi va Jyuri tomonidan vakolatlarini suiste’mol qilinganligi ma’lum bo‘lgan taqdirda Tanlov natijalarini bekor qilish;
ekspert kengashi va Jyuri tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish;
tanlovga alohida mukofot o‘rinlarini (nominatsiya) kiritish.
4.3. Tashkiliy qo‘mita majburiyatlari:
da’vogarlarning tanlovda ishtirok etish uchun ariza va ishlarini qabul qilish;
barcha ishtirokchilar uchun bir xil sharoit yaratish;
tanlov ochiq, xolis va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash;
natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan muddatda e’lon qilish.
4.4. Tashkiliy qo‘mita quyidagilar uchun mas’ul:
mazkur nizomni, tanlovni tayyorlash va o‘tkazish qoida va shartlarini buzmaslik;
tanlov ishtirokchilarining mualliflik huquqlariga rioya qilish.
4.5. Ishtirokchilar quyidagilar uchun mas’ul:
buyurtmada ko‘rsatilgan axborot aniqligi to‘g‘risidagi talablarni buzmaslik;
mazkur nizomda ko‘zda tutilgan qoida va shartlarga rioya qilish.
Keltirilgan talablar buzilgan taqdirda Ishtirokchilar Tanlovda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinishlari mumkin. Bu hol tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, Ishtirokchiga faks yoki elektron pochta orqali yetkaziladi.