Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi


Ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə47/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100
умк илмий иш асослари

5. Ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari
5.1. Ishtirokchilar quyidagi huquqlarga ega:
Tanlov o‘tkazish shartlari va tartibi to‘g‘risida axborot olish;
tashkiliy qo‘mitaga mazkur Nizom bandlari yuzasidan murojaat qilish;
tanlovda ishtirok etish uchun buyurtma berish;
buyurtmalarni qabul qilish tugashidan bir oy oldin Tashkiliy qo‘mitaga rasmiy bildirish orqali buyurtmalarni qaytarib olish;
tanlov g‘olibi yoki nominanti bo‘lgan taqdirda mukofot va tegishli diplom olish.
5.2. Ishtirokchilarning majburiyatlari:
tanlov o‘tkazilish shartlari va talablar bilan avvaldan tanishish;
nizom talablariga muvofiq (2-ilova) rasmiylashtirilgan buyurtmani o‘z vaqtida taqdim etish;
nizomda ko‘zda tutilgan qoida va shartlarga rioya qilish.


6. Tanlovni tayyorlash va o‘tkazish bosqichlari
6.1. Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi. Tanlovning birinchi bosqichi mazkur Nizomga muvofiq oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi. Nominatsiyalarning kamida bittasidan Tanlovda g‘olib deb topilgan ishlar tanlovning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasalariga yuboriladi.
6.2. Tanlovni tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
tegishli yo‘nalish oliy ta’lim muassasalarini Tanlov o‘tkazish va tanlovga saralash shartlari to‘g‘risida xabardor qilish;
manfaatdor oliy ta’lim muassasalariga tanlov shartlari bo‘yicha zarur uslubiy hujjatlarni taqdim etish;
internet, ommaviy axborot vositalari yordamida keng jamoatchilikni o‘tkazilayotgan tadbir to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qilib borish;
Tanlovning asosiy va qo‘shimcha tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan ishlarni bajarish;
Tanlovga kelayotgan buyurtma va ishlarni qabul qilish;
buyurtma va ishlarni nizom talablariga muvofiqligini ekspert baholashni amalga oshirish;
Tanlovga qo‘yilgan ishlarni qiyosiy baholash;
Tanlov natijalarini belgilash.
7. Tanlovga qo‘yiladigan ishlarga talablar
7.1. Tanlov ochiq ravishda o‘tkaziladi. Unga respublika oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasasi tegishli fakulteti va kafedrasi tavsiyasi asosida rektor xatiga muvofiq taklif etiladi.
7.2. Tanlov o‘tkazilishi belgilangan o‘quv yilidan oldin bajarilgan ishlar tanlovda ishtirok etish uchun qabul qilinmaydi.
7.3. Tanlovga jo‘natilgan ishlarga taqriz berilmaydi va ular qaytarilmaydi. Ekspert kengashi va Jyuri tomonidan ekspert baholash uchun materiallardan xolis (talabaning familiyasi, ismi, sharifi va oliy ta’lim muassasasining nomi ko‘rsatilmagan holda) foydalanadi.
7.4. Amaliy yo‘nalishga ega, amaliyotga joriy etilgan va tegishli ijtimoiy-iqtisodiy samara bergan ishlarga ustuvorlik beriladi.
7.5. Tanlov materiallari to‘ldirilgan registratsiya buyurtmasi bilan qo‘shib taqdim etiladi (2-ilova).
7.6. Tanlovga yuborilayotgan ishga (keyingi matnda Tanlov ishi deb yuritiladi) qo‘yiladigan talablar:
Tanlov ishida aniq bir muammoning yechimi yuzasidan asosnoma, yechish shartlari va yo‘llari keltirilishi shart. Unda mavzuning nazariy, uslubiy va amaliy jihatlari uzviy ravishda ko‘rilishi kerak. Tanlab olingan muammo yechilishida ichki yaxlitlik va mantiqiy ketma-ketlik bo‘lishi lozim. Tanlov ishi o‘z ichiga quyidagilarni olishi lozim:
titul varag‘i (bitiruv va magistrlik ishlari uchun qabul qilingan).
mundarija (bulimlar nomi, qaysi betda ekanligi ko‘rsatilgan ravishda).
kirish (mavzu dolzarbligining asosnomasi, muammoni, maqsad va vazifa tavsifi, ilmiy talablarning boshqa ruknlari).
asosiy qism (bo‘limlar, har bir bo‘lim paragraflardan iborat).
xulosa (ishni asosiy bo‘limlari, natija va tavsiyalarni umumlashtirish).
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
ilovalar (grafiklar, jadvallar, rasmlar, hujjatlar, axborot materiallari).
Tegishli izohsiz o‘quv va ilmiy adabiyotlar, shuningdek, Internetdan ko‘chirilgan materiallardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin