Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi


Eng yaxshi ishni tanlash uchun baholash mezonlari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə48/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100
умк илмий иш асослари

8. Eng yaxshi ishni tanlash uchun baholash mezonlari:
mavzuning dolzarbligi;
mavzuning korxona (tashkilot) buyurtmasi asosida yozilganligi (shartnoma yoki buyurtma nusxasi);
ilmiy jihatdan yangi ekanligi;
ilmiy va amaliy ahamiyati;
amaliyotga tadbiqi (ma’lumotnoma);
tadqiqotning maqsadi, vazifasini belgilashda aniqlik va mantiqiy asos mavjudligi;
eng yangi axborot manbalaridan foydalanilganlik;
ishning hayotiyligi;
fikrlash, baho berish va xulosalarning mustaqilligi;
mavzu va aniq boshqaruv vazifalarini yechishda amaliy tavsiyalar va muallif qarashlarining originalligi;
materialni bayon qilish uslubi, tili (aniqlik, obrazlilik, lo‘ndalik, leksikasi, grammatikasi);
mavzu bo‘yicha kurgazmali materiallar mavjudligi va sifati;
ishning tashqi ko‘rinishi (bezak sifati, prezentabelligi).


9. Tanlov ishlarini baholash usullari
Eng yaxshi tanlov ishlarini saralash ikki bosqichda o‘tkaziladi:
Birinchi bosqich. Ekspert kengashi (hay’ati) tomonidan tanlovga taqdim etilgan ishlar va buyurtmalarni ko‘rib chiqish.
Ekspert kengashi (hay’ati)ning vazifalari quyidagilardan iborat:
Tanlovga taqdim etilgan ishlar va buyurtmalarni Tanlovga topshiriladigan ishlarning darajasi va mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi jihatidan ko‘rib chiqish;
saralangan ishlarni ko‘rib chiqish uchun jyuriga taqdim etish.
Ikkinchi bosqich. Jyuri a’zolari tomonidan ishlarni baholash.
Tanlov jyurisining vazifalari quyidagilardan iborat:
ishlarni ko‘rib chiqish;
tanlov g‘oliblari va mukofot egalarini aniqlash.


10.Tanlovni o‘tkazish va natijasini belgilash muddatlari
10.1. Tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmalar joriy yilning
1 martidan boshlab yuboriladi. Ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilingan ishlar Tashkiliy qo‘mitaga 15-apreldan kechikmasdan topshirilishi lozim. Belgilangan muddatda topshirilmagan ishlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Materiallar Tashkiliy qo‘mitaga buyurtma xat orqali qog‘oz va elektron nusxalarda «-------- (ta’lim sohasi) eng yaxshi ish» tanloviga, degan belgi bilan yuborilishi shart.
10.2. Tanlov o‘tkazilgan ta’lim muassasasiga Tanlov g‘olibi va sovrindorlari natijalarni e’lon qilish va mukofotlash tantanalariga ishtirok etishi uchun taklif etiladi.
10.3. Tanlov g‘oliblari va sovrindorlarining ro‘yxati oliy ta’lim muassasalari nashrlarida e’lon qilinadi. Eng yaxshi va alohida qiziqish uyg‘otgan ishlar Vazirlik saytida va respublika nashrlarida 3-ilovaga muvofiq e’lon qilinadi.
10.4. Tanlov g‘olibi (sovrindori) bo‘la olmagan ishtirokchilar ham mukofotlash tantanalarida tomoshabin sifatida ishtirok etishlari mumkin.
10.5. G‘oliblarni mukofotlash va natijalarni e’lon qilish Tanlov tashkiliy qumitasi tomonidan (30-mayga qadar) amalga oshiriladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin