Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi


Ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur talab va imkoniyatlar –



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə6/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
умк илмий иш асослари

Ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur talab va imkoniyatlar – quyidagilar:
1)ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur bo‘lgan ilmiy mavzusi va ilmiy rejasi, asosnomasi;
2)tanlangan ilmiy mavzu uchun materiallar va zarur adabiyotlarning mavjudligi va mavzu doirasida boshqa ilmiy tadqiqotlarning bajarilmaganligi;
3) mavzu bo‘yicha ilmiy dalillarning egaligi;
4) ilmiy va amaliy asoslarda reja tuzilganligi.
Ilmiy tadqiqot olib borishning metodologik asoslari – tadqiqot olib borilayotgan mavzu doirasida ma'lum bir darajada tadqiqotlar olib borilganligi, shu tadqiqotlarda ma'lum metodlarning qo‘llanilganligi, shu mavzuda kuzatishlar ma'lum me'yorlar ko‘rinishga kelganligi va ilmiy tadqiqot sohasining xususiyatlari ma'lum bir darajada talqin hamda tahlil etilgan adabiyotlarning mavjudligidir.
Ilmiy tadqiqotning namoyon bo‘lish shakllari. Ilmiy tadqiqot jarayonida inson mohiyatan o‘zligini anglaydi. Bu bilan inson nafaqat tashqi muhitda, balki o‘z ruhiyatida ham o‘zgarish yasaydi. Ilmiy ijod xilma-xil ma'naviy-madaniy ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha son-sanoqsiz vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan faoliyatdir.
Ilmiy tadqiqot jarayonida erkin bo‘lish – moneliksiz ijod qilish, yangi ilmiy bilimlarni olish va qayta ishlashda ob'ektiv va xolis bo‘lish muhimdir. Olimlar o‘z ilmiy faoliyatining maksadlari va metodlariga o‘zlari axloqiy nuqtai nazardan baho berishlari, axloqiy meyorlarni buzish bilan bog‘lik bo‘lgan tadkiqotlardan voz kechishlari lozim.
Har kanday ilmny faoliyat matnlarda «yozma» ko‘rintida (qogozda yoki elektron) — ilmiy hisobot, ilmiy ma'ruza, referat, maqola, kitob tarzida rasmiylashtirilgan bo‘lishining asosida ikki shart-sharoit yotadi. Birinchidan, olim o‘z g‘oyalari va natijalarini qatiy ilmiy tilda faqat yozma (elektron) tarzda bayon etishi mumkin. Har qanday ilmiy ishni, hatto, kichkina maqolani qog‘ozga tushirish, fikrning ifodasida ketma-ketlikka erishish muhim ahamiyatga ega, maqola yoki tezis yozish boshlovchi tadqiqotchi uchun jiddiy muammolar bilan bog‘liq, chunki jamoa oldidagi chiqishlarda osonlik bilan aytiladigan yoki odam «ichida»tafakkurida shakllangan so‘zlar va fikrlarning ifodasini o‘z vaqtida qog‘ozga tushirish uchun olimga mantiqiy izchillik ko‘p hollarda yetishmaydn.
Yozma nutq va og‘zaki nutqning bir-biridan farqi shundaki, og‘zaki nutqdagi ba'zi nuqsonlar eshituvchilar tomonidan e'tiborga olinmaydi, biroq yozma matnda qat'iy mantiqiy izchillik talab etiladi, chunki undagi fikrlar ketma-ketligiga o‘quvchi qayta-qayta murojaat qiladi va yangi bilimning maqsadi va mohiyatini aniqlashga harakat qiladi.
Ikkinchidan, olimning salohiyati uning turli jurnallarda nashr kilgan ilmny makolalarining soni va salmog‘i hamda respublika va xorijda o‘tkazilgan konferensiyalaridagi ilmiy ma'ruzalarda aniqlanadi. Tadqikotchi uchun nashr etilgan ishlari ro‘yxatini doimiy to‘ldirib borilishi va ma'ruzalar mazmunining turli-tumanligi uning imidji shakllanishiga asos bo‘ladi.
Ilmiy tadqiqot jarayoni olimning ilhomi, fantaziyasi, umumiy madaniyati, shuningdek, uning shaxsnn sifatlari bilan chambarchas bog‘liq.
Ilmiy tadqiqot olib borishning zaruriy shartlari: ilmiy o‘rganish, chuqur bilim sohibi bo‘lish; mehnatsevarlik; ilm bilan shug‘ullanish layoqatiga ega bo‘lish.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin