Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi


Foydalanishга таvsiya eтiladigan аdаbиётlar



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə8/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100
умк илмий иш асослари

Foydalanishга таvsiya eтiladigan аdаbиётlar:
1.Давронов 3. Илмий ижод методологияси. Т.: IQTISOD-MOLIYA, 2007.
2. Dadaboyev H. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. –Toshkent, 2003.
4.Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.
5.Раҳматуллаев Ш. Илмий иш олиб бориш асослари. –Тошкент: ТошДУ нашриёти, 1988.
Ilmiy tadqiqotning nazariy asoslari (Fan ijtimoiy-madaniy qodisa, fan bilishiing maxsus shakli, ijod va ilmiy tadkiqot bidish faoliyatining mahsuli. Ilmiy tadqiqotning namoyon bo‘lish shakllari, ilmiy tadqiqotda innovatsiya va novatsiyalar, oqilonalik va ilmiy tadqiqot mutanosibligi oqilonalik va irratsionalizm uyg‘unligi).
Ilmiy tadqiqotning amaliy asoslari (asosiy metodologik yondashuvlar va tamoyillar, ilmiy tadqiqotning tiplari, muammo va muammoli vaziyat ilmiy tadqiqotning boshlang‘ich asosi, ilmiy tadqiqot dadalillarning roli, ilmiy tadqiqotga axborot va axborot texnologiyalarining ta'siri, ilmiy tadqiqotda tushunish va tushuntirishning ahamiyati, olimning ijtimoiy mas'uliyati).
Ilmiy tad qiqotning amal qilish mexanizmlari. Muammo va uni to‘g‘ri qo‘yish ilmiy tadqiqotnnig eng muhim mexanizmi.
Gipoteza. Ilmiy tadqiqot va ijodiy faoliyat inson intellektual salohiyatini yuksaltiruvchi omillar bo‘lib, bular orqali insonning biladigan haqiqati ham bilimdan iborat bo‘ladi, aql esa ilmdan quvvat oladi va shuning bilan birga ilm ham egallanadi. Ayni shu ma'noda, S.Yu.Saurov «Gipoteza fenomeni nazariyani yaratishning dastlabki bosqichidir»5, – deb yozadi.
Gipoteza yangi ilmiy izlanish jarayonida dalillarning mohiyatini tushuntiruvchi qonun mavjudligi haqidagi asosli taxmindir. Gipoteza odatda olimlar tomonidan ilmiy muammoning qo‘yilishiga sabab bo‘lgan ilmiy dalillarni taxminiy tushuntirish maqsadida ham ishlab chiqiladi. Bunda gipoteza nazariy va empirik talablarga javob berishi talab etiladn. Agar bunday tekshyarishning iloji bo‘lmasa, gipoteza ilmiy jihatdan asossiz, deb topiladi. I.Saifnazarov, G.Nikitchenko, B.Qosimovlarning ta'kidlashicha, «Ilmiy ijod jarayonida gipotezalarning to‘g‘riligi, ziddiyatsizligi bir necha karra sinovdan o‘tkaziladi. Tekshiruvlarning ijobiy natijasi gipotezaning to‘g‘riligini tasdiqlaydi yoki gipoteza haqkoniy ilmiy nazariyaga aylanganini ko‘rsatadn. Bu ilmiy ijodning tantanasi, chinakam ilmiy kashfiyot. Ilmiy ijodda teran, mazmunli gipoteza ilmiy bilimning o‘sishi, fanda prognoz va bashorat qilish, ilmny qonunni kashf etish va nazariya yaratish uchun pishiq poydevor bo‘lib xizmat qiladi»6.
Leybnits: «Agar gipoteza quyidagi uch shartni qanoatlantirsa, u asosli bo‘ladi: birinchidan – u sodda bo‘lsa; ikkinchidan - ko‘p sonli hodisalarni tushuntirsa; uchinchidan – yangi hodisalarni bashorat qilishga yordam bersa»7, deb ta'kidlaydi. Mazkur uchta shartning oxirgisi aynan ilmiy-ijodiy faolnyatda namoyon bo‘luvchi gipotezaning mazmun-mohiyatinn ifodalaydi.
Nazariya bu tabiat va jamiyat qonunlarining tushunish- gagina emas, balki unga faol ta'sir etib aqliy asosda o‘zgartirgailar kiritish haqidagi ilmiy goyalar to‘plamidir. Ilmiy bilishda nazariya hodisalarnnng muayyan turkumi, bu turkumdagi hodisalarning mohiyati va ularga nisbatan amal kiladigan borliq qonunlari haqidagi bilimlarning mantiqiy asoslangan va amaliyot sinovidan o‘tgan tizimi sifatida ham talqin etiladi.
Ilmiy nazariyani shakllantirishda unda foydalaniladigan atamalarni aniqlash muhim. Aniklash protseduralari ikki asosiy vazifani bajaradi: 1) mavjud nazariyaga yangi atamalarni kiritish; 2) biror atamani uni boshka atamalar vositasida tavsiflash orqali ma'nosini namoyon qilish. Shunga mos ravishda ikki kompleks masala yuzaga keladi: atamalar kiritishga oid masalalar va atamalarning boshqa atamalar orqali aniklanishiga oid masalalar. Nazariyaning biror atamasi «ortiqcha»lik qiladi. Bunda bu atamaga tegishli tushunchani qolgan tushunchalar orqali ifodalash mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda, nazariyani boshka atamalar orqali aniqlanmaydigan atamalar sonini kamaytirish yo‘li bilan soddalashtirish mumkin.
Aqliy faoliyat - bu fikr shakllari bilan aniq belgilangan sxema, andozaga muvofiq ish kurish.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin