4.MAVZU:ILMIY TADQIQOT MAVZUSINI TANLASH VA DOLZARBLIGINI ASOSLASH
REJA:
1. Ilmiy tadqiqot mavzusini tanlash muammosi.
2. Ilmiy tadqiqot mavzusini tanlash.
3. Ilmiy tadqiqot mavzusining dolzarbligini asoslash.
4. Ilmiy tadqiqot mavzusining rejasini tuzish - ilmiy ishning alohida va individual ko‘rinishlari.
Foydalanishга таvsiya etiladigan аdаbиётlar:
1.Давронов 3. Илмий ижод методологияси. - Т.: IQTISOD-MOLIYA, 2007.
2. Dadaboyev H. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. -Toshkent,2003.
4.Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.-T.: Ma’naviyat, 2008.
5.Раҳматуллаев Ш. Илмий иш олиб бориш асослари. -Тошкент: ТошДУ нашриёти, 1988.
Ilmiy tadqiqot mavzusini tanlash muammosi har bir tadqiqotchi uchun eng murakkab masalalardan biri sanaladi. Chunki tadqiotchi o’zi biladigan, izlanishlar olib boradigan mavzuni tanlashga harakat qilishadi.Ammo hamma mavzular ham ilmiy ishga mavzu bo’lavermaydi.Shuning uchun qo’qqisdan berilgan mavzular, BMI mavzusi ham tadqiqotchilarni qiynab qo’yadi.Va yana yaxshi mavzu bu yetmish foiz ishning tayyor degani hisoblanadi, deyishadi. Ilmiy ishning mavzusi tadqiqotchi tomonidan tanlanishi eng to’g’ri yo’l sanaladi. Shuning uchun ham bu masala har bir tadqiqotchi uchun mavzu tanlash muammosi hisoblanadi, desak o’rinli bo’ladi.
Ilmiy tadqiqot mavzusini tanlash murakkab jarayonlardan biri. Chunki ilmiy ish olib borish uchun ijodkor tadqiqotchilarning orzusi sanaladi. Ilmiy tadqiqot mavzusini tanlashdan oldin tadqiqotchi o’z sohasiga oid bir qancha adabiyotlar bilan tanishib chiqqan va bir necha maqolalar chiqargan bo’lsa, yaxshi bo’ladi. Tadqiqotchi o’zi yaxshi bilan mavzu va sohalar doirasidagi mavzuni o’rganishi va tanlashi o’rinli hisoblanadi. Aks holda boshqalar tanlab bergan mavzularning bajarilishi ham ancha murakkab holatda qiyinchilik bilan yakunlanishi mumkin yoki bu ilmiy ish mavzusi tadqiqotchi tomonidan tanlanmagani sababli umuman yakunlanmasligi ham mumkinligini e’tiborga olish kerak.
Ilmiy tadqiqot mavzusining dolzarbligini asoslash murakkab va qiziqarli jarayonlardan biri hisoblanadi. Ilmiy ishning dolzarbligida bu mavzuga oid ishlarni kimlar avval amalga oshirishgan, nima maqsadda va qay darajada tadqiq etilganligi ham kuzatiladi, o’rganiladi. SHuningdek, ilmiy tadqiqot mavzusidan qanday natijalar va nimalar kutilayotgani, uning ilmiy va amaliy ahamiyatining xalq xo’jaligiga keltirishi mumkin bo’lgan foydali jihatlari, ilmiy tadqiqot ishining predmeti, maqsadi va vazifalari, kutilayotgan ilmiy natijalarning fan sohasidagi o’rni va ahamiyati, himoyaga olib chiqilayotgan masalalarning tartibi hamda mazkur ishning taxminiy rejasi ilmiy ish mavzusining dolzarbligida o’z ifodasini topishi eng to’g’ri va o’rinli holdir.
Ilmiy tadqiqot mavzusining rejasini tuzish, ilmiy ishning alohida va individual ko‘rinishlari ham o’ziga xos murakkabliklarga ega bo’lgan jarayonlarning majmuidir. Ilmiy tadqiqot mavzusining rejasini tuzish mavzuning dolzarbligini asoslash jarayonida amalga oshiriladi va yo’lma-yo’l yana ham shakllantirilib, murakkab reja holatiga keltiriladi. Oddiy reja bu hali pishmagan ilmiy ish mavzusining rejasidir. Chunki unda boblarga qo’yilgan masalalar kichik qismlarga ajratilmagan holda turadi. Shuning uchun bu oddiy rejada ish olib borish ancha qiyin kechadi. Masalan, “Uchqo’rg’on shevasining leksik-semantik xususiyatlari” degan BMIning mavzusiga quyidagicha sodda reja tuzish mumkin:
Kirish.
1-bob
Sheva leksikasi to’g’risida.
2-bob
Sheva leksikasining tasniflanishi.
3-bob
Sheva leksikasining izohi.
Umumiy xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Murakkab reja esa qanchalik murakkab bo’lsa, uning bajarilishi shunchalik tez amalga oshiriladigan rejalardan biridir. Sababi, unda tadqiqotchi bajarishi mumkin bo’lgan barcha jarayonlar hisobga olingan holda murakkab reja tuziladi.Albatta, bunday reja tuzish uchun: a) ustoz bilan maslahatlashish; b) umumiy mavzuni yaxshi bilish; v) umumiy mavzuga tegishli ilmiy, amaliy va metodik adabiyotlar bilan tanishish imkoniyati bo’lgan bo’lishi shart. Ilmiy ish uchun tuziladigan murakaab rejaga misolni yuqorida berilgan mavzu asosida ham tuzish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |