Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi


Mavzu: O`zbek tilida bog`langan qo`shma gaplarning struktural-pozitsion xususiyatlari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə12/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
умк илмий иш асослари

Mavzu: O`zbek tilida bog`langan qo`shma gaplarning struktural-pozitsion xususiyatlari


Mundarija
Kirish. BMIning umumiy tavsifi
I bob. Bog`langan qo`shma gaplarning sintaktik xususiyatlari
1.1. Bog`langan qo`shma gaplarni biriktiruvchi vositalar
1.2. Bolangan qo`shma gaplarning pozitsion xususiyatlari


II bob. Bog`langan qo`shma gaplarning semantik xususiyatlari
2.1. Bog`langan qo`shma gaplarda payt munosabati
2.2. Bog`langan qo`shma gaplarda shartlanganlik munosabati

III bob. BMIning amaliyotga tatbiqi


3.1. Ta'lim bosqichlari dastur va darsliklarida "Bog`langan qo`shma gap" mavzusining berilishi
3.2. Tajriba-sinov ishlari
3.3. Olingan natijalar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Demak, sodda rejalarda ishlash ancha murakkab bўladi, chunki ishni qayerdan boshlab, qayerda to’xtatish ko’rsatilmagan. Murakkab rejada esa ilmiy ish mavzusining tanlanishidan boshlab, bajariladigan barcha ishlar birma-bir holatda ko’rsatib o’tilgan bo’ladi. Mazku murakkab reja barcha ilmiy ish mavzulari bo’yicha tuzilishi mumkin bo’lgan reja sanaladi. Bu esa ishga oid manbalar tanlash, daliliy va faktik dalillarni yig’ish, guruhlash va tasniflab, tahlilga tortish jarayonini ham o’zida ifodalab turadiki, tanlangan manbalar bekorga tanlanmaganligi asoslanilgan bo’ladi.


Manbalar tanlash va faktik material to‘plash ancha murakkab masalalardan biri sanaladi. Chunki mavjud adabiyotlar bir mavzuga to’g’ri kelsa, boshqa mavzuga umuman to’g’ri kelmaydi. Shuningdek, ilmiy ishning manbalari ham har xil bo’ladi. Sababi, ilmiy xarakterdagi manbalar, amaliy xarakterdagi manbalar mavjud.
Ilmiy xarakterdagi manbalar ham ilmiy-metodik adabiyotlar ko’rinishidagi manbalar, ilmiy-nazariy mazmundagi adabiyotlarga bo’linadi. Agar biror badiiy asar tahliliga oid ilmiy ish bo’lsa, shu badiiy asar mavzu uchun amaliy xarakterdagi manba hisoblanadi. Shu asarni nazariy jihatdan taҳlil va tavsif etilgan ishlar esa nazariy xarakterdagi manbalar hisoblanadi. Agarda tilshunoslikka oid ilmiy ish bo’lsa, uning materiallari majmui amaliy xarakterdagi manbalar sanaladi. Shu mavzuning ilmiy nazariy jihatdan ma’lum bir qirralarining tahliliga bag’ishlangan ishlar esa nazariy xarakterdagi manbalar sanaladi. Shuning uchun ular ilmiy-nazariy adabiyotlar va ilmiy-amaliy xarakterdagi adabiyotlarga ajratiladi.
Faktik materiallar esa turli amaliy xarakterdagi adabiyotlardan to’plangan va tahlilga tortilishi zarur bo’lgan misollar sanaladi. Asar qahramonlarning nutqi, sheva vakillarining dialektal so’zligi kabilar faktik materiallar hisoblanadi.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin