III bob. Mavzuning amaliyotga tatbiqi 3.1. Ergashgan qo‘shma gaplar masalasining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari darsliklarida berilishi
O’rta maxsus ta’lim bosqichida esa bu masala akademik litseyning 3-bosqichida o‘rgatiladi. Darslik: A.Nurmonov va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun darslik. -T.: Ilm-ziyo. 2010.
Akademik litseylarning 3-kursi uchun chiqarilgan A.Nurmonov va boshqalarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun darsligida bu masala quyi bosqichdan ko‘ra birmuncha torroq beriladi. Bunday bo‘lishi tabiiy, chunki talabalar quyi bosqichda ergashgan qo‘shma gapning mohiyati, birikish usullari, ergash gap va bosh gapni farqlash kabi masalalar bilan atroflicha tanishishgan. Bu bosqichdagi mavzularning mazmun-mundarijasi:
Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar va qo‘shma gap turlari.
Qismlari ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar.
Ergashtiruvchi bog‘lovchili qo‘shma gaplar va ularning tasnifi.
Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar va ularning tasnifi.
Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar bilan sodda gaplar sinonimiyasi.
3.2. Ergashgan qo‘shma gap mavzusining o’rta umumta’lim darsliklarida berilishi
O’rta umumta’lim maktablarida ergashgan qo‘shma gaplar masalasi 9-sinfda o‘rgatiladi. Manba: N.Mahmudov va boshq. Ona tili. Umumta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – T.: Tasvir, 2010. Ergashgan qo‘shma gaplar masalasini uzviylik tamoyillari asosida ko‘rib chiqamiz. 9-sinfda ergashgan qo‘shma gaplar quyidagi mavzular doirasida beriladi:
Ergashgan qo‘shma gap haqida ma’lumot.
Ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gaplar.
Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar.
Shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma gaplar.
Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gaplar.
Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar.
Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi.
Kesim ergash gapli qo‘shma gaplar.
Ega ergash gapli qo‘shma gaplar.
Hol ergash gapli qo‘shma gaplar.
To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar.
Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar.
Ko‘rinadiki, ergashgan qo‘shma gaplarning tasnifi masalasida ham munozarali jihatlar ko‘zga tashlanadi. 9-sinfda olmoshlar vositasida birikuvchi ergashgan qo‘shma gaplar “Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gaplar” va “Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar” atamalari bilan berilsa, litsey bosqichida bu tur “Havola bo‘lakli ergashgan qo‘shma gaplar” degan bitta nom ostida beriladi. Vaholanki, quyi bosqichda bu tasnif uchramagani, havola bo‘lakning xususiyati haqida ma’lumot berilmagani holda, birdaniga ergashgan qo‘shma gaplarning bir turi sifatida beriladi va tabiiy holda talabani chalg‘itadi.
Shuning uchun vositasi xususida ham ta’lim bosqichlarida farqli ma’lumotlar berilgan. 9-sinf darsligida shuning uchun vositasida birikkan ergashgan qo‘shma gaplar “Ko`makchili qurilmalar yordamida birikkan ergashgan qo‘shma gaplar” nomi ostida berilsa, litseyning yuqorida nomi keltirilgan darsligida shuning uchun vositasi ergashtiruvchi bog‘lovchi sifatida beriladi va ushbu vosita bilan hosil bo‘lgan ergashgan qo‘shma gaplar esa “Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplar” sifatida beriladi.
Tadqiqot matnida chizma, jadval, rasm va boshqa tarzdagi ko‘rgazmalilik (illustrativ material) bo‘lsa, ular albatta raqamlanishi bu raqamlanishda jadval (chizma)ning qaysi qism-fasl-bob-bo‘lim-bandga aloqadorligi, har biri sarlavhalanishi zarur. Bunday material tadqiqot matni matn ichida – qo‘llanilgan, tahlil etilgan joyda yoki ish, bob, bo‘lim, band oxirida alohida berilishi mumkin. Ular alohida berilganda jadval(chizma, rasm) eslatilgan joyda raqam va sarlavhasi, illustratsiyaning ozi berilganda esa ost qismida ishning shu jadval eslatilgan, tahlil etilgan beti ko‘rsatiladi. Har ikkala holatda ham matn ichida uning o‘rni ko‘rsatilishi shart.
Ilmiy tadqiqotning ilova qismida bu tadqiqotni yaxshiroq tushunish, zarur bo‘lganda uni chuqurlashtirishga imkoniyat beradigan ma’lumotlar va materiallar, fikrlarni tasdiqlovchi yoki oydinlashtiruvchi hujjatlar, rasmlar, har xil ko‘rsatkichlar, asarlardan parcha va namunalar beriladi.
Ilova materiallari bitiruv malakaviy ishlarining belgilangan sahifa miqdoriga kirmaydi, lekin sahifa raqamlari uzluksiz qo‘yiladi.
Ilovalarning har biri o‘z mavzusiga ega bo‘ladi va o‘ng tomonning yuqorisida Ilova degan yozuv qayd qilinadi. Agar ilovalar bir nechta bo‘lsa, ular “1-ilova”, 2-ilova” tarzida rasmiylashtiriladi.
Ilmiy tadqiqot ilovalar berilgach, yakunlangan sanaladi. U qayta tahrir etilishi zarur.