Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə23/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100
умк илмий иш асослари

Ilmiy xulosa ilmiy tadqiqning mag‘zi, maqsadi va uning eng zaruriy qismidir. Ilmiy xulosa tadqiqotchi kuzatgan, tavsiflagan hodisa-narsa haqida uning o‘zi shakllantirgan ilmiy tushunchadir. Ilmiy xulosa ixcham, tushunarli, aniq, tadqiqotchi bayon etgan tavsiflardan kelib chiqqan holda, sermazmun qonuniyat sifatida shakllantirilishi zarur.
Ilmiy xulosalar ilmiy tadqiqotlarda har xil bo‘ladi.Tadqiqot tuzilishida (strukturasida) mavjud bo‘lgan har bir band (paragraf), bo‘lim, bob, albatta, o‘z ilmiy xulosasi bilan yakunlanishi lozim. Bandlarning xulosalari bo‘lim xulosasida, bo‘limlarniki bob xulosalarida va nihoyat, boblarning xulosalari ishning umumiy xulosasida yakunlanishi lozim.
Xulosalar mana shu tarzda bosqichma-bosqich biri ikkinchisini to‘ldirib kelgan taqdirdagina ilmiy tadqiqda yaxlitlik va izchillik saqlangan bo‘ladi.Bunday izchil ilmiy xulosalar tizimiga ega bo‘lmagan ish mukammal ilmiy tadqiq emas, balki tartibsiz hodisalar tavsifidir, xolos.
Shuning uchun ilmiy tadqiqotlarni o‘qish (o‘rganish), odatda, ishning Kirish va Xulosa qismlari bilan tanishishdan boshlanadi, zeroki, hozir ko‘rib o‘tganimizdek, Kirish qismida tadqiqotchining ilk tayanch nuqtalari, xulosasida esa ishning yakuni tavsiflanadi. Aytganimizdek, ikki nuqtadan faqat bitta to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin – Kirish bilan Xulosa tadqiqotchi yo‘lini belgilaydigan nuqtalardir va shu nuqtalar aniq bo‘lsa, unda ishni tushunish va baholash oson ko‘chadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati tuzish
Bibliografiya (yunoncha Biblion – kitob va ... grafiya) – matbuot hamda yozuv asarlari haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni ma’lum ijtimoiy maqsadlarda targ’ib qilish bilan shug’ullanadigan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, tarixi, faoliyatini tashkil etish va uslubiyati bilan shug’ullanadigan fan bibliografiya fani deb ataladi.
Bibliografiya tuzish qadimgi dunyoda paydo bo’lgan (jumladan miloddan avvalgi 3-asrda Aleksandriya kutubxonasida Kallimax rahbarligida tuzilgan bibliografiya jadval). “Bibliografiya” termini dastlab kitob ko’chirib yozishni anglatgan, vaqt o’tishi bilan (17-asr o’rtalarida) kitoblar bayonini bildirgan. Bibliografiya tarixi kitob bosish yuzaga kelishi bilan boshlandi. Bosma asarlarning barcha turlari, qo’lyozmalar, ijtimoiy ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan eng yangi qo’lyozmalar (dissertatsiyalar, saqlashga topshirilgan qo’lyozmalar) bibliografiyaning o‘rganish sohasidir. Texnika taraqqiyoti, mikrofilm, ovoz yozish (gramplastinka) va boshqalarning paydo bo’lishi, matn yozishning o’zagarishi bibliografiya ko’lamini kengaytirmoqda. Bibliografiya taraqqiyotiga fan va madaniyat yutuqlari, jamiyatning qiroatxonlik talabining o’sishi katta ta’sir ko’rsatadi. O‘z navbatida bibliografiya ham ilmiy, adabiy va texnik ijodiyotga, nashriyot va kutubxonashunoslikka, kitob savdosi, ta’lim va mustaqil ta’limga ta’sir ko’rsatadi. Bibliografiya bosma asarlarni aniqlash, saralash va izohlash bilan fan taraqqiyoti yutuqlarini jamlashga va keyingi taraqqiyotga zamin yaratadi, madaniyat rivojlnishiga ayrim shaxs, xalq yoki mamlakatning qo’shgan hissasini o’zida aks ettiradi; masalani o’rganishga oid zarur tarixiy asarlarni ko’rsatadi. Kutubxonalarda to’plangan yoki yangi bosmadan chiqqan asarlarni targ’ib qilib, bibliografiya alohida ilmiy muhit, siyosiy, falsafiy va estetik qarashlarning tarqalishiga, shuningdek, texnikaviy malakaning oshishiga ta’sir etadi. Bibliografiya ilmiy va texnika xabarlari bilan yaqin aloqada. Ulardan farqli o’laroq, balki ular haqidagi bosma asarlar to’g’risidagi ma’lumotlar berib, ilmiy xabar bilan birga ilmiy, ma’rifiy va tarbiyaviy vazifani bajaradi.
Ko’pgina mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham bosma asarning majburiy (kontrol) nusxasi joriy qilingan bo’lib, shu asosda bosma asarlarni hisobga olish, so’ng kitobxonlarga mo’ljallab saralash yo’lga qo’yilgan. Bosma asarlarni ularning ilmiy va g’oyaviy ahamiyati, shuningdek mazmunini yoritib guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Bosma asarlar turlar (kitoblar, davriy nashrlar va b.), rasmiy belgilar (alfaviti, nashr joyi yoki sanasi), mazmuni (mavzu, fan va tarmoqlar) bo’yicha guruhlanadi. Bu bosma asarlarni guruhlarga ajratishning umumiy asosidir, bibliograflar har bir alohida hollarda o’zlarining tarmoqlar rejasini yaratadi. Bosma asarlarning tavsifnomasi mihim ahamiyatga ega. Uning asosiy qismi tasvirlash bo’lib, unga muallif familiyasi, asar sarlavhasi, sarlavhachasi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr vaqti (yili), hajmi (sahifa va bezaklar soni), zarur bo’lganda adadi, narxi va boshqalar haqidagi ma’lumotlar kiradi. Tasvirlash elementlari, odatda, o’rnatilgan qoidalar, shuningdek standartlar asosida belgilanadi. Bosma asarlar mazmuni tavsifnomasining asosiy shakllari – annotatsiya, referat, guruh axborot (obzor).
Ijtimoiy vazifasiga ko’ra, davlat bibliografiyasi, ilmiy yordamchi bibliografiyasi va tavsiya bibliografiyasiga; umimiy, soha va mazmunli bibliografiyaga bo’linadi. Bibliografiyaning alohida turini bibliografiya bibliografiyasi, biobibliografiya (shaxs bibliografiyasi) va o’lkashunoslik bibliografiyasi tashkil etadi. Bu bo’linish nisbiydir. Nashr shakliga ko’ra, bibliografik qo’llanmalar, bibliografik jurnallar, byulleten, gazeta, kitob va maqolalar ko’rsatkichlari va adabiyotlar ro’yxati kabilar farqlanadi.
Turkistonda bibliografiya ishi 9-15 asrlardayoq rivojlana boshlagan. Fan va adabiyotimizning yirik vakillari (Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va b.)ning asarlari saroy kutubxonalari tomonidan o’z jamg’armalarining bibliografik ro’yxati va ularni tavsif qilishishlari olib borilganligi haqida ma’lumotlar bor. Jumladan, Beruniy “Fihrist kutub Muhammad ibn Zakariyo ar-Riyoziy” (“Muhammad ibn Zakariyo ar-Riyoziy kitoblarining ro’yxati”) nomli Muhammad ibn Zakariyo Roziy ijodiga oid bibliografiya tuzadi. Ko’rsatkichda Roziyning 184 asarini berish bilan birga Beruniyning 1036 yilgacha yozgan 113 asarining ro’yxati ham keltirilgan. Bibliografiya qo’llanmalari tuzish keyingi davrda ham davom etdi: Ibn Abdullahab Yoqutning “Ismlar lug’ati va fanlar mazmuni” (12 asr); Xoja Xalifaning “Kitob va fan nomlaridagi shubhaning bartaraf etilishi” (18 asr) va b.
XX asrning 20-30- yillarida bibliografiya ishiga jiddiy ahamiyat berila boshlandi va hozirgi kunda muhim davlat ishiga aylangan. 1926- yildan O‘zbekiston Respublikasi Kitob palatasi, 1930- yildan Alisher Navoiy nomidagi davlat kutubxonasi bibliografiya bo’limining tashkil qilinishi o’zbek milliy bibliografiyasining rivojlanishiga zamin yaratdi. O‘zbek tilida tuzilgan dastlabki ko’rsatkich S.Dolimov va F.Ubaydullayevning “Mukammal ilmiy bibliografiya” (1934) asari bo’lib, unda 3 ming kitobning tavsifi berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi respublika davlat bibliografiyasining asosiy markazidir. O‘zbekiston Respublikasida bibliografiya ishi bilan O‘zbekiston davlat kutubxonasi, O‘zbekiston FA asosiy kutubxonasi va boshqa kutubxonalar ham shug’ullanadi. Bibliografiya ishiga oid ilmiy ishlar asosan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining “Bibliografiya” kafedrasida olib boriladi.
BMIda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 3 qismdan iborat bo’ladi:
1.Siyosiy adabiyotlar – ular alifbo tartibidan tashqarida, ro’yxatning boshida keltiriladi.
2.Ilmiy adabiyotlar – ular alifbo tartibida siyosiy adabiyotlardan keyin keltiriladi.
3.Internetga oid adabiyotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatining oxirida keltiriladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin