Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi


Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə19/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100
умк илмий иш асослари

Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash (mavzuning dolzarbligi, mavzuning o‘rganilish darajasi, dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi, ilmiy ishning maqsad va vazifalari, tadqiqot ob'ekti va predmeti, tadqiqotning metodologik asosi va tadqiq usullari, himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tadqiqot natijalarining nazariy ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining e'lon qilinganligi. ishning tuzilishi).
Tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash ilmiy ish mavzusi asosida shakllantiriladi. Ilmiy ish olib borish maqsadi – shug‘ullanilayotgan soha va fan doirasida bugungacha amalga oshirilmagan yangi tadqiqot(lar)ni ilmiy nazariy hamda ilmiy-amaliy asoslarga tayanilgan holda va zarur metod, metodika va metodologiyaga maxsus tayanilgan holda muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishdir. Tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash uchun ilmiy ish olib borish mohiyatini anglash lozim bo‘ladi. Ilmiy ish olib borish mohiyatini anglash uchun esa mutaxassis o‘z sohasini yaxshi o‘zlashtirgan va bilim, tajriba, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart. Mana shudagina (bo‘lajak) mutaxassis ilmiy ish olib borish mohiyatini anglagan bo‘ladi hamda ilmiy tadqiqot olib borishda o‘z oldiga qo‘ygan ilmiy tadqiqot mavzusining vazifalarni belgilay oladi.
Har bir bitiruv malakaviy ishida ishning umumiy tavsifi berilishi va unda quyidagi masalalar qisqa va sermazmun yoritilishi zarur.
-tadqiqot mavzusining o‘rganilish darajasi va dolzarbligi;
-tadqiqot obyekti;
-tadqiqot predmeti;
-tadqiqot materiali;
-tadqiqotning maqsad va vazifalari;
-tadqiqotning metodologik asosi va unda qo‘llanilgan tadqiq metodlari (usullari) bayoni;
-tadqiqotning ilmiy yangiligi;
-tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati, natijalarining qo‘llanilish sohalari va iqtisodiy-ijtimoiy samarasi;
-ishning sinalishi, natijalarining ommalashtirilishi;
-ishning tuzilishi va tarkibi.
Tadqiqotda ajratiladigan har bir qism, fasl, bob, bo‘lim, band nisbiy mustaqillik va tugallikka ega bo‘lishi, o‘ziga xos kichik kirish, tadqiq tavsifi (bayon) va xulosa kabi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi va, albatta, o‘zidan oldingi va keyingisi bilan uzviy bog‘lanishi zarur.
Bitiruv malakaviy ishlarining 3-bobi qat’iy ravishda “Ishning amaliyotga tatbiqi” haqida bo`lishi zarur. Bunda mavzuning o`rta umumta’lim hamda o`rta maxsus va kasb-hunar ta’limi bosqichlarida berilishi, ularning o`zaro farqli jihatlari, uzviylik darajasi, mavzuni o`tishda qo`llanadigan yangi pedagogik va interaktiv metodlar, bir soatlik dars ishlanmasi kabilar yoritiladi. Quyida ergashgan qo`shma gaplar mavzusiga doir BMIning amaliyotga tatbiqi bo`yicha qisqa namuna keltiramiz.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin