Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishining bajarilishi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə15/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100
умк илмий иш асослари

Bitiruv malakaviy ishining bajarilishi
Malakaviy ish oliy o‘quv yurtining, odatda, ushbu maqsadda maxsus ajratilgan xonalarida bajariladi. Ayrim hollarda, malakaviy ish korxonalar, muassasalar, ilmiy, loyihalash va boshqa muassasalarda bajarilishi mumkin.
Malakaviy ishning bajarilishi bo‘yicha talabaning hisobot berish muddatlarini dekanat nazorat etadi. Dekanat belgilagan muddatlarda, talaba malakaviy ishning bajarilishi haqida rahbar va kafedra mudiri oldida hisobot beradi. Kafedra mudiri malakaviy ishning tayyorlik holatini belgilaydi.
Talaba – ish muallifi, tanlangan qarorning to‘g‘riligiga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, malakaviy ishda ko‘chirmachilik holati yo‘qligiga javob beradi.
Bitiruv malakaviy ishini himoya etish
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so‘ng, ishni o‘z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qaror qilingan qarorlardagi yangiliklar va malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Kafedra mudiri, taqdim etilgan materiallar asosida, malakaviy ishni talaba tomonidan DAKda himoya qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi. Agar kafedra mudiri talabaning malakaviy ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra yig’ilishida rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi.
Taqrizchilar tarkibi bitiruvchilarni iste’mol qiluvchi soha mutaxassislari safidan tanlanadi. Taqrizchilarga oliy o‘quv yurtlarining professor va o‘qituvchilari ham jalb etilishi mumkin.
Fakultet dekani malakaviy ishni taqriz bilan himoya uchun DAKka yuboradi.
Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizomda belgilanadi.
BMI himoyasi zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida taqdimot (presentatsiya) shaklida tashkil etiladi va o’tkaziladi.
Arxiv, ARM va kafedralarda saqlanayotgan yoki internet resurslaridan foqdalanib aynan ko’chirib olinganligi rasmiy himoyagacha aniqlanib tasdig’ini topgan bitiruv malakaviy ishlari kafedra mudiri taqdimnomasiga asosan rector buyrug’I bilan bekor qilinadi va bitiruvchiga qoniqarsiz baho qo’yilib, ish rahbari keyingi 3 yil davomida BMI ga rahbar etib tayinlanmaydi.
OTM da axborot texnologiyalari vositasida taqdimot shaklida BMI himoyasini tashkil etish uchun yetarli darajada maxsus jihozlangan auditoriyalar belgilanadi.
Malakaviy ish himoyasidan so‘ng (kamida 10 yil) oliy o‘quv yurtida saqlanadi. Har xil masala bo‘yicha bitiruv malakaviy ishni boshqalarga topshirish zaruriyati mavjud bo‘lgan holda (tadbiq etish, tanlovlar va h.) ishdan nusxa olinadi (ishning asl nusxasi oliy o‘quv yurtida qoldiriladi).
Bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbarning yozma xulosasi hamda ichki va tashqi taqrizchidan taqriz olinadi. Ilmiy rahbarning ish haqidagi xulosasida quyidagi masalalar yoritilishi shart:

  1. BMI mavzusining dolzarbligi;

  2. BMIning maqsad va vazifalari talaba tomonidan qay darajada yoritilganligi;

  3. BMI mavzusidagi ilmiy yangiliklar;

  4. Tadqiqot natijalarining qay darajada asoslanganligi;

  5. Talabaning BMI yozishdagi shaxsiy mahorati;

  6. BMIdan chiqarilgan xulosalarning nazariy-amaliy ahamiyati;

  7. Ishning BMIlarga qo‘yiladigan talablarga moslik darajasi;

  8. BMI mavzusining amaliyot bilan aloqasi va bog‘liqligi.

BMIga berilgan ichki va tashqi taqrizlarda quyidagi masalalar yoritilishi zarur:

  1. BMI mavzusining dolzarbligi;

  2. Tadqiqotning yangiligi;

  3. Ishdagi ilmiy-amaliy natijalarning qay darajada asoslab berilganligi;

  4. BMIning amaliyot uchun ahamiyati;

  5. BMI mazmuni va uning tugallanganlik darajasi;

  6. Materialni bayon etish tili va uslubi;

  7. BMIning ilmiy-nazariy qiymati;

  8. Ishning BMIlarga qo‘yiladigan talablarga moslik darajasi;

  9. BMIni yozishda talabaning masalaga mustaqil yondasha olganligi va turli ilmiy-nazariy fikrlarga shaxsiy munosabati.




Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin