Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə13/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100
умк илмий иш асослари

6.MAVZU: ILMIY TADQIQOTNING
TARKIBIY QISMLARI
REJA:
1. Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari haqida.
2. Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari: 1) “Kirish”; 2) mavzuning dolzarbligini asoslash; 3)mavzuni boblarga bo‘lish; 4) har bir bobni mayda qismlarga bo‘lish; 5) boblarning xulosalash zarurligi; 6) umumiy xulosa; 7) foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; 8) ilovalar.
3. Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘langanligi.
Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari deganda uni tashkil etadigan qismlar, boblar, paragriflar, dalillarning ilovada berilishi, ya'ni ishning bir butunligini ta'minlovchi ilmiy tadqiqotga xos birliklar majmui kiradi. Har bir ilmiy tadqiqotda quyidagi qismlar bo‘lishi shart:1.Kirish.2.Mavzuning dolzarbligini asoslash.3.Mavzuni boblarga bo‘lish. 4. Har bir bobni mayda qismlarga bo‘lish. 5.Boblarning xulosalash zarurligi. 6. Umumiy xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Ilovalar (mavzuga doir material va dalillar to‘planib, ma'lum bir tartibda joylashtiriladi).
Tushunish va uning bilish (va tushuntirish) bilan o‘zaro nisbati muammosi ko‘pdan beri muhokama qilinadi. U bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va ko‘p jihatdan bahslidir
Kirish, asosiy qism, xulosaga qo‘yiladigan talablar. Tanlangan mavzuga mos adabiyotlarga tayanib, ilmiy ishning kirishi, asosiy qismi, xulosasi yoziladi, ya'ni ularni yozish uchun ilmiylik talabi amal qilishi lozim.
Dalillar, agar ularni talqin qiluvchi nazariya, ularni tisniflash usuli mavjud bo‘lsa, ular boshsa dalillarga boglab inglab yetilgan bo‘lsa, ilmiy siymat kasb etadi.
Ishchi reja tuzishda tadqiqotchi va ilmiy rahbar hamkorligi zarur.Chunki ustozsiz shogirdning faoliyati samarali bo’lmaydi.
Uni bo‘limlarga, boblarga va paragraflarga ajratish zarur.Chunki rejasi ish olib borsh qiyin. Ammo mavzuning o’zini bo’lim, bob, va paragriflarga ajratilishining o’zini rejaning keyingi ko’rinishi desak to’g’ri bo’ladi. Sababi, xomaki reja bilan bob, bo’limlar shakllantirib olinishi odatdagi holdir.
Kengaytirilgan rejani ishlab chiqish uchun tadqiqotchi avval taxminiy rejani tuzadi va u reja bo’yicha ishning dolzarbligini shakllantiradiki, bu o’z-o’zidan kengaytirilgan rejaning yuzaga kelishi sanaladi.
Mavzu dolzarbligini asoslash ilmiy tadqiqotning ilk qadamlari jumlasiga kiradi. Mavzuning dolzarbligigacha mavzu muhokama qilinib, tasdiqlanadi. SHu bilan birga ilmiy ishning taxminiy rejasi ham shakllantirilishi lozim.SHundagina ilmiy ishning dolzarbligi haqida gapirish mumkin bo’ladi. Dolzarbligida mavzuning o’rganilganligi yoki o’rganilmaganligi, kimlar bu mavzuda nima ishlarni e’lon qilganligi va ular mavzuning qaysi jihatlariga to’xtalishganligi hamda yangi ilmiy ishda mavzuning qaysi bir jihatlari mukammal talqin etilishi rejalashtirilayotganligi misollar va havolalar asosida yoritiladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin