Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə18/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100
умк илмий иш асослари

Ilmiy tadqiqotlarining tiplari.
Ilmiy tadqiqotlarning bir-biri bilan bog‘langan, lekin shunga qaramay turli tiplari muvofiq keladi:
1) fundamental tadqiqotlar;
2) amaliy tadqiqotlar;
3) tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalari;

  1. innovatsion tadqiqotlar;

yoshlarning amaliy va fundamental tadqiqotlari.
Innovatsion tadqiqotlar muayyan sohada mavjud bilimlarga tayanib ishlab chiqarish uchun foydali yangi ishlanmani ixtiro qilishni nazarda tutadi.
Yoshlar ilmiy tadqiqot loyihalari bu nisbatan yangi yo‘nalish bo‘lib, unda yosh olimlarning fundamental va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy izlanish natijalario‘z ifodasini topadi.
Muammo tushunchasi va uning mohiyati. Muammo bu yechilishi lozim bo‘lgan masala yoki vazifa. Muammoni qo‘yish hali anglab yetilmagan narsa yoki hodisaning mavjudligini anglatadi. Ayni vaqtda bu narsa yoki hodisa muayyan tarzda tavsiflangan, ajratilgan, ya'ni u haqda muayyan boshlang‘ich bilim mavjud bo‘lishi lozim. Shunday qilib, muammoni bilnsh – bu alohida turdagi bilim: u «bilmaslik haqidagi bilim»dir.
Tadqiqot olib borishga tayyorlanish (mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishish, ilmiy ish rejasi, ilmiy ish mavzusining asosnomasi), ustoz bilan maslahatlashib ilmiy ish mavzusini tanlash va shu mavzu doirasida kuzatishlar olib borish kerak bo‘ladi. Ustozsiz muvaffaqiyatga erishishning imkoniyati cheklanganligini hamma tushunavermaydi. Shu sababli yarim yo‘lda tadqiqotchilarning tadqiqot olib borishning o‘zicha rejali faoliyati to‘xtab qoladi. Shuning uchun tadqiqotchi uchun ustozning bo‘lishi, uning ko‘rsatma va tavsiyalari asosida ilmiy ish olib borish maqsadga muvofiqdir. Xalqimizda “Ustozsiz shogird har maqomga yurg‘alar”,-degan maqol bekorga aytilmaganligini ham inobatga olish zarur.
Tadqiqot olib borishga tayyorlanish jarayonini kimningdir faoliyati, masalan, olimlarning faoliyati misolida kuzatish mumkin. Masalan, taniqli ustoz adabiyotchi olimlardan biri U.Normatov ijodida ijodkor faoliyati va o‘y-fikrlari talqini bilan tahlili vositasida adabiyotning ilmiy-nazariy masalalari yoritilsa(Qarang:Normatov U. Ijod sehri. –T., “Sharq”, 2007. Normatov U. Ijodkorning daxlsiz dunyosi. “MUMTOZ SO`Z”, 2008.) , A.Rasulovning ijodida eng avval nazariy masalalar yoritilgani holda undan so‘ng esa adabiyotning shu nazariy masalalarga munosabati misollar vositasida talqin va tahlil etiladi (Rasulov A. Badiiy asarga yondashuv asoslari.Toshkent, 2003.42 bet. Rasulov A. Tanqid, talqin, baholash. –T., «Fan», 2006). Bu holatlar ham tadqiqot olib borishga tayyorlanishning o‘ziga xosligini ifodalaydi.
Tadqiqot olib borishga tayyorlanish haqida gapirganda yana quyidagi fikrni e'tiborga olish kerak. Zero, birinchi bo‘lib, nazariy masalani qo‘yib olish muammoning yechimini osonlashtiradi, xolos. Xuddi shu ma'noda A. Rasulovning “Badiiy asarga yondashuv asoslari” (Toshkent, 2003.42 bet) nomli asarida ilmiy tadqiqotning nazariy masalasiga maxsus to‘xtalgan. Ushbu risolada badiiy asarga yondashishning asoslari deb quyidagilar ko‘rsatilgan: 1) Ontologik yondashuvda so‘z, tasvirlar bilan yozuvchining qalbi, iste'dodi darajasi aniqlanadi, u matnga har bir harakat, holat orqali 1zuvchi qalbini anglashga yo‘naltirilgan yondashuvdir; 2) badiiy matnda tarixiy-biografik yondashuv; 3) badiiy asarga tarixiy-funksional yondashuv (3-42-betlar).
Va yana tadqiqot olib borishga tayyorlanish to‘g‘risida fikr yuritganda U.Jo‘raqulovning “Fitratning tadqiqotchilik mahorati” (Toshkent, 2003) nomli asarda adibning olimlik va ijodkorlik mahorati haqida gapirgan va “Ilmiy-adabiy muhit va ijodiy individuallik”, “Fitrat adabiy-estetik qarashlarini shakllantiruvchi asoslar”, “Asr boshidagi estetik tafakkur va Fitratning adabiy-nazariy qarashlari”, “O‘zbek adabiyoti tarixi fani metodologik asoslarining ishlab chiqilishi”, “Fitratning tarjimai hol ustida ishlash usuli”, “Dalillash san'ati” nomli qismlarida bayon etgan.Fitratning “San'atning manshai” nomli (Maorif va o‘qituvchi,1927. 39-40-betlar) maqolasida til ehtiyoj mahsuli sifatida to‘g‘ri yondoshgan: “Shunday qilib, odamlarda eng birinchi so‘zlar ish, mehnat, o‘zni saqlash natijasida maydonga kelgan. Boshda bu tilning so‘zlari juda oz bo‘lg‘on. Lekin bora-bora iqtisodiy hayotning o‘sushi bilan brga til-da o‘sgan, so‘zlar ko‘paygan. Ishtiqoq yo‘llari kengaygan” (Qarang:U.Jo‘raqulov.Fitratning tadqiqotchilik mahorati. –Toshkent, 2003,37-bet).

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin