Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə4/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
умк илмий иш асослари

Рус тилидаги адабиётлар
1.Ануфриев А.Ф. Научное исследование: курсовые, дипломные и диссертационные работы. – М., 2002.
2.Бахтин М.М. К методологии литературоведения. Контекст, 1994.
3. Дипломная работа: методические рекомендации по подготовке и защите выпускных квалификатсионных работ. –М., 2002.
4. Зимняя И.А. Научно-исследователская работа: методология, теория, практика организации и проведения. –М., 2000.
5.Кузин Ф.А. Магистрская диссертация: методика написания, правила оформления, порядок защиты. –М.; 1990.
6.Общее языкознания. Методы лингвистических исследований. Ответственный редактор – Б.А.Серебренников. –М. 1973.
7.Майданов А.С. Методология научного творчества. Изд.2. -М. Книжный дом «ЛИБРОКОМ», 2012. – 512 с.
Axborot ma’lumotlari
1. http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism.
2. http://www.brocku.ca/english/courses/4F70/struct.html.
3. http://www.utpa.edu/faculty/mglazer/Theory/structuralism.htm.
4. http://www.eng.fju.edu.tw/Literary Criticism/structuralism.

Ilmiy ish asoslari” kursi predmeti amalda rejalashtirilgan va kafedraning muhokamasidan o‘tgan ilmiy tadqiqot(lar) hisoblanadi.


Respublikamizning mustaqillikka erishishi fanning turli yo‘nalishlarda har tomonlama mukammal rivojlanishiga keng yo‘l ochib berdn. Bu jarayonda turli fanlarning zahmatkash olimlarimizning mashaqqatli mehnatlari va ijodiy izlanishlari alohida ahamiyatga ega. Shu ma'noda, O‘zbekistok Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov hozirgi kunda «...olimlar va ijodkor xodimlarimizga e'tiborii kuchaytirish kerak. Chunki ma'naviy boyliklarni aynan shular yaratadi. Ularga g‘amxo‘rlik qilish, samarali faoliyati uchun barcha zarur moddiy-ma'naviy sharoitlarni yaratib berish davlat hokimiyati va xo‘jalik tashkilotlari rahbarlarining burchi va mas'uliyatli vazifasidir»1, deb ta'kidlagan edi. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy tadkiqotning nazariy asoslarini o‘rganishi va egallangan bilimlarni amaliyotga tatbiq qilishi dolzarb masalalardan biri hisoblaiadi.
Ma'lumki, inson o‘z ijodiy izlanishlari asosida o‘z manfaatlariga moslab dunyoni o‘zgartiradi va o‘zini yaratuvchi, ijodkor, kashfiyotchi sifatida namoyon etadi. Aslida ijod2 tushunchasida ikkita xususiy holat o‘z ifodasini topgan:1) badiiy ijod; 2) ilmiy ijod. Biz bu yerda ko‘proq ilmiy ijod haqida gaplashamiz.
Ilmiy ijodning maxsus shakli bo‘lgan ilmiy tadqiqot jarayoni o‘ziga xos metodolognk xarakterga ega. U subyektning borliq hodisalarini qay darajada bilishida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, ilmiy tadqiqot fanda evristik xarakterga ega. Zero, ilmiy tadqiqot jarayonida subyekt ob'ektga faol, izchil ta'sir ko‘rsatadi. Bu ta'sir jarayonida inson o‘zini qurshab turgan muhitni o‘zgartiradi, shu paytgacha ko‘rilmagan, anglanilmagan, o‘rganilmagan, g‘aroyib va jozibali yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. Shu ma'noda faoliyat kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy sharti sifatida dunyonn o‘zining maqsadiga ko‘ra o‘zgartirishga qaratilgan inson xatti-harakatini namoyon etadi. Ilmiy tadqiqot – bu insoining o‘zi va atrofidagi o‘zgarishlarni anglab yetishga doimiy ravishda tayyor turish, yangicha tafakkur qilish asosida o‘z qobig‘idan chiqa olishidir. Yangi narsalarni ixtiro etishga bo‘lgan intilish olimning nazariy huzur-halovatini namoyon etadi. Agar tadqiqotlar ilmiy asosda tashkil etilmasa, ularning ahamiyati juda kam bo‘ladi va hatto, biron bir ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Ijod bu dunyoga prinsipial yangilik kiritish demakdir. Ijod — bu konstruktiv yaratuvchanlik.
«Ijod, - deb yozadi Z.Davronov, - bu - izlanuvchining ma'lum yangilik yaratish uchun ob'ektga qaratilgan shaxsiy qobiliyatidan kelib chiquvchn hissiy bilim va tuyg‘ularni amalga oshiruvchi jarayondir»3
. Bu fikrda ham ma'lum bir haqikat unsurlari mavjud. Chunki ijod faqatgina qobiliyatga tayanuvchi shaxsiy faoliyat mahsuli bo‘lib qolmasdan, balki o‘zining ob'ektiv taraqiqyot manbalariga ega bo‘lgan murakkab va serqirra hodisadir. Bunday murakkablik, ayniqsa, ijodiy faoliyatta xos yaratuvchanlikda yorqin namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham ijodiy faoliyat mahsuli samarasi, ya'ni insonning badiiy, ilmiy, texnik tafakkuri mahsuli bo‘lgan asarlari, ilmiy ratsionalizatorlik ishlari majmui ham ijod mahsuli deyiladi.
Ko‘p hollarda «Ijod – bu kashfiyot va ixtiro qilish jarayoni bilan bog‘liq murakkab jarayondir» deb e'tirof etiladi. Bunda ijodning fakat ilmiy faoliyat natijasi ekanligi qayd qilingan. Fikrimizcha, ijod bu faqat ilmiy faoliyat mahsuli emas. Balki g‘ayritabiiy ahamiyat kasb etgan fikr-mulohaza va faoliyat natijasidir.
A.Azizqulov «Ijod insonni yangi moddiy va ma'naviy qadrnyatlarni yaratishga qaratilgan murakkab ruhiy-ma'naviy faoliyatdir. Inson tomonidan tabiin borliqni o‘zlashtirish va o‘zgartirish faoyaiyati faqat ijodiy yondashuv natijasida sodir bo‘ladi. Aynan, ijodkorlnk faoliyati orqapi inson tabiatdan ajralib chiqdi va uni o‘ziga bo‘ysundirdi», deb yozadi. Mazkur fikrda ijodning umumfalsafiy mazmun-mohiyati ochnb berilgan bo‘lsa-da, uning aniq ilmiy asosi e'tibordan chetda qolganligini kuzatamiz.
Shuning uchun bugungi kunda ko‘plab olimlar ilm-fanning nazariy va amaliy masalalarini ilmiy asosda tadqiq etmoqdalar. Bizning nazarimizda nazariy g‘oyalarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kashfiyotlar yaratish va nxtirolar qilishda buyuk olimlar tajribasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki ilmiy tadqiqot jarayonida ilmiy va amaliy metodlarga tayanilsa, shaxs yoki jamoa jamiyat tarakkiyotini ilgarilashiga ta'sir qiluvchi yangilik yaratiladi.
Ijod va uning barcha turlari (badiiy, texnikaviy, ilmiy va boshqalar) haqidagi ilmiy bilimlarning rivoji uning moxiyatiga nisbatan turlicha falsafiy talqinlar mavjud. Bu esa, ijodiy faoliyat doirasida erishilgan ilmiy izlanishlar natejalarnga tayangan .xolda uning mazmuniga aniqlik kiritish, ilmiy asoslangan ta'rifni ishlab chiqishni takozo kilmoqda.
Ilmiy ish asoslari” kursining vazifalari:
1.Ilmiy tadqiqotning mavzusini aniqlashtirishga yordam berish.
2.Ilmiy ishning dolzarbligini asoslashni o‘rgatish.
3.Ilmiy ishning qismlarini belgilashga yordam berish.
4.Ilmiy tadqiqot boblarini materiallar, dalillar bilan boyitish va tahlil etishning yo‘llarini talqin etish.
5.Ilmiy tadqiqotning umumiy va xususiy metodlari bilan ishlash bilan dalillarni tavsiflash, tasniflashga kirishishga o‘rgatish.
6.Ilmiy ishning adabiyotlar qismini shakllantirish va ular bilan ishlash yo‘llarini kuzatib, o‘rgatish.
7.Ilmiy tadqiqotning xulosaning yozishni va ilmiy ishni yakunlashni asoslab o‘rgatish.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin