interfaol keys-stadilar; (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
amaliy mashg‘ulotlar
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
ijodiy ishlar yaratish
VІІ. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni, bilimlarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yurita olish va joriy, oraliy nazorati shakllarida berilgan topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha topshiriqlarni bajarish
VIII. TALABALARNI BAHOLASh TARTIBI Talabalar bilimini baholash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to' g'risidagi Nizom” asosida amalga oshiriladi.
Baholash tartibi o‘z ichiga nazoratlar turini (oraliq, joriy va yakuniy) qamrab oladi. Bakalavrning o‘zlashtirish darajasi quyidagi yo‘l bilan baholanadi:
Darajasi
Ballar (foiz)
Reyting
A+
95 - 100 ball
4.5
A'lo
A
90 - 94 ball
4.0
B+
85 - 89 ball
3.5
Juda yaxshi
B
80 - 84 ball
3.0
C+
75 - 79 ball
2.5
Yaxshi
C
70 - 74 ball
2.0
D+
65 - 69 ball
1.5
Shartli o'tdi
D
60 - 64 ball
1.0
F
59 ball va undan past
0.0
o'tmadi
Talabalarning o‘zlashtirishini baholash mezonlari “A+”, “A”, “B+” baho: bakalavr materiallarni mustaqil ravishda tez o‘zlashtiradi: xatolarga yo‘l qo‘ymaydi; mashg‘ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga to‘liq va aniq javob beradi.
“B”, “C+”, “C” baho: bakalavr materiallarni yaxshi o‘zlashtirgan, uni mantiqiy ifoda eta oladi; mashg‘ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga to‘liq va aniq javob beradi, biroq uncha jiddiy bo‘lmagan xatolarga yo‘l qo‘yadi.
“D+”, “D” baho: asosiy materiallarni biladi, biroq aniq ifoda etishga qiynaladi; savollarga javob berishda aniqlik va to‘liqlik etishmaydi; materiqllarni taqdim etishda ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yadi; kommunikatsiya jarayonida qiyinchilik sezadi.
“F” (o‘tmadi) baho: materiallarni o‘zlashtirmagan; savollarga javob bera olmaydi; mashg‘ulotlarda ishtirok etmaydi.
Talabalarni baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
mashg‘ulotlardagi ishtiroki (davomat);
mashg‘ulotlardagi faollik va ijodkorlik;
asosiy va qo‘shimcha o‘quv materiallarini o‘zlashtirish;
mustaqil ta’lim bo‘yicha topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;
nazoratning barcha turlarini o‘z vaqtida bajarish.
Akademik va etik talablar
Nazorat topshiriqlarini bajarishda ko‘chirmakashlikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaydi.
Test, o‘quv loyihalari, mustaqil ishlar, oraliq, joriy, yakuniy nazorat topshiriqlarini boshqa shaxslardan ko‘chirib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, boshqa talabaning o‘rniga imtihon topshirish ta’qiqlanadi.
Kurs bo‘yicha har qanday nazorat topshirig‘ini soxtalashtirgan talaba “fanni o‘zlashtirmagan” (“F”) hisoblanadi.
Mashg‘ulotlar paytida mobil aloqa va boshqa elektron qurilmalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mashg‘ulotlar paytida auditoriyada (virtual auditoriyada) belgilangan talablarga zid harakatlar qilish mumkin emas.
Boshqalar va turli fikrlarga tolerant munosabatda bo‘lish talab etiladi.
Kontakt soatlari*: mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish, ularni taqdim etish, zarur ma’lumotlar va turli materiallar bo‘yicha savollarga quyidagi grafik asosida o‘qituvchiga murojaat qilishingiz mumkin: