Andijon davlat pedagogika instituti


V. Tushunchani ko‘rgazmali o‘rganish



Yüklə 340,06 Kb.
səhifə22/29
tarix27.09.2023
ölçüsü340,06 Kb.
#149698
növüРеферат
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
qo\'llanma Feruza (2)

V. Tushunchani ko‘rgazmali o‘rganish. Tushunchani shakllantirishning turli bosqichida ko‘rgazmalilikdan foydalanish katta ahamiyatga ega. Tushuncha belgilari bilan tanishtirishning boshlang‘ich bosqichida ko‘rgazmalilikdan o‘rganiladigan hodisannngbelgilarininutqda aniq ko‘rsatish maqsadida foydalaniladi. Til tushunchalarini shakllantirishda foydalaniladigan ko‘rgazmali vositalarning o‘ziga xos xususiyati o‘rganiladigan ob’ekt hisoblangan so‘z, so‘z birikmasi, gap, gap bo‘lagi va boshqalarga mos bo‘ladi. Shunday ekan, ko‘rgazmali vositalarga jadval, chizma, biror predmet, uning rasmi bilan bir qatorda til materialning o‘zi ham kiradi. Tanlangan matnlar, alohida so‘z va gaplarda o‘rganilayotgan hodisa aniq va lo‘nda berilgan, nutqiy vazifasi va grammatik xususiyati ravshan ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu ichki ko‘rgazmalilik o‘quvchilarga tushuncha belgilarini mavhumlashtirish, o‘rganilayotgan hodisani biror tomondan o‘xshashi bo‘lgan boshqa hodisalar orasidan topish imkonini beradi.
Masalan, asosdosh so‘zlarni o‘rganishda tarkibida bir necha asosdosh so‘zbo‘lgan matndan foydalanish maqsadga muvofiq: 1. Maktabimiz hovlisida katta gulzor bor. Unga har xil gul ekilgan. Gullarni gulchi o‘quvchilar parvarish qiladilar. 2. Rahimning otasi zavodda ishlaydi. U ilg‘or ishchi. Rahimning o‘zi –ishchan bola. Bu ikki matnda uchtadana sosdosh so‘z bo‘lib, ularning ikki muhim belgisi (bir xil umumiy qismga egaligi va ma’nolaridagi o‘xshashlik)ni hisobga olgan holda, asosdosh so‘zlar yuzasidan umumlashtirish imkoni tug‘iladi. Bundan tashqari, o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida asosdosh so‘zni shu so‘zlarning bir shakli bo‘lgan so‘z(gullarni) bilan taqqoslab, asosdosh so‘zlar bilan so‘z shakli o‘rtasidagi farq haqida elementar tushunchaga ega bo‘ladilar.
Tushunchaning mohiyatini ochishga qaratilgan vazifalarning o‘zi o‘quvchilarni ularni bajarishga undashi, majbur etishi lozim. Bu bilan tushuncha ko‘rgazmaliligi ta’minlanadi. Masalan, gapning uyushiq bo‘laklari tushunchasining mohiyatini ochishda ikki-uch gapdan bitta gap tuzish vazifasini berish maqsadga muvofiq. Masalan, Bahorda biz qaldirg‘ochlarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz maynalarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz chug‘urchuqlarni quvonib kutib olamiz. – Bahorda biz qaldirg‘ochlarni, maynalarni, chug‘urchuqlarni quvonib kutib olamiz. Gaplar gap bo‘laklari jihatidan tahlil qilinadi; o‘quvchilar uchala gapda takrorlangan so‘zlarni aytadilar; bunday hollarda kishilar uch gap o‘rniga bitta gapdan foydalanishlarini tushunadilar. Shunday qilib, ular uch gapdan bitta gap tuzadilar, uni gap bo‘laklariga ko‘ra tahlil qiladilar, chizmasini tuzadilar. Bu vazifalarni bajarish bilan o‘quvchilar ko‘rgazmali xulosa chiqaradilar: bir kesimga bir necha ikkinchi darajali bo‘lak bog‘lanishi va ular bir xil so‘roqqa (nimalarni?) javob bo‘lishi mumkin; bir bo‘lakka qarashli va bir xil so‘roqqa javob bo‘lgan bunday so‘zlar gapning uyushiq bo‘laklari deyiladi. Yuqorida keltirilgan misollarda foydalanilgan ko‘rgazmalilik o‘rganilayotgan til hodisalarining belgilarini ajratishga qaratilgan, ya’ni ko‘rgazmalilikdan tushunchani ta’riflashdan oldin foydalanilgan. Darsda foydalanish uchun ko‘rgazma material tanlashda o‘qituvchi qo‘yilgan maqsadga ko‘ra o‘quvchilar nimani bilib olishlarini aniq ko‘z oldiga keltirishi kerak. Bir ko‘rgazma materialdan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, predmet yoki uning rasmidan so‘zning leksik ma’nosini tushuntirishda ham, grammatik tushunchani shakllantirishda ham foydalanish mumkin. O‘quvchilarni sifatning nutqdagi ahamiyati bilan tanishtirish uchun o‘qituvchi berilgan predmetni tasvirlash, uning belgilarini aytish vazifasini topshiradi. O‘quvchilar har qanday predmetni tasvirlash uchun o‘z nutqlarida sifatlardan foydalanadilar. Bu – tabiiy. O‘qituvchi “Predmetni tasvirlashda siz qaysi so‘zlardan foydalandingiz? Nima maqsadda?” kabi savollar berib, bolalar diqqatini o‘rganiladigan grammatik tushunchaning (bu o‘rinda sifatning) belgilariga qaratadi. O‘quvchilar predmetni tasvirlash uchun qaysi sifatlardan bir predmetni boshqasidan ajratish maqsadida foydalanganliklarini aytadilar. Bu misolda ko‘rgazmali material nutqda grammatik tushuncha (sifat)ning rolini kuzatish maqsadida foydalaniladi va o‘quvchilar aniq materialdan umumlashtirishga o‘tadilar. Tushunchani shakllantirishni uchun jadval va chizmalardan keng foydalaniladi. Bu ko‘rgazmalardan ko‘proq tushuncha belgilari ajratilgandan so‘ng mavhumlashgan belgilarni umumlashtirish, ular o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash maqsadida foydalaniladi. Shunday qilib, grammatik tushunchani o‘zlashtirishga yordam beradigan asosiy metodik shartlar o‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularni yangi bilim olish uchun qiziqtirish, o‘quvchilarning nutqiy tajribasiga tayanish, bilimlarning tizimliligi, o‘quvchilarda til birliklariga lingvistik munosabatni shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash hisoblanadi. Grammatik va so‘z yasalishiga oid mashqlar Maktabda tildan nazariy bilimni o‘rganishdan maqsad fikrni og‘zaki va yozma tarzda grammatik to‘g‘ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni amalda qo‘llashni esa maqsadga muvofiq va muntazam o‘rgatib borish talab etiladi. Mashqlar tizimi tushunchani o‘zlashtirish bosqichiga va uning xususiyatiga mos ravishda mashq turini tanlash, uning murakkablasha borishini va o‘quvchilar mustaqilligi o‘sib borishini hisobga olgan holda mashqlarni bajarish izchilligini aniqlashni ko‘zda tutadi. Bu tizim mashqlarning o‘zaro bog‘lanishiga asoslangan. Mashq turlari. Grammatik mashqlar turli asosga ko‘ra tasnif qilinadi, shuning uchun mashqning har xil turi hosil bo‘ladi. Agar bilimni shakllantirish xarakteriga asoslanilsa, grammatik mashqlar ikki katta guruhga bo‘linadi:
1) morfologik mashqlar (bunga leksik-morfologik mashqlar ham kiradi;
2) sintaktik mashqlar.
Agar o‘quvchilar faoliyatining xarakteri, ya’ni mashq jarayonida o‘quvchilar bajaradigan aqliy omillar xarakteri asos qilib olinsa, mashqlar analitik, sintetik, taqqoslashga, guruhlashga, umumlashtirishga oid mashqlarga bo‘linadi. Mashqning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqroq belgilash uchunyuqoridagi ikki asos hisobga olinadi. Masalan, mashqning vazifasi aralash berilgan so‘zlardan gap tuzishni va gap bo‘laklarini ajratishni talab etsa, bu mashq bilimni shakllantirish turiga ko‘ra sintaktik mashq, faoliyat xarakteriga ko‘ra sintetik-analitik mashq hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda sof morfologik yoki sof sintaktik mashq juda kam qo‘llaniladi, shuning uchun ham vazifaning etakchi tomoni hisobga olinadi. Masalan, matnga mazmunga mos otni qo‘yish, qaysi kelishik ekanini ko‘rsatish talab etilsa, bu leksik-morfologik mashqdir. O‘quvchi otning qaysi kelishikda ekanini aniqlash uchun u bog‘langan so‘z (fe’l yoki ot)ni aniqlashi (so‘z birikmasini ajratishi) talab etiladi, shunga ko‘ra bu mashq sintaktik mashq hisoblanadi. Grammatik tahlil analitik mashqqa kiradi. Grammatik tahlil so‘z turkumiga ko‘ra (morfologik) tahlilni, gap bo‘laklariga ko‘ra (sintaktik) tahlilni o‘z ichiga oladi. Gap bo‘laklariga ko‘ra tahlil o‘quvchilar o‘zlashtirgan sintaktik bilimlarning me’yoriga qarab chuqurlashib boradi.
Amaldagi dasturga ko‘ra, I sinf o‘quvchilari “ega” va “kesim” atamalaridan foydalanmaydilar, ammo ular gapniig bosh bo‘laklarini amaliy ravishda topish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar, ya’ni gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘z (ega)ni, u haqda nima deyilganini anglatgan so‘z(kesim)ni topadilar. Masalan, Bolalar olmalarni terdilar gapini tahlil qilishda o‘quvchilar quyidagicha fikr yuritadilar: “Gap bolalar haqida aytilgan. Kimlar? – bolalar (so‘zning tagiga bitta to‘g‘ri chiziq chizadilar). Bolalar – nima qildilar? – terdilar (so‘zning tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizadilar). Bolalar terdilar – gapning asosiy qismi; nimalarni? (terdilar) – olmalarni”. II sinfda I sinfdagidek muhokama qilinadi, faqat mazmuni chuqurlashtiriladi. Masalan, II sinf o‘quvchisi “Chiroyli gullar adirlarni bezadi” gapini quyidagicha tahlil qiladi: “Gap gullar haqida aytilgan. Nimalar? – gullar – ega (tagiga bir chiziq chizadi). Paxtalar haqida nima deyilgan? Ochildi – nima qildi? – kesim (tagiga ikkito‘g‘ri chiziq chizadi). Qayerlarni? (bezadi) –adirlarni – ikkinchi darajali bo‘lak, gapni to‘ldiryapti (tagiga uzuq chiziq chizadi). Qanday? (gullar) –chiroyli (gullar) ikkinchi darajali bo‘lak, egani izohlayapti. Gullar bezadi – gapning asosi. Chiroyli gullar va adirlarni bezadi – so‘z birikmasi”. III-IV sinflarda sintaktik tahlil sifat jihatidan o‘zgarmaydi, ammo so‘z birikmasini ajratishga ahamiyat beriladi. Morfologik tahlilning mohiyati so‘zning qaysi so‘z turkumi ekani, gapda qanday grammatik shaklda kelganida ifodalanadi. To‘liq morfologik tahlilda o‘quvchi so‘z turkumining o‘zi o‘rgangan belgilarini aytadi. Masalan, 1-sinf o‘quvchisi shu so‘z qanday savolga javob bo‘lishini va nimani bildirishini aytadi (shaxs yoki narsa, narsa belgisi, harakati).
III sinfda so‘z turkumlari o‘tilgach, morfologik tahlil quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
Ot: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Birlik yoki ko‘plikda ekanligi. Sifat: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi. Fe’l. 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Bo‘lishli yoki bo‘lishsiz ekanligi. Og‘zaki tahlil namunasi:Mevali daraxtlar gulladi. Mevali – sifat, qanday – mevali; daraxtlar oti bilan bog‘langan: mevali daraxtlar; daraxtlar – ot, nimalar? – daraxtlar, ko‘plikda; gulladi – fe’l, nima qildi? – gulladi, bo‘lishli. IV sinfda o‘rganilgan mavzularni hisobga olib, morfologik tahlil biroz to‘ldiriladi va quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

Yüklə 340,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin