Andijon davlat pedagogika instituti


II. O‘quvchilarda so‘z va gapga lingvistik munosabatni o‘stirish ustida maqsadga yo‘naltirilgan ishlar



Yüklə 340,06 Kb.
səhifə20/29
tarix27.09.2023
ölçüsü340,06 Kb.
#149698
növüРеферат
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
qo\'llanma Feruza (2)

II. O‘quvchilarda so‘z va gapga lingvistik munosabatni o‘stirish ustida maqsadga yo‘naltirilgan ishlar. O‘quvchilarda so‘z va gapga lingvistik munosabat nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, mavhum tafakkurni o‘stirish jarayonida shakllantiriladi va tilning semantik hamda grammatik tomonining bir-biriga ta’sirini anglashni bildiradi. O‘quvchilar tilni ularda til birliklariga, xususan, ularning asosiylari bo‘lgan so‘z, morfema, so‘z birikmasi, gapga lingvistik munosabatni parallel shakllantirish bilan birga ongli o‘zlashtiradilar. So‘zga lingvistik munosabat so‘zni tovush-harf tomonidan tahlil qilib, uning tovush va grafik tomoni o‘rtasidagi bog‘lanishini aniqlash, so‘zni morfemik tahlil qilish va so‘zga leksik ma’no berishda morfemaning o‘rnini tushunish; so‘zni grammatik tahlil qilish va shu so‘zning muayyan so‘z turkumiga oid ekani bilan uning grammatik belgilari o‘zaro bog‘liqligini tushunish ko‘nikmasining shakllanishiga qarab o‘sib boradi. Lingvistik munosabat o‘quvchilarda asta-sekin shakllantirib boriladi, ularda bilish, tushunib olish saviyasi ham har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, II sinf o‘quvchilari gapdagi so‘z birikmalarini topadilar, ammo u so‘z birikmasidagi so‘zlar o‘zaro qanday, ya’ni nimalar yordamida bog‘langanini tushuntira olmaydilar. IV sinf o‘quvchilari gapdagi so‘z birikmasini topadilar va so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘zaro so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar (kelishik, shaxs-son qo‘shimchalari) yoki ohang yordamida bog‘langanini tushuntiradilar, ya’ni bog‘lanish grammatik vositalar bilan ifodalanishini ko‘rsatadilar. Bu so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning bog‘lanish mohiyatini elementar darajada tushunish bo‘lib, uni yuqori sinflarda chuqurroq (so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning bog‘lanish turlari, bosh va ergash so‘zning xususiyatlarini) tushunadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarda so‘zga, so‘z birikmasi va gapga lingvistik munosabatni ta’lim jarayonida maqsadga muvofiq o‘stirib boradi, xususan, o‘rganiladigan kategoriyani o‘quvchi tushunib olishiga g‘amxo‘rlik qiladi.
III. Yangi tushunchani ilgari o‘rganilgan tushunchalar tizimiga kiritish tushunchani o‘zlashtirish, bilimni nutq tajribasiga tatbiq etishning muhim sharti hisoblanadi. Tushunchalar orasida bog‘lanishni vujudga keltirish, amalga oshirish o‘quvchilarning o‘zbek tilidan egallaydigan bilimlar tizimiga hamda tildan ongli foydalanishiga poydevor bo‘ladi. Tushunchalar orasidagi bog‘lanishni bilib olish amaliy (grammatik, orfografik, nutqiy) vazifalarni hal qilishda nazariy bilimlarni ko‘proq tatbiq etishga imkon beradi. Tushunchalar orasidagi bog‘lanishni aniqlamay, ularni bilimlar tizimiga kiritmay turib, o‘quvchilar tilni ongli o‘zlashtira olmaydilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlashtiradigan asosiy bog‘lanish yo‘llari quyidagilar:
1. So‘zga beriladigan morfologik so‘roqlar va ularning grammatik belgilari (kim?, nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z shaxs va narsani bildiradi → birlik va ko‘plikda qo‘llanadi →egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi → kelishiklar bilan turlanadi; qanday?, qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z shaxs va narsaning belgisini bildiradi → o‘zgarmaydi; necha?, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z shaxs va narsaning soni va tartibini bildiradi → asosan, o‘zgarmaydi; nima qildi?nimaqilyapti?, nima qiladi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z predmet harakatini bildiradi → bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi → shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanadi → o‘tgan, hozirgi va kelasi zamondan birini ko‘rsatadi).
2. So‘z turkumi – gap bo‘lagi bo‘ladi (ot gapda ega yoki ikkinchi darajali bo‘lak, sifat – ikkinchi darajali bo‘lak, son – asosan, ikkinchi darajali bo‘lak, fe’l – kesim vazifasida keladi).
3. Bosh kelishikdagi ot – ega, boshqa kelishiklardagi otlar – ikkinchi darajali bo‘lak bo‘ladi.
4. Kishilik olmoshlari fe’llarda shaxsni ifodalaydi (agar fe’l men yoki biz olmoshlari bilan qo‘llansa, I shaxs, sen yoki siz olmoshlari bilan qo‘llansa, II shaxs ifodalanadi).
5. Umumiy asos va asosdosh so‘zlarning ma’nosidagi umumiylik (asosning umumiyligi asosdosh so‘zlarning ma’nosidagi o‘xshashlikka sabab bo‘ladi).
6. So‘zning leksik ma’nosi va uning morfemik tarkibi (so‘zning morfemik tarkibi o‘zgarsa, ko‘proq uning leksik ma’nosi o‘zgaradi:gul – gulchi, guldon, gulla kabi).

Yüklə 340,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin