Yurak qon tomir tizimi funksional anatomiyasi va fiziologiyasi, epidemiologiyasi, etiologiyasi, patogenezi, zamonaviy tasnifi, klinika, magistral qon tomir kasalliklarining asorati va oqibati, vena va limfa tomirlari, laborator-instrumental tekshiruvlar, funksional, ultratovush, rentgenologik va morfologik usullari. Xirurgik davo, operativ texnika usullari, asbob-uskunalari va operatsiyadan keyingi asoratlar. Qon tomir shoshilinch xirurgiyasi. O‘tkir arterial trombozlar va emboliyalar (klinika, tashxislash, davolash). Arteriyalar o‘tkir trombozi va emboliyasi, tromboflebit, flebotromboz, magistral arteriyalar va venalar jarohati tashxisi. Embolektomiya usullari, Fogarti kateteri yordamida oyoq arteriyalarida o‘tkaziladigan embolektomiya, arteriya va aortaga yon tomondan tomir chokini kuyish, Karrel chokini qo‘yish. Tomir chokini qo‘yish texnikasi. Aylanib o‘tuvchi (ekstraanatomik) shuntlarini oyok-qo‘l arteriyalaridan arroziv qon ketishlarida qo‘yilishi, naychalar bilan qon aylanishini vaqtinchalik tiklash. Qon tomir jarohatlari. Katta teri osti venasining yuqoriga ko‘tariluvchi trombozi patogenezi, klinikasi, tashxislash. Konservativ davo prinsiplari. Troyanov-Trendelenburg operatsiyasi. Aorta-son, son-taqim osti shuntlash operatsiyalari.