5A510118 MORFOLOGIYA
Tuzuvchi: Z.A.Kaxxorov - ADTI Anatomiya, operativ jarroxlik va topografik anatomiya kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsent.
Taqrizchi: A. G. Xudayarova – ADTI Normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsent.
KIRISH
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari magistraturasiga qabul qilish Nizomiga asosan tuzilgan bo‘lib, 5A510118- «Morfologiya» mutaxassisligiga 5720100-«Davolash ishi», 5140900- «Kasb ta’limi (5720100- davolash ishi)», 5720300-«Tibbiy profilaktika ishi», 5720400- «Stomatologiya» ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv dasturlari asosida magistraturaga o‘qishga kiruvchilarni mutaxassislikka oid nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini, ijodiy ishlash qobiliyatlarini, fikrlash darajasini aniqlashga qaratilgan.
Magistratura oliy ta’limning yuqori bosqichi bo‘lib, talabalarni ilmiy, pedagogik va ijodiy (amaliy) faoliyatlarga yo‘naltirishga qaratilgan. Shu boisdan «Morfologiya» mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga kiruvchilar tahliliy va tanqidiy fikrlash, mustaqil ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlarni olib borish va har bir ishga ijodiy yondoshish qobiliyatga ega bo‘lishi lozim. Dasturdan o‘rin egallagan bilimlar va mavzular «Davolash ishi», «kasb ta’limi (davolash ishi)», «tibbiy profilaktika ishi» ta’lim yo‘nalishlariga oid odam anatomiyasi, gistologiya, sitologiya va embriologiya, normal va patologik fiziologiya fanlarini qamrab olgan.
Dostları ilə paylaş: |