ASOSIY QISM
Morfologiya
Odam anatomiyasi. Odam anatomiyasi fanining qisqacha tarixi, vazifalari, nazariy va amaliy tibbiyotda tutgan o‘rni. Fanning boshqa tibbiy fanlar taraqqiyotidagi roli. Osteologiya: suyaklarning tuzilishi, rivojlanishi, klassifikatsiyasi va tarkibi. Sindesmologiya: suyaklarning o‘zaro birikishi, bo‘g‘imlarning tuzilishi, rivojlanishi, klassifikatsiyasi. Miologiya: mushaklarning klassifikatsiyasi, tarkibi, tuzilishi va rivojlanishi. Splanxnologiya: hazm, nafas, siydik ayiruv va jinsiy a’zolar tuzilishi, qismlari, rivojlanishi va xalqaro anatomik nomenklatura bo‘yicha nomlanishi. Nerv tizimi: markaziy va periferik nerv tizimi, bosh va orqa miya o‘tkazuv yo‘llari, bosh miya nervlari, chigallar va ularning tarmoqlari. Cezgi a’zolarining tuzilishi, qismlari, rivojlanishi.
Dostları ilə paylaş: |