Gistologiya, sitologiya, embriologiya. Gistologiya, sitologiya va embriologiya fani tarixi va rivojlanish tendensiyalari. Xujayra xakidagi ta’limot. Umumiy embriologiya va odam embriologiyasi asoslari. To‘qimalarning klassifikatsiyasi, gistogenezi va morfofunksional xususiyatlari. Teri va uning xosilalari, nerv, yurak-qon tomirlari, immun-ximoya, ovqat hazm qilish, nafas olish, endokrin, ayiruv, jinsiy sistema a’zolarining taraqqiyoti va morfofunksional xususiyatlari.
Normal fiziologiya. Normal fiziologiya fanining tarixi va rivojlanish tendensiyalari. Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarning umumiy fiziologiyasi, markaziy nerv tizimining umumiy va xususiy fiziologiyasi, vegetativ nerv tizimi, fiziologik funksiyalarning gormonal idora etilishi, qon, yurak-qon tomirlar, nafas, hazm, modda va energiya almashinuvi, termoregulyatsiya, ayiruv, sensor tizim va oliy nerv faoliyati fiziologiyasi.