Demografik jarayonlarning tibbiy-ijtimoiy qirralari
Demografiya fani va uning mazmuni. Demografik ma’lumotlarning aholi salomatligini ta’riflashdagi ahamiyati. Aholi statistikasi va uning dinamikasi. Sog‘liqni saqlashda va aholi salomatligini o‘rganishda aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati. Demografik ko‘rsatkichlar. Tug‘ilish, o‘lim va tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari. Tug‘ilishni rejalashtirishni, umumiy o‘limni va bolalar o‘limini kelajakda kamaytirishning vazifalari va ularning ijtimoiy - gigienik jihatlari. Aholining qarishi, tibbiy iqtisodiy va ijtimoiy – gigienik muammolari sifatida. O‘zbekistondagi tibbiy demografik ko‘rsatkichlar. Hayotning o‘rtacha davomiyligi – uzoq umr ko‘rish tomonlarining ijtimoiy- iqtisodiy hamda psixologik ekanligi. Demografiya, uning tibbiy ijtimoiy jihatlari.
Kasallanish: umumiy tushunchalar, kasallanishlarni o‘rganish usullari, kasalliklarning halqaro tasnifi
Aholi salomatligini o‘rganishda davlat statistikasining roli. Halqaro kasalliklar, jarohatlanishlar va o‘lim sabablari tasnifi. Aholini kasallanishini o‘rganishning usullari va manbalari, aholi kasallanishini o‘rganishda ekspert baholash. Aholini kasallanish sabablarini o‘rganishda shifokorlarning vazifalari. Aholini kasallanishini belgilovchi tushunchalar va ko‘rsatkichlar.
Nogironlik
Nogironlik haqida tushuncha. Nogironlik guruhlari. Bolalar nogironligining ekspertizasi. Tibbiy – ijtimoiy ekspertiza. Ijtimoiy himoya. Nogironlikka ta’sir etuvchi omillar. Nogironlik ko‘rsatkichlari.
Dostları ilə paylaş: |