Andijon davlat tibbiyot instituti «kelishildi»


Buyrak yetishmovchiligi va simptomatik arterial gipertenziya



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə173/231
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#47866
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   231
Даволаш-АДТИ Магистратура имтиҳон дастури 2021

Buyrak yetishmovchiligi va simptomatik arterial gipertenziya.

Buyrak normal fiziologiyasi. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi (O‘BE), ehtimoliy sabablar (mioglobinli nefrotoksikoz, rentgen-kontrast modda yuborilishi sabablik) va tez yordam. O‘BE turlarini (prerenal, intrarenal va postrenal) o‘ziga xos tomonlari. Poliurik holat (postrenal, intrarenal va preranal).

Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE). SBE patofiziologiyasi va asoratlari (siydik yo‘llari infeksiyasi, buyrak orttirilgan ko‘plab kistalari buyrak xujayrasi karsinomasi (renal cel carcinoma); bepushtlik va erektil disfunksiya, ginekomastiya; me’da – ichak yo‘li, nerv-mushak tizimi va yurak – qon tomir tizimining shikastlanishi; qonda bo‘ladigan o‘zgarishlar, suyaklardagi va metabolik o‘zgarishlar). Buyrak transplantatsiyasi.

«Arterial gipertenziya» tushunchasi, arterial bosmini miqdoriga ta’sir qiluvchi fiziologik parametrlar (yurak zarb hajmi, qon minutlik hajmi, yurak qisqarishlari chastotasi, venoz qon kelishining xajmi va umumiiy periferik qarshilik). Renin-angiotenzin-aldosteron tizimi. Arterial gipertenziya kelib chiqishi mexanizmi: nefrogen gipertenziya, endokrin gipertenziya, vazorenal gipertenziya, laborator va intsrumental tekshiruvlarning o‘ziga xosligi. Simptomatik gipertenziyani davolash (angioxirurgik usullar bilan: ballonli dilyatatsiya, shuntlash va perkutan translyuminal angioplastika).

Andrologiya.

Urug‘donlar anatomiyasi va embriologiyasi. Urug‘donlar fiziologiyasi va endokrin funksiyasi hamda spermatogenez. Urug‘don ortig‘ining funksional ahamiyati. Bepushtlik sabablari. Urug‘don kasalliklari diagnostikasi: rutin va zamonaviy tekshiruv usullari. Davolash: medikamentoz va jarrohiy (shu jumladan mikrojarrohiy usullarni qo‘llagan holda). Sun’iy urug‘lantirish muammolari.

Varikotsele tushunchasi. Varikotselening etiologiyasi va patogenezi (venoz gipertenziyaning ahamiyati, idiopatik varikotsele). Varikotselening klinik ko‘rinishi va tasnifi (I, II, III va IV tiplar). Instrumental diagnostika usullari (doplerografiya, flebografiya). Asoratlari. Davolash: an’anaviy (Ivanisevich, Paloma operatsiyalari va chov kanali orqali varikotselektomiya qilish), endovaskulyar (skleroterapiya) va mikroxirurgik (venoz anastamozlar).


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin