Yuqumli kasalliklar fani va uning tarkibiy qismlari
Fanning qisqacha tarixi, vazifalari, nazariy va amaliy tibbiyotda tutgan o‘rni. Fanning boshqa tibbiy fanlar taraqqiyotidagi roli. O‘zbekistonda infeksionistlar maktabining yaratilishi. O‘tkir ichak infeksiyalariga – qorin tifi va paratif A va V, salmonellez, ichburug‘, ichak koli-infeksiyasi (esherixioz), vabo, ovqat toksikoinfeksiyalari, botulizm kabi yuqumli kasalliklar kiradi. Virusli diareyaga –rotovirusli infeksiya, parvovirusli infeksiya, pikornavirusli infeksiyalar kiradi.
Virusli gepatitlar – enteral gepatitlar (virusli gepatit A va virusli gepatit Ye), parenteral gepatitlar (virusli gepatit V, virusli gepatit S va virusli gepatit D) hamda surunkali gepatitlarga bo‘linib o‘rganiladi. Havo-tomchi infeksiyalari – o‘z tarkibiga o‘tkir respirator kasalliklar, gerpetik infeksiya va toshmalar bilan kechuvchi bolalar yuqumli kasalliklaridan iborat. O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar (transmissiv infeksiyalar) va boshqa infeksiyalar tarkibiga gemorragik isitmalar, virusli ensefalitlar, rikketsiyalar va teri-tanosil infeksiyalari kiritilgan va ularni to‘liq yoritilib berilgan. Protozoyli infeksiyalarga parazitozlar, gelmintozlar va zoonozlarni kiritilgan. Yuqumli kasalliklarda tez yordam holatlariga – infeksion-toksik shok, gipovolemik shok, o‘tkir jigar ensefalopatiyasi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, miya shishi, anafilaktik shok, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va gemorragik shoklar xaqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |