Andijon davlat tibbiyot instituti patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi


Modulni yakunlaganda talaba bajara oladi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/18
tarix22.09.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#63933
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ishchi dastur (1)

Modulni yakunlaganda talaba bajara oladi: 
1. Hujayra, to‟qima va organlardagi kasalliklarda paydo bo‟ladigan patomorfologik
o‟zgarishlarni klinik belgilari bilan solishtirib tahlil qilishni
2. Preparatlar bilan ishlay olishi, umummorfologik va gistoximyoviy bo‟yash usullarini; 
3. Patologik jarayonni va uning turlarini mikroskopik jaxatidan aniqlashni va bir-biridan 
farqlash; 
4. Patologik jarayonni makroskopik jihatidan aniqlab, uning qanday organ ekanligini,
patologik jarayonning joylanish joyini va xarakterini aniqlash 


20 
Andijon Davlat Tibbiyot Instituti patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi 
mudiri, dosent A.R.Mamataliev tomonidan Andijon Davlat Tibbiyot Instituti davolash ishi 
ta`lim yo`nalishi 2-kurs talabalari uchun “Patologiya” fanidan ishlab chiqilgan
Modul Ishchi dasturiga yozilgan 
 
TAQRIZ 
Andijon Davlat Tibbiyot Instituti patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi mudiri
dosent A.R.Mamataliev tomonidan Andijon Davlat Tibbiyot Instituti davolash ishi ta`lim yo`nalishi 
2-kurs talabalari uchun “Patologiya” fanidan ishlab chiqilgan Modulning ishchi o„quv dasturi 
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi 2021 yil “04” iyundagi №121sonli 
buyrug„ining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan patologiya modul dasturi asosida tayyorlangan, malaka 
talablariga to`la mos keladi. 
Patologiya moduli tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida fundamental modullar qatoriga kirib, 
talabalarga kelgusidagi shifokorlik amaliyotida kerak bo„ladigan patologirk anatomiya mavzularini 
tibbiyot yo„nalishiga moslashtirgan holda o„rgatadi. Dastur umumiy patologiya bo„limlarini o„z 
ichiga oladi va tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalariga odam organizmida kechadigan 
jarayonlarning etiologiyasi, patogenezi, morfogenezi, morfologiyasi mohiyatlarini va ularning 
mexanizmini tushinib yetish uchun zarur bo„lgan bilimlarni egallab olishga imkoniyat beradi.
Shuningdek, modul dasturi patologik anatomiyaning asosiy bo„limlarini o„z ichiga oladi va 
tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalariga odam organizmida kechadigan patologik jarayonlarning 
mexanizmlarini tushinib yetish uchun zarur bo„lgan bilimlarni egallab olishga imkoniyat beradi. Bu 
o„z navbatida patologiyada organizmning faoliyatini va uning atrof muxit bilan muloqatini, modda 
almashinuvini buzilishlarini chuqurroq tushinib yetishga asos yaratadi. Patologiya moduli 
tibbiyotning fundamental (klinik oldi) modullaridan biri hisoblanib informatika (matematika), 
biologiya, biofizika modullari unga nazariy zamin bo„lib, bu modulda olingan bilimlar va amaliy 
ko„nikmalar kelgusida barcha klinik modullarni o„zlashtirishda nazariy (ilmiy) zamin bo„lib hizmat 
qiladi.
Andijon Davlat Tibbiyot Instituti patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi mudiri, 
dosent A.R.Mamataliev tomonidan Andijon Davlat Tibbiyot Instituti davolash ishi ta`lim yo`nalishi 
2-kurs talabalari uchun “Patologiya (patologik anatomiya)” fanidan ishlab chiqilgan Modul Ishchi 
dasturi hajmi, mazmuni, dolzarbligi bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim 
vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan Ishchi Fan Dasturlariga 
qo`yiladigan talablarga to`la javob beradi va talabalar uchun me`yoriy xujjat sifatida qo`llanilishga 
loyiq deb xisoblayman. 
 


21 
Andijon Davlat Tibbiyot Instituti patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi mudiri, 
dosent A.R.Mamataliev tomonidan Andijon Davlat Tibbiyot Instituti davolash ishi ta`lim yo`nalishi 
2-kurs talabalari uchun “Patologiya” fanidan ishlab chiqilgan Modul Ishchi dasturiga yozilgan 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin