TAQRIZ Andijon Davlat Tibbiyot Instituti patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi mudiri,
dosent A.R.Mamataliev tomonidan Andijon Davlat Tibbiyot Instituti davolash ishi ta`lim yo`nalishi
2-kurs talabalari uchun “Patologiya” fanidan ishlab chiqilgan Modulning ishchi o„quv dasturi
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi 2021 yil “04” iyundagi №121sonli
buyrug„ining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan patologiya modul dasturi asosida tayyorlangan, malaka
talablariga to`la mos keladi.
Patologiya moduli tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida fundamental modullar qatoriga kirib,
talabalarga kelgusidagi shifokorlik amaliyotida kerak bo„ladigan patologik anatomiyaning asosiy
tushunchalari va qonunlarini tibbiyot yo„nalishiga moslashtirgan holda o„rgatadi. Dastur patologik
anatomiyaning asosiy bo„limlarini o„z ichiga oladi va tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalariga
patologiyada odam organizmida kechadigan patomorfologik o‟zgarishlarni mexanizmlarini tushinib
yetish uchun zarur bo„lgan bilimlarni egallab olishga imkoniyat beradi.
Yuqoridagilarni e`tiborga olib, Andijon Davlat Tibbiyot Instituti patologik anatomiya va sud
tibbiyoti kafedrasi mudiri, dosent A.R.Mamataliev tomonidan Andijon Davlat Tibbiyot Instituti
davolash ishi ta`lim yo`nalishi 2-kurs talabalari uchun “Patologiya” fanidan ishlab chiqilgan Modul
Ishchi dasturi hajmi, mazmuni, dolzarbligi bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus
ta`lim vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan Ishchi Fan
Dasturlariga qo`yiladigan talablarga to`la javob beradi va talabalar uchun me`yoriy xujjat sifatida
qo`llanilishga loyiq deb xisoblayman.