Andijon davlat tibbiyot instituti patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/18
tarix22.09.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#63933
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ishchi dastur (1)




O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM 
VAZIRLIGI 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG„LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI 
PATOLOGIK ANATOMIYA VA SUD TIBBIYOTI KAFEDRASI 
 
 

 
PATOLOGIYA (PATOLOGIK ANATOMIYA) 
MODULI ISHCHI DASTURI 
 
2-kurs uchun 
 
Bilim sohasi: 
500000 
– Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot 
 
Ta`lim sohasi: 
510 000 
– Sog`liqni saqlash 
 
 
 
Ta`lim yo`nalishi: 
5510100 
– Davolash ishi 
 
 
 
 
 
2021-2022 o„quv yili 
 
Ta‟lim yo‟nalishlari: 
Davolash ishi 
Umumiy o„quv soat
108 
Shu jumladan: 
 
Ma‟ruza
18 
Amaliy mashg„ulot 
54 
Mustaqil ish 
36 
 
 
 
ANDIJON -2021 y. 
 



Modulning ishchi o„quv dasturi O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash 
vazirligi 2021 yil “04” iyundagi №121sonli buyrug„ining 1-ilovasi bilan 
tasdiqlangan patologiya modul dasturi asosida tayyorlangan. 
 
 
Fanning ishchi o‟quv dasturi Andijon davlat tibbiyot institutining “Stomatologiya” 
fakulteti Ilmiy kengashining 2021 yil “25” iyun №12-son majlisida muhokama etildi 
va ma‟qullandi. 
Modulning ishchi o„quv dasturi Andijon Davlat Tibbiyot Instituti markaziy 
uslubiy kengashida muhokama etilgan va tasdiqlangan (2021yil 29 iyundagi №11-
sonli bayonnoma) 



Patologiya (patologik anatomiya) fanidan 2021-2022 o‟quv yili uchun ishchi 
dasturga kiritilgan o‟zgartirish va qo‟shimchalar. 
Ta‟lim yo‟nalishi- 5510100 –«Davolash ishi» 2 – kursiga patologik 
anatomiya fani ishchi dasturi strukturasi, tematik rejasiga asoslanib o‟zgartirish 
kiritildi: 
Fan reytingi va mashg‟ulot xronokartasi takomillashtirildi. 
Qo‟shimcha adabiyotlarga o‟zimizda va chet davlatlarida yangi nashr 
ettirilgnan adabiyotlar kiritildi.
O‟zgartirish va qo‟shimchalar patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi 
mudiri dosent A.R.Mamataliev tomonidan kiritilgan.



1.O„quv modulining dolzarbligi va oliy ta'limdagi o„rni. 
Modul dasturi O‟zbekiston Respublikasi Davlat ta‟lim standarti va bakalavriat ta‟lim 
yo‟nalishi malaka talablariga asoslangan holda tuzilgan. Ushbu dastur asosida zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni o‟qitish jarayoniga tadbiq etib, talabani nazariy ma‟lumotidan boshlang‟ich amaliy 
ko‟nikmalarni bajarishga o‟rgatib va orttirilgan ko‟nikmalarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar
orqali klinik amaliyot bilan uyg‟unlashtirgan holda mustaqil ravishda kasalliklarning etiologiya
va patogenezini aniqlash uchun zamin yaratib beradi. Dasturning maqsad va vazifalarini
echimi yakunida talaba patologiya Modulidan olgan bilim va amaliy ko‟nikmalarni klinik 
amaliyotda uyg‟unlashtirib, etuk, raqobatbardosh, mustaqil klinik fikrlash qobiliyatiga ega bo‟lgan 
umumiy amaliyot shifokori bo‟lib shakllanadi. 
Mazkur modulga o‟quv rejadagi biologiya, odam anatomiyasi, normal fiziologiya, 
biokimyo modullari nazariy zamin bo‟lib xizmat qilsa, terapiya, kardiologiya, urologiya,
ginekologiya va boshqa klinik modullarga patologiya Moduli nazariy zamin bo‟lib xizmat
qiladi. Talaba patologik anatomiya modulini o‟rganishda biologiya, gistologiya, genetika, normal 
fiziologiya, biokimyo va boshqa modullardan egallagan bilimlariga asoslanadi. 
Ushbu modul dasturi modulning tarixi va rivojlanish tendenstiyasi, istiqbolli masalalarini
qamraydi, inson organizmida kasallikni rivojlantiruvchi etiologik omillar, klassifikasiyasi,
ularning organizm bilan o‟zaro munosabati, hamda bo‟lg‟usi umumiy amaliyot shifokorlarida 
kasallikning etiologik omillarini aniqlash, tashxis qo‟yish va belgilarini asoslash uchun nazariy
zamin yaratib beradi, shuningdek, talabalarda klinik fikrlash ko‟nikmasini shakllantiradi. 
Modul dasturi boshqa modullar bilan aloqasi: anatomiya, gistologiya, normal va patologik 
fiziologiya. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin