Andijon davlat tibbiyot instituti vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash



Yüklə 114,49 Kb.
səhifə2/6
tarix17.02.2023
ölçüsü114,49 Kb.
#84712
1   2   3   4   5   6
ДИЛНОЗА КУРС ИШИ

KIRISH


Odam immun tanqisligi virusi infeksiyasi - Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OIV OITS) viruslar tomonidan chaqiriladigan, yangi paydo bo'lgan infeksion kasallik bo'lib, uning eng asosiy alomati immunitetning, birinchi navbatda, hujayra immunitetining to'xtovsiz ravishda pasayib borishi hisoblanadi va buning oqibatida uning klinik manzarasi va kasallikning evolutsivasi o'ziga xos yorqin ko'rinish oladi. Kasallik, asosan,jinsiy aloqa orqali, parenteral yo’l bilan, qon va uning preparatlarini quyganda, shuningdek, homilador ayollardan yo'ldosh orqali homilaga yuqadi.
OIV/OITS kasalligi mutaxassislar tomonidan insoniyat tarixidagi birinchi haqiqiy global epidemiya deb tan olingan. Chunki o'lat ham, chin chechak ham vabo ham hech qachon butun sayyorani bir vaqtning o'zida yoppasiga qamrab olmagan, balki faqat ayrim hududlardagina tarqalgan, shu nuqtayi nazardan OIV/OITS kasalligi bilan yuqorida sanab o'tilgan o'ta xavfli infeksiyalarning birortasi ham tenglasha olmaydi. Bundan tashqari. yuqoridagi kasalliklar tufayli o'lim hech qachon 100 % ni tashkil qilmagan.
OIV/OITSda esa kasallik oqibati 100 % o'lim bilan vakunlanadi. Har xil manbalarning bergan ma'lumotlariga ko'ra, sayyoramizda hozirgi kunda
OIV infeksiyasini yuqtirib olganlar va OITSga chalingan bemorlar soni 34 milliondan 46 milliongacha vetgan. OlTSdan o'lganlar soni esa 20 milliondan ortib ketgan, faqat 2003- yilning o'zida 3 million kishi ushbu kasallik tufayli olamdan o'tgan. Ayniqsa, yoshlar orasida bu kasallik oqibatida о’lim birinchi o'rinda turibdi. Dunvo bo'y icha har kuni taxminan 16000 kishi bu kasallikni yuqtirib olmoqda.
Oxirgi yillarda respublikamizda OIV OITSga qarshi kurashish,bu kasallikning oldini olish, bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatish va boshqalar to'g'risida katta ishlar amalga oshirildi, qator qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Bular orasida 1999- yil 19- sentabrda qabul qilingan «Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIV kasalligining) oldini olish to'g'risida O'zbekiston Respublikasining qonuni», 2005- yil 6 - oktabrda qabul qilingan «OIV OITS kasalligiga tibbiy tekshiruvdan o'tkazish va OIV/OITSli bemorlarga tibbiy yordamni tashkil qilish.O'zbekiston Respublikasi Sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiyena normativlari», O'zR SSVning 2007- yil 30- oktabrdagi «OIV infeksiyasi bilan bog'liq profilaktik chora-tadbirlami va tibbiy ijtimoiy yordamni tashkil qilishni takomillashtirish to'g'risidagi № 480-buyrug'i. «O'zbekiston Respublikasida 2007-2011- yillarda OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishning Strategik dasturi»
kabi hujjatlar alohida o'rin egallavdi.


Maqsad: Tibbiyot xodimlarining OIV infeksiyasi va OITS bo'yicha bilimlari saviyasini oshirish ushbu kasallikni erta aniqlashda va kasallikning epideimik tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega, bu esa, o'z navbatida. tibbiyot xodimlarining OIV infeksiyasiga nisbatan bushyorligini yanada oshirishni taqozo etadi.


Vazifalari: Talabalr ongida OITS kasalligi haqida tushuncha berish. Bu kasallikni klinikasi va yuqish yollarini bilgan holda hozirgi davrida bu kasallikdan himolanish usullari va yollari. Bu kasallikga umumiy kurashni o'rgata bilish va qollash .


Yüklə 114,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin