TESKARI BOG‘LANISh- organizmdagi murakkab tizimni boshqarish tamoyilidir. Teskari aloqa tashki ta’sirga javoban organizmning xar bir harakati maqsadga nechog‘li muvofiq bo‘layogganini miya baholab turadi. Tashqi ta’sirga javoban miyaning buyrug‘i bilan sodir bo‘luvchi harakatning hech bir bo‘lagi shu harakat natijalari xaqida miyaga (periferiyadagi markazga) darhol xabar (teskari aloqa) berilmasdan turib davom etgirilavermaydi.
FAOLLIK- jonli organizmning umumiy sifati tashqi muhit bi-lan bog‘lanishidir. Psixik faollik shu bilan xarakterlikn, bunda shaxs o‘z extiyojlarini qondirish uchun vokelikni o‘zgartirishga harakat qiladi. Faollik bu ehtiyojlarni qondirish uchun voqelikni o‘zgartirishga qaratilgan muhim qobiliyatdir.