Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə123/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar to‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini beradi.

Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual psixologik xususiyati qobiliyatlar deyiladi. Ushbu xususiyatni aniqlash uchun ba’zi bir omillarni tahlil qilish maqsadga muvofiq; a) shaxsning muayyan sifatlari yig‘indisi belgilangan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat talabiga javob bera olmasa, psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar mavjud emasdir (juda zaifdir). Lekin bunday xususiyatli shaxs ko‘nikma va malakalarni egallay olmaydi, degan ma’no anglatmaydi, biroq ularni egallash vaqti cho‘zilib ketadi, xolos.

Shunday qilib, qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar bo‘lishi bilan birga: a) ularni shaxslarning mavjud boshqa xususiyatlariga, xarakter fazilatlariga, hissiy kechinmalariga va boshqalarga qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas; b) shuningdek, qobiliyatlarni shaxsning mazkur xususiyatlari bilan bir qatorga qo‘yish, ularni ayniylashtirish ham nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Shuni ta’kidlash joizki, mulohaza bildirilgan sifatlardan ba’zi biri yoki ularning yig‘indisi faoliyat talablariga javob bera olsa yoki ularning ta’sirida vujudga kelsa, u holda shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb atash imkoniyati tug‘iladi.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin