Modul-1. Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti faniga kirish
Reja
1. Fanning predmeti va vazifalari.
2. Pedagogik faoliyat psixologiyasi
3. Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti” - fan sifatida
Tayanch iboralar: Psixika, psixologiya, bilish, psixik jarayonlar, psixik xolatlar, psixik funksiyalar, psixik xodisalar, ong, filoginez, ontoginez.
Tayanch konspekt: Fanning tarixi va rivojlanish boskichlari. Fanning predmeti va vazifalari. Psixik xodisalar, psixik rivojlaniщning konunyat va mexanizmlari. Shaxs va vokelik, shaxs va jamiyat, shaxs va predmetlar olami orasidagi munosabat vokelikni anglash, olamni psixolagik taxlili, psixik xodisalarning kechishi, psixologiyaning tarixiy va nazariy axamiyati jamiyatda olib borilayotgan ishlar natijasidagi yutuklari.
Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy soxalari. Yosh davrlar psixologiyasi fanining boshka fanlar bilan alokasi.
Jahon fanlarining muayyan qonuniyatlarga asoslanib turkumlarga kiritilishiga ko‘ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o‘rin egallashiga barcha ob’ektiv shart va sharoitlar yetarlidir. Qatiy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubhasizdir. Chunki psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakkabi bo‘lib, biosferik ta’limotdan kelib chiqqan holda psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida o‘rganilib kelingan. Lekin bugungi kunda neosferik ta’limotga binoan fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o‘zaro ta’sirlar, moddalar, zarrachalar, nurlar harakati, almashinishi, qo‘shilishi to‘g‘risida mulohazalar, faraziy asosda bo‘lsa ham, yuritilmoqda. Ayniqsa, biosferaga kirib kelayotgan moddalarning o‘zaro birikuvi, muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi, to‘planishi inson tana a’zolariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, natijada favquloddagi holatlar sodir bo‘lishi, kashfiyotlar yuz berishi, intuitiv (lotincha intueri sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki sezgirlik demakdir) shakldagi ruhiy holatlarning kuchayishi namoyon bo‘lishi mumkin. Bular qatoriga telepatik (yunoncha tele uzoqni pathos sezaman degan ma’no anglatadi) samaralar, o‘ta sezgirlik, ekstrasenzitivlik (lotincha extra o‘ta, sensus sezgirlik degani), ekstrasenslik (lotincha extra o‘ta, sensus his qilaman ma’nosini bildiradi) kabi psixologik holatlarning kechishi sabablarini kiritsa bo‘ladi. Shuningdek, omadsizlik, ichikishlik, kasalning intizor kutishi, nasib etmaslik, ishqiy kechinmalar, tushda ayon bo‘lish kabi ruhiy holatlar, hodisalar hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tushuntirib berilgani yo‘q. Ammo bu borada bilish ob’ekti (lotincha Objectum jism demakdir) bilan sub’ektining (lotincha Subjectum tashqi olamni biluvchi inson) birikuvida psixologiyaning qulay imkoniyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir.
Dostları ilə paylaş: |