2.2. Kichik maktab yosh davridagi bolalarda o’z-o’ziga baho berishni o’rganish Biz tadqiqot ishimizning farazida kichik maktab yosh davridagi bobalarning shaxs sifatida shakllanishiga ularning o’z-o’ziga baho berishi qay darajada ta’sir ko’rsatishini o’rganishni rejalashtirgan edik. Buning uchun Piskent tumanidagi6- sonli umumta’lim maktabining 2- va 3-sinfo’quvchilarida (жами 30 nafar) Dembo Rubinshteynning “O’z-o’zini baholash” metodikasini o’tkazdik. Ushbu metodika maktab o’quvchilarining bir qator shaxsiy sifatlarini, ya’ni sog’liq, xarakter, aql va xokazo kabi xususiyatlarini bevositа baholash (shkalalarda ifodalash)ga asoslangan. tekshiriluvchilarga ushbu sifatlar ularda qay darajada rivojlanganligini (o’z-o’zini baxolashni) va ushbu sifatlarni qanchalik rivojlangan bo’lishini istashlari, ularni qoniqtirishi (davogarlik darajasini)ni vertikal chiziqlarda ma’lum bir belgilar bilan ko’rsatishlari so’raladi. Har bir sinaluvchiga metodika bo’yicha ko’rsatma va vazifa yozilgan blanka beriladi.
Tadqiqot olib borilishi Ko’rsatma: Har qanday inson o’zining qobilyati, imkoniyati, xarakteri va hokazolarni baholaydi. Har bir sinaluvchining shaxsiy sifatlari, xususiyatlari rivojlanish darajasini vertikal chiziq bilan shartli ravishda tasvirlash mumkin, bunda eng pastki nuqta – eng past rivojlanishni, eng tepa nuqta esa – juda yuqori rivojlanishni bildiradi. Sizga shunday 4 ta chiziq taklif etiladi.
1. Sog’liq
2. Aql, qobilyatlar
3. Xarakter
4. Baxt
O’zingizdagi ushbu sifatlarning shaxs xususiyatingizning rivojlanishini qanday baxolashingizni har bir to’g’ri chiziqda, chiziqcha (-) bilan ko’rsating. Shundan so’ng, ushbu sifat, xususiyatlaringizni rivojlanish darajasidan siz o’zingiz qanchalik qoniqqan yoki faxrlanganingizda, qanchalik bo’lishini iks (х) bilan belgilang.
Blankda har birining balandligi 100 mm (10sm) ga teng 7 ta vertikal chiziq bo’lib, ushbu chiziqlarning yuqori va pastki nuqtalari chegaralovchi chiziqlar bilan shkala o’rtasi esa bilinar bilinmas nuqta bilan belgilangan bo’ladi. Metodikani butun sinfda yoppasiga (frontal) yoki individual tarzda o’tkazish mumkin. Metodikа frontal o’tkazilganida har bir o’quvchi shkalani qanday belgilanganini tekshirish kerak.
Bunda (-) va iks (х) belgilarini qanday ishlatayotganiga e’tibor berish lozim. Ushbu metodikani o’tkazishga, ko’rsatmani o’qish bilan bilan birga ajratiladigan vaqt 10-12 daqiqani tashkil etadi.