Andijon davlat universisteti



Yüklə 204 Kb.
səhifə1/9
tarix29.06.2022
ölçüsü204 Kb.
#62493
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Hamraqulova Umidaxonning




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA .O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSISTETI

Pedagogika va psixologiya fakulteti


204-guruh talabasi Hamraqulova Umidaxonning
Ijtimoiy pedagogika fanidan
“Kichik maktab yoshidagi bolalarida xulqiy og’ishlarning oldini olish metodikasi.” mavzusidagi
KURS ISHI
Qabul qiluvchi: ___________________


MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………3


I BOB. Mavzuning adabiyotlardagi tahlili



    1. Kichik maktab yoshining o’ziga xos xususiyatlari…………………...............6

    2. Kichik maktab yoshidagi bolalarda shahs xususiyatlarining shakllanishi ……………………………………………………………………………..15



II bob. Mavzuning emperik o’rganilishi.

2.1. Kichik maktab yosh davrida shaxs shakllanishiга doir tadqiqotlarning moxiyati……………………………………………………….……………18


2.2 Sinaluvchilarning shaxs sifatida shakllanishiga o’z-o’ziga baxoning ta’sirini o’rganish…………………………………………………………………… 23


Xulosa va tavsiyalar…………………………………………………29
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………...31
KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim masalalaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Albatta, barkamol inson deganda ma’naviy jihatdan yetuk o’z Vatanining tarixi buguni va kelajagi uchun qayg’uradigan, shuningdek jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Lekin ushbu tushunchaga tahliliy yondashilsa, uning naqadar serqirra murakkab va har tomonlama umuminsoniy qadriyatlarga mos kelishini idrok etish mumkin.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan faxrlanib kelishi lozim”. Darhaqiqat, O’zbekistonning kelajagi hozirgi kun yoshlari bo’lib, aqlan, ahloqan kamoloti muhimdir. Ayniqsa, ularni bilim cho’qqilarini, kasb malakalarini egallashlari, jamiyat faoliyatiga faol kirib borishlari, jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlari hisoblanadi. Ertangi kun davomchilari bo’lgan yoshlar nafaqat bilim cho’qqilarini egallabgina qolmasdan balki ularda fidoiylik, Vatanga sadoqat, insoniylik tuyg’ularini shakllantirishlari lozim.
“Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariy tarixida tutgan o’rni, mavqei va shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yetuk shaxs, barkamol avlod bo’lib yetishishiga bog’liq. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik – faqat zamonaviy asosda talim-tarbiya olgan, jaxonning manaman degan mamalakatlaridagi tengdoshlari bilan har qanday sohada bellasha oladigan jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko’tarishga qodir,”- Birinchi Prizidentimizning mana shu so’zlarini hisobga olgan holda kichik maktab yoshidagi bolalarning barkamol avlod, komil inson qilib tarbiyalashda shaxs sifatida tog’ri shakllanishiga e’tiborni qaratish mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Shu bilan birga raqobatbardosh har tomonlama yetuk shahs xususiyatlarini o’zida namoyon qilgan yoshlarimizni tarbiyalash
XXI asr buyuk o’zgarishlar asri bo’layotganligiga hech shubxa yo’q. Bu o’zgarishlar eng avvalo inson tafakkurida uning fikrlash tarzida ro’y berayotganligi hech kimga sir emas. Tabiiyki, bu holat shaxs ma’naviyati va bu orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasiga o’z tasirini ko’rsatmay qolmaydi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prizidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishining hayotiy zaruriyati va dolzarbligi haqida gapirar ekanlar: “Milliy g’oya birinchi navbatda yosh avlodni vatanparvarlik , el-yurtiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini singdirishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur”, deb alohida ta’kidlardilar. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bo’lmish yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadr bo’lib o’z xalqi va yurtiga sidqidildan hizmat qilish, ozod yurt ravnaqi va baxt saodati uchun halol mehnat qilishga o’rgatishni nazarda tutadi.
Bu o’rinda o’sib kelayotgan yosh avlodni ruhiyati qonunyatlarini o’rganuvchi yosh davrlar va pedagogik psixologiya fanining o’rni va ro’li benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutahassislar qilib tarbiyalash uzluksiz ta’limning bir bo’g’ini bo’lgan maktabda tahsil olayotgan yoshlar maktab ta’limi va tarbiyasining o’rnini nixoyatda oshiradi. Bu ish esa o’zidan tashqari, atrofdagilar bilan bo’ladigan munosabatlarda eng ilg’or va vatan taraqqiyotiga hizmat qiluvchi fikrlarni omma ongiga singdirish kabi muhim vazifani bajarishga hizmat qiladi. “Avvalambor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol shaхslar etib tarbiyalash, maktab ta’lim – tarbiya ishlarining samarasini tashkil etadi,“ deb yuqori ishonch bilan aytishimiz mumkin.



Yüklə 204 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin