Andijon davlat universisteti



Yüklə 68,28 Kb.
səhifə1/10
tarix19.10.2022
ölçüsü68,28 Kb.
#65447
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qodirova Zuhraxonning


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA .O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSISTETI
Pedagogika va psixologiya fakulteti
205-guruh talabasi Qodirova Zuhraxonning
Ijtimoiy pedagogika fanidan
“Ta’lim muassasalarida ta’rbiyaviy ishlarnitashkil etishning g’oyaviy asoslari ” mavzusidagi
KURS ISHI
Qabul qiluvchi: N.J.Abdullaeva



MUNADJIRA


KIRISH....................................................................................................................3
ASOSIY QISM.



  1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning yo’nalishlari ....................7




  1. Talim jaroayonida tashkil qilishda tashkilotchi shaxsiga bo’lgan talablar.............................................................................................................14




  1. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning olib borish jarayonda raxbar erishishilozimbo’lgan yutuqlari. ......................................................................22




  1. Tashkilotchining oila va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar jarayoni. ............................................................................29

XULOSA ................................................................................................................34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ............................................................35
KIRISH:
Mavzuning dolzarbligi.
Sinfdan tashqari ishlar deganda – maktab o`qituvchilari yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar rahbarligi ostida maktabda darsdan tashqi vaqtda o`quvchilar o`rtasida yo`lga qo`yiladigan va olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishlari nazarda tutiladi. Maktabdan tashqari ishlar o`quvchilar bilan olib boriladigan, maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan uyushtiriladigan ta`lim-tarbiya va madaniy ishlardan iboratdir.
Bu ishlarni olib borish tartibi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunining II bob 17-moddasi “Maktabdan tashqari ta’lim” ni tashkil etish masalasini aniq belgilab bergan: “Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarni qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarni tashkil etishlari mumkin”. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarga ta`lim-tarbiya jarayoning ajralmas tarkibiy qismidir. U darslarda olib boriladigan o`quv-tarbiya ishlarini mustahkamlab va to`ldirib borishi bilan birgalikda o`quvchilarni pedagogik ta`sir ostiga to`la ravishda jalb etishga hamda dars uchun ajratilgan vaqt ichida amalga oshirilishi qiyin bo`lgan yoki butunlay iloji bo`lmagan bir qancha muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yordam beradi.
Qiziqish va intilishlarini darslarda, masalan, fizika darslarida, yetarlicha qondirish mumkin emas. Bu vazifani o`quvchilar bilan ularni qiziqtirgan masalalar
bo`yicha darsdan tashqi mashg`ulotlar o`tkazish yo`li bilangina maqsadga muvofiq ravishda hal qilish mumkin.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlarning mazmuni juda ham xilma-xildir. Bunga eng avvalo o`quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish va Kengaytirish, bilimlaridan amaliy va mustaqil ravishda foydalana bilishga o`rgatish, o`quvchilarni ijtimoiy foydali Mehnatga tayyorlab borish va shu bilan birga, ularga ijtimoiy-siyosiy tarbiya berish maqsadiga qaratilgan tadbirlarni uyushtirish kiradi. So`ngra o`quvchilarga badiiy tarbiya berish, ularning turli qobiliyat va iste`dodlarini o`stirish, o`quvchilarning sog`lig`ini mustahkamlash, jismoniy kuch- quvvatlarini rivojlantirish ishlari va nihoyat o`quvchilarning madaniy dam olishlarini uyushtirish bilan bog`liq bo`lgan mashg`ulotlar kiradi.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar har tomonlama kamol topgan inson tarbiyasining maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda hamda o`quvchilarning tashabbuskorligiga tayanish asosida tashkil qilinadi va olib boriladi.
Bundan tashqari o`quvchilarning yoshi, ularning qiziqish-havaslari ishning u yoki bu turiga tayyorgarlik darajalari hisobga olinadi. Buni ayniqsa ishning mazmuni va usulini belgilashda hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarning kuchiga yarasha va ular uchun qiziqarli bo`lishi kerak.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilar tashkilotlari hamda ota- onalarjamoasiyordamiga suyangan holda olib boriladi.
Bu ishlarning eng ko`p tarqalgan shakli quyidagilar: to`garak ishlari, ommaviy tadbirlar va o`quvchilarning mustaqil individual mashg`ulotlaridir.
Sinfdan tashqari ishlarni o’z ichiga olgan to’garaklar quyidagi turlarga bo’linadi;

  • Fan to’garaklari;

  • Kasb-hunar yo’nalishidagi to’garaklar;

  • Sport to’garaklari;

  • San’at yo’nalishidagi to’garaklar.

Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarni ma`naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda, ularga bilim berishda muhim vosita bo`lganligi tufayli bu ishlarni Keng yo`lga qo`yishga maktab direktorlari, ilmiy mudirlar, shuningdek, o`qituvchilarjamoasikatta e`tibor berishi, «Kamolot»va «Kamalak» tashkilotlari, ota-onalarjamoasiva maktab rahbaralri yordamidan har tomonlama foydalanish kerak.
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni o`qituvchilar jon dillari bilan sevishlari, bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni o`zlarining eng muhim vazifalaridan biri deb bilishlari zarur.
Maktabning yangi vazifasi har bir o`qituvchidan faqatgina o`z fani va uni o`qitishni a`lo darajada bilishnigina emas, balki bilimlarni chuqur egallashni va bundan sinfdan tashqi ishlarni maqsadga muvofiq yo`lga qo`yishda ijodiy foydalana bilishni, har tomonlama ma`lumot va mahoratga ega bo`lishni talab qiladi.
Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga har taraflama yordam ko`rsatish har bir o`qituvchining oliy burchidir.Sinfdan tashqari ishlar shaklini tanlaganda uning tarbiyaviy ahamiyatini shu ishning maqsadi, vazifalari nuqtayi nazaridan baholash kerak.

Yüklə 68,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin