Harakatlanish cheklovi. Saudiya Arabistonida ayollarning ko‘plab noroziliklariga qaramay mashina haydash taqiqlanadi. Ular biror joyga borishlari
uchun otalari yoki turmush o‘rtoqlariga tayanishlari kerak. Misr va Bahrayn kabi
mamlakatlarda erlar xotinlarini mamlakatdan tashqariga chiqarmaslik huquqiga ega, ba’zi davlatlarda esa sayohat qilish uchun turmush o‘rtoqlaridan yozma ravishda ruxsat olishlari talab qilinadi.
Nikoh erkinligi.BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Osiyo va Sahroi Afrikadagi yosh ayollarning 40 foizi 18 yoshidayoq turmushga chiqadi. Juda yosh turmush qurish nafaqat tug‘ruq paytida asoratlar xavfini oshiradi, balki ko‘pincha o‘limga olib keladi. Pokistonda ayollar oldindan kelishilgan nikohlarni qabul
qilishadi va rad etilish, odatda, hukumat tomonidan e’tibor qaratilmaydigan “sharafli qotilliklar”ga olib kelishi mumkin.
Ajrashish bilan bog‘liq gendertengsizligi.Yaqin Sharqning aksariyat mamlakatlarida diniy ideallar davlatn boshqaradi va gender tengsizligi keng tarqalgan. Odatda, erkaklar o‘zlarini ustun deb bilishadi, shuning uchun ular xotinlarini nisbatan osonlikcha va hatto og‘zaki ifoda orqali ham ajrashishlari mumkin. O‘z navbatida, ayollar bu o‘rinda juda ko‘plab to‘siqlarga duch keladi. Livanda xo‘rlangan ayollar, agar guvoh guvohlik berishni istamasa ajrashish uchun ariza topshirish huquqiga ega emas.
Fuqarolik. Isroil, Eron, Tunis va Misrning bir qismidan tashqari, Yaqin Sharqdagi ayollar o‘z farzandlariga fuqaroligini o‘tkazish huquqiga ega emaslar, erkaklar esa bu huquqni nafaqat o‘z farzandlariga, balki boshqa millatga mansub xotinlariga ham o‘tkazishlari mumkin.
Qurolli kuchlar tarkibida.Ko‘plab davlatlarda ayollarga hanuzgacha harbiy xizmatga borishga ruxsat yo‘q. Ruxsat bor joylarda esa ayollga erkaklarga o‘xshab oldingi chiqizlarda jangovar harakatlar olib borish taqiqlangan.
Vasiylik huquqlari. Ba’zi mamlakatlarda sudlar avtomatik ravishda otaga vasiylik huquqini beradilar va ayollar hech qanday moliyaviy yordamsiz qoladilar. Masalan, Bahreynda oila qonunlari tizimlashtirilmagan, bu sudyalarga onani o‘z farzandlariga nisbatan vasiylik huquqlarini rad etishga imkon beradi.
Zo‘ravonlik.Huquqiy tengsizlik ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning kuchayishiga olib keladi. Bugungi kunda dunyoda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning eng yaqqol aniq shakllaridan biri bu erning xotiniga tajovuzidir. Yaqinda Hindistonda qabul qilingan nomusga tajovuz qilish to‘g‘risidagi qonunlarning er-xotinlarga taalluqli emasligi, ayollarga nisbatan jinsiy bo‘ysunish va zo‘ravonlikning yaqqol belgisidir.