Andijon davlat universisteti



Yüklə 63,58 Kb.
səhifə2/9
tarix27.06.2022
ölçüsü63,58 Kb.
#62396
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Abdurazzaqova Dilnozaning

Kurs ishining maqsadi. Gender tenglik tushunchasini ijtimoiy pedagogic muammo sifatida o‘rganish.
Kurs ishining vazifalari:
Gender tenglik tushunchasini ijtimoiy pedagogik muammo sifatida adabiyotlarda pedagogik-psixologik hususiyatlarini o’rganish
Gender tenglik tushunchasini ijtimoiy pedagogic muammo sifatida o‘rganishning komponentlari va tuzilishini yoritib berish;
Gender tenglik tushunchasini ijtimoiy pedagogic muammo sifatida o‘rganishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini ochib berish;
Tadqiqot obyekti Gender tenglik tushunchasini ijtimoiy pedagogic muammo sifatida o‘rganish jarayoni
Tadqiqot predmeti Gender tenglik tushunchasini ijtimoiy pedagogic muammo sifatida o‘rganish mazmuni, shakl, metodlari va vositalari.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, qo‘lga kiritilgan natijalar ta’lim oluvchilarni denter tenglik bo’yicha mavjud bilimlarini shakllantirishga hizmat qilib bunda tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan model va didaktik ta’minotdan ta’lim muassasalarida o’quvchilar faoliyatini rivojlantirish jarayonida foydalanishi mumkin.

  1. GENDER TENGLIK TUSHUNCHASINI ILMIY ADABIYOTLARDA O’RGANILGANLIGI



Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrogʻi: erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik — bu oilada erkaklar va ayollar oʻrtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra [1], gender tengligi — bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi[2]. Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan barcha ijtimoiy toʻsiqlarni oʻrganish va yoʻq qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat.
Oʻzbekiston gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatida 2019-yildan boshlab qatnashishni boshladi. 2019-yil holati boʻyicha Oʻzbekistonning gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatdagi 189 mamlakat ichida 62-oʻrinni egalladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) ekspertlarining fikriga koʻra, Oʻzbekistondagi har 100 000 dan 29 ayol gender tengsizlik tufayli vafot etishi va 15-19 yoshdagi har ming oʻspirin qiz uchun tugʻish koʻrsatkichi 23,8 ni tashkil qiladi.
Gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxati boʻyicha 62-oʻrinda Oʻzbekiston bilan bir qatorda Kosta-Rika va Urugvay ham 0,288 koʻrsatkichi bilan qayd etilgan. Oʻrta Osiyo davlatlari oʻrtasida Qozogʻiston 44-chi, Qirgʻiziston 82-chi, Tojikiston 70-chi oʻrinlarni egallashgan, Turkmanistonda esa bu roʻyxatda hech qanday maʼlumot koʻrsatilmagan.
Oʻzbekistonda 2019-yil 2-sentabrda 562-sonli Oʻzbekiston Respublikasi „Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilingan. Oʻzbekistonda Gender tenglik boʻyicha Komissiya 2019-yildan boshlab ish yuritib keladi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasining raisi hisoblanadi.
Gender tengligi boʻyicha xalqaro tashkilotlar Norvegiyada teng imkoniyatlar loyihalarini moliyalashtiradigan Shimoliy Gender tengligi instituti (1970-yilda Shimoliy Shimoliy Vazirlar Kengashi koʻmagida tashkil etilgan) mavjud.
Kontseptsiyani tanqid qilish: Ushbu kontseptsiyani tanqid qiluvchilar asosiy postulatlarni keltirib, tenglik tushunchasi hamma uchun teng imkoniyatlar berishdir, deb taʼkidlaydilar. Gender tengligi kontseptsiyasini tanqid qiluvchilar buni deyarli imkonsiz deb bilishadi, chunki „erkak va ayol bir-biridan farq qiladi va nafaqat fiziologik, balki ruhiy jihatdan ham“ va shuning uchun „tenglik“ haqida gap borganda „hech qanday savol boʻlishi mumkin emas“, chunki jamiyat erkaklarni ayollar sevadigan ishlariga majbur qilsa (doʻkonlarga borish, kiyim-kechak sotib olish, yuzlarini kosmetika bilan bezash, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish, uyni shinam qilish) ular baxtli boʻlolmaydi. Ayol, oʻz navbatida, jamiyat uni faqat erkaklar ishini bajarishga majbur qilsa: baxtli boʻlmaydi: oʻtin kesish, mashinalarni taʼmirlash, buldozer haydash". Biroq, gender tengligi nazariyasining tarafdorlari, bu fikr koʻp avlodlar davomida patriarxal taʼlim va insonlarning ilmga qarshi nazariyalar, stereotiplar va jamoatchilik fikrlarini idrok etishiga katta taʼsirga ega deb taʼkidlaydilar. Baʼzi sotsiologlarning fikriga koʻra zamonaviy jamiyatda psixika, xulq-atvor motivlari va fikrlash uslubi jinsga bogʻliq degan fikr hukmronlik qilmoqda.
Tenglik tushunchasini tanqid qiluvchilar, umuman tushunchaning mohiyatini tan olsalar-da, unga yana bir taʼrif berishadi: Gender tengligi — bu ayolning ayol sifatida, erkak esa erkak sifatida rivojlanish imkoniyatidir.
BMT va gender tengligi: 2015-yilda Pokiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va ayollarning huquqlarini kengaytirish boʻyicha boʻlimi tomonidan hisobot tayyorlandi. Bu hisobot „BMT-ayollar“ deb tanilgan.
Hisobotning markaziy masalalaridan biri ayollarni ish bilan taʼminlash masalasi edi. Hisobot mualliflarining fikriga koʻra, oliy maʼlumotli ayollar soni tarixiy maksimal darajaga yetganiga qaramay, ularning ish bilan taʼminlanish holati achinarli koʻrinishga ega. Universitetlarni imtiyozli diplom bilan tugatgan yosh qizlar, ayniqsa, tibbiyot va matematika kabi fanlardan yosh yigitlarni tobora ortda qoldirishlariga qaramay, ish topa olmaydilar. Hatto ish topishga muvaffaq boʻlganlar ham har doim ham ijtimoiy ishonchsizlik tufayli oʻzlarini ishonchli his qila olmaydilar. Ushbu masala rivojlanayotgan mamlakatlarda ayniqsa dolzarb boʻlib, ularda ayollarning 75 foiz ish oʻrinlari, ish beruvchi tomonidan qonuniy majburiyatlari himoyalanmaganini tashkil etadi.
Hisobotda taʼkidlanganidek, rivojlangan mamlakatlarda gender tengligi holati ham ideal darajadan uzoq emas. Masalan, Shvetsiya va Frantsiyada ayollar erkaklarnikiga nisbatan maoshlaridagi farq 31 foizga kam, Germaniyada 49 foizga kamroq, Turkiyada esa 75 foizga teng. Hisobot mualliflarining fikriga koʻra, gender tengsizligiga qarshi kurashning asosiy choralari butun dunyo boʻylab ayollarni yaxshi ish joylari bilan taʼminlash huquqi kerak.Moliyaviy jihati : BMT maʼlumotlariga koʻra, erkaklar va ayollar ish haqidagi farq oʻrtacha 37,8% ni tashkil etadi (bu koʻrsatkich mamlakatlar boʻyicha juda katta farq qiladi — Buyuk Britaniyada 18,1% dan Angolada 59,6 % gacha).
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1-mart kuni xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yana-da mustahkamlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Xalqimiz tarixida buyuk allomalar, jahongir bobolarimiz qatorida, bunday insonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan, ulug‘vor ishlarga ruhlantirgan fozila ayollar ham ko‘p bo‘lgan. Bugun ham xotin-qizlarimiz farzand tarbiyasida, turli sohalarda, mahallalarda fidoyilik ko‘rsatmoqda. Ularning og‘irini yengil qilish, huquq va manfaatlarini taʼminlash maqsadida so‘nggi yillarda bir qator qonunlar, farmon va qarorlar qabul qilindi.
2021-yilda ayollar tadbirkorligi dasturlari doirasida 200 mingdan ziyod loyihalarga 2 trillion so‘m kredit va subsidiyalar ajratilib, 320 ming xotin-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. 190 ming nafar ayol kasb-hunarga o‘qitildi. 4 mingdan ziyod xotin-qizlarga uy-joy to‘lovining boshlang‘ich badaliga mablag‘ ajratildi.
2 ming nafar qiz alohida grant asosida oliy taʼlimga qabul qilindi. Natijada, o‘tgan yili oliy o‘quv yurtlariga kirgan talabalarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.
Umuman, 2020-yildan boshlab, “Ayollar daftari” tizimi yo‘lga qo‘yilib, unga kiritilgan 900 mingga yaqin xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik ko‘mak berilgan.
Yig‘ilishda bu boradagi navbatdagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
Hozirgi kunda “Ayollar daftari”da 630 mingdan ziyod xotin-qiz ro‘yxatda turibdi, ulardan 200 ming nafari ishsiz. Ayollar o‘rtasida jinoyatchilik, oilada zo‘ravonlik va tazyiq holatlari, afsuski, hali ham bor.
Davlatimiz rahbari bu muammolarni hal etishda mahalla faollari, jamoatchilik va nuroniylarning o‘rni va taʼsiri sezilmayotganini aytdi.
– Bugungi farovon hayotimiz ham, yorug‘ kelajagimiz ham ayollarga bog‘liq. Agar Xalqimiz bizdan rozi bo‘lishini xohlasak, avvalo, moʻtabar onalarimiz, opa-singillarimiz uchun munosib turmush sharoitlari yaratishimiz kerak. Ona rozi bo‘lsa, oila rozi bo‘ladi, oila rozi bo‘lsa, jamiyat rozi bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bu maqsad mamlakatimizning taraqqiyot strategiyasida eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Ularning ijrosini tizimli tarzda, har bir mahalla kesimida amalga oshirish uchun Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi.
Qo‘mita raisi ayni paytda Bosh vazir o‘rinbosari va Senat aʼzosi sifatida faoliyat yuritadi. Qo‘mitaning viloyat, tuman va shahar boshqarmalari rahbarlari esa, hokim o‘rinbosari hisoblanadi.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda “Ayollar daftari” jamg‘armasi mazkur qo‘mita tomonidan boshqariladi. Yurtimizdagi 9 ming 309 ta mahalla raisining xotin-qizlar va oila bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari ham qo‘mita tizimiga o‘tkaziladi hamda har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi yangidan joriy qilinadi.
– Endi har bir mahallada ayollarning dardi bilan yashaydigan tizim bo‘ladi. Qaysi ayolga nima kerakligi, o‘qishi, davolanishi, bolalari tarbiyasi bo‘yicha mening stolimda adolatli raqam bo‘ladi, – dedi davlatimiz rahbari.


  1. Yüklə 63,58 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin