Andijon davlat universisteti


Ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqish omili



Yüklə 63,58 Kb.
səhifə7/9
tarix27.06.2022
ölçüsü63,58 Kb.
#62396
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Abdurazzaqova Dilnozaning

Ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqish omili. Ijtimoiy-iqtisodiy sharoit va maktab muhiti ta’lim olishni kuchaytirish ta’limi maqsadlari va vazifalariga erishishda muhim omil hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, avvalambor, odamlarning moliyaviy ahvoliga kata e’tibor beradi. Jismoniy shaxslar moliyaviy jihatdan
ibaquvvat bo‘lsa, ular ta’lim olishda hech qanday muammoga duch kelmaydilar. Boshqa tomondan, odamlar moliyaviy muammolarga duch kelganda, ular o‘quv yurtlariga kirishda va ilmiy maqsadlarga erishishda muammolarga duch kelishadi. Kattalar ta’limi odamlarning bilim olishlari to‘g‘risida tushunchalarini boyitdi. Qishloq va shahar hududlarida ilgari maktablarga bormagan yoki muddatidan oldin o‘qishni tashlab ketganlar uchun tashkillashtirilgan ta’lim hamda ish ko‘nikmalarini o‘rgatuvchi kattalar uchun o‘quv markazlari tashkil etilgan. Ba’zi bir muassasalarda ta’lim juda ham arzon narxlarda yoki umuman bepul
yo‘lga qo‘yilgan. Shunday qilib, ushbu omillar kattalar, shu jumladan, erkaklar va shu qatorda ayollarorasida ham ta’lim olishni osonlashtiradi. O‘zbekistonning qishloq joylarida yashovchi ayollar va shaharlarda qashshoqlikda yashovchi ayollar o‘rtasida savodxonlik darajasida tafovut mavjud bo‘lib, ular, asosan, savodsiz va maktablarga bormaganlarga e’tibor qaratadi. Ta’lim sohasidagi yutuqlarning mintaqaviy tafovuti ta’kidlangan va iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatgichi savodxonlik darajasidagi gender tafovutining qisqarishi, tumanlar boyligi va ushbu tengsizlikka javobgar bo‘lgan o‘qituvchilarning soni bilan bog‘liq. Shaxslarning ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishidagi tafovutlar yaqqol ko‘rinib turibdi, ammo ayol va erkaklar o‘rtasida savodxonlik darajasini oshishiga olib keladigan strategiya va yondashuvlarni amalga oshirish zarur.
Innovatsion ta’lim resurslari. Ta’lim muassasalarida zamonaviy va innovatsion ta’lim resurslaridan foydalanish gender tafovutlarni kamaytirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. O‘qituvchilar modellar, sxemalar, diagrammalar, plakatlar va texnologiyalar kabi zamonaviy va ilmiy o‘quv resurslaridan foydalanadilar. Bundan tashqari, ular o‘quv-tarbiya usullari va o‘quv strategiyalarini takomillashtirishga kirishganlarida, gender tafovutlarni kamaytirishga o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin. Ta’lim va o‘qitish tizimini innovatsion ta’lim resurslaridan foydalanishdan tashqari, talabalarga teng huquq va imkoniyatlar berish orqali ham takomillashtirish mumkin. Oliy o‘quv yurtlarida bo‘lganidek, o‘qituvchilar talabalarga mustaqil vazifa yuklaydilar, bu esa o‘qituvchilar yo‘qligida bajarilishi kerak. Boshqacha aytganda, o‘qituvchilar o‘quvchilarga ye-takchilik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratib berishlari kerak. Erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi lozim. Ta’lim muassasalarida modernizatsiya va globallashuv avjiga chiqib, ta’lim tizimi doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. Ta’lim muassasalari a’zolari ta’lim tizimini takomillashtirishlarini talab qilganlarida, ular bir-birlari bilan uyg'un va integratsiyalashgan holda ishlashlari kerak. Erkaklar va ayollarga o‘z nuqtayi nazarlari va qarashlarini bildirishga ruxsat berilishi lozim. Agar muassasalardagiayollarga teng imkoniyatlar yaratilsa, bu gender tafovutlarning kamayishiga olib keladi va ayollar ta’lim tizimini boyitishda juda muhim hissa qo‘shishi mumkin. Demak, innovatsion ta’lim resurslaridan foydalanish ta’lim muassasalari a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro tushunishga olib keladi.

Yüklə 63,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin