Andijon davlat universisteti


Kasbiy yo‘nalishlardagi to‘siqlar



Yüklə 63,58 Kb.
səhifə6/9
tarix27.06.2022
ölçüsü63,58 Kb.
#62396
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Abdurazzaqova Dilnozaning

Kasbiy yo‘nalishlardagi to‘siqlar. Hatto rivojlangan mamlakatlarda ham ish haqi masalasida ayollar noqulay ahvolga tushib qolishmoqda. Eng ko‘p maosh oladigan sohalarda hamon erkaklar ustunlik qilmoqdalar va o‘rtacha olganda ayollar aynan bir xil ishni bajarsalar-da, ish haqi shu ish joyidagi erkaklarga qaraganda 30% kam maosh olmoqdalar. Bu nisbatda mazkur gender tengsizlik yo‘qolgunga qadar to‘liq 45 yil o‘tishi mumkin.

  • Yerga egalik qilish bo‘yicha cheklovlar. Ba’zi mamlakatlarda an’anaviy yoki diniy qonunlar ayollarning yerga egalik qilishlarini taqiqlaydi, bu borada hattoki ularning konstitutsiyaviy qonunlarida ayollarning teng huquqli ekanliklari ta’kidlansa ham. Shimoliy Sudan, Tanzaniya va Lesoto kabi ko‘plab mamlakatlarda yerga egalik qilish va boshqarish erkak oila boshlig‘iga o‘tishi belgilab qo‘yilgan. Zambiyada ayollar va erkaklar ro‘yxatga olingan yer nomiga ega bo‘lish huquqi beriladi, ammo odatdagi yer egalik huquqi ham erning roziligisiz yer uchastkasi ajratilishi mumkin emasligi tan olinadi.

  • Ta’lim olish. Dunyodagi katta yoshli savodsizlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini ayollar tashkil etadi. Ta’lim olish imkoniyati, ayniqsa, Afg‘onistonda muammo bo‘lib, u yerda ayollar ta’limiga qarshi guruhlar ko‘plab maktablarga hujum qilishadi. Ayollar huquqlari shunchalik ham zaifki, ular hattoki o‘zlari qanday huquqlarga ega bo‘lishlari kerakligi haqida ham bilishmaydi va bu kabi muammolarning yechimi faqatgina ta’lim olishga nisbatan ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lishidadir. Biz so‘z yuritayotgan muammoning negizi ham shu ta’lim olishga bo‘lgan cheklovlarda yotadi. Demak, ta’lim olish huquqlari ba’zi davlatlarda hamma uchun teng emas.O‘zbekistonda esa bu kabi muammolar deyarli uchramaydi. Hamma ta’lim olishda teng huquqlidir. Endi mavzuning asosiy qismiga o‘tadigan bo‘lsak, katta yoshlilarni o‘qitishda gender muammolariga duch kelamiz. Katta yoshlilarni o‘qitish bu faqat oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish degani emasligini biz juda ham yaxshi bilamiz. Katta yoshlilar hayotlarining keyingi bosqichlarida ham o‘zlariga zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ehtiyoj sezishi tabiiydir. Juda ko‘p hollarda ayollarimiz bunday ehtiyojni sezishganda ularga shu imkoniyat ko‘p ham taqdim qilinavermaydi. Bu holda biz jamiyatimizning ayol jinsiga oid vakillarini ta’lim olish huquqidan mahrum qilayapmiz. Ushbu muammolarni hal qilish uchun bir nechta omillardan foydalanishimiz mumkin. Quyida gender tafovutlarini kamaytirish uchun kattalar ta’lim orqali amalga oshiriladigan omillarni ko‘rib chiqamiz.


    Yüklə 63,58 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin