26
“Mening uyim – mening qasrim” iborasi sog‘lom, tinch oila – dunyodagi hamma
notinchliklardan vaqtinchalik bo‘lsa ham yashirinishga, dam olib o‘z kuchlarini to‘plab olishga
eng ishonchli va eng yaxshi boshpana degan ma’noni yaxshi ifoda etib beradi.
Rafiqasi o‘z uyida o‘zining hokimining hamma kamsitishlari va jahllariga indamay chidab
kelgan an’anaviy modeli endi o‘tmishda qolib ketmoqda. Ko‘pchilik ayollar ham endi ishga
boradilar va uyga charchab, toliqib qaytadilar. Oilaviy sharoitda, yaqinlari bilan munosabatlarda,
bolalari bilan bo‘lganida kuchlari ancha yaxshi tiklanadi.
2.Oilaning ijtimoiy mavqei va uning turlari
Oila yaxlit sistemali tashkilotdir. Hozirgi zamonda oila oldida turgan muammolardan biri –
bu oilaning jamiyatda moslashishidir (lotincha adapto - moslashtiraman), ya’ni oilaning
zamonaviy muhitda (jamiyatda) hayot sharoitlariga moslashishi hisoblanadi. Moslashish
jarayonining asosiy xarakteristikasi bo‘lib, ijtimoiy mavqei ishtirok etadi, ya’ni oilaning
jamiyatda moslashish jarayonidagi holati.
Oilaning ijtimoiy mavqeini aniqlash uchun uning bir qator tuzilish – funksional
xarakteristikalarini hamda oila a’zolarining individual xususiyatlarini bilish kerak.
Oilaning tuzilish xarakteristikalari
1. Nikohli sheriklarning mavjudligi (to‘la, rasman to‘la, to‘la emas).
2. Oilaning hayotiy sikli bosqichi (yosh, etuk, qari).
3. Nikoh tuzish tartibi (birinchi, takroriy).
4. Oiladagi avlodlar soni (bitta yoki bir necha avlodlar).
5. Bolalar soni (ko‘p bolalik, kam bolalik).
Dostları ilə paylaş: