Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Rekeatsion (qayta tiklash) va psixoterapevtik vazifalari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Rekeatsion (qayta tiklash) va psixoterapevtik vazifalari 
Buning mazmuni oila inson o‘zini to‘la himoyalangan deb xis etadigan, to‘la qabul 
qilingan, uning mavqei, tashqi ko‘rinishi, hayotdagi muvaffaqiyatlaridan moddiy ahvolidan 
qat’iy nazar, oila uni qabul qiladigan boshpana bo‘lishidan iboratdir. 


26 
“Mening uyim – mening qasrim” iborasi sog‘lom, tinch oila – dunyodagi hamma 
notinchliklardan vaqtinchalik bo‘lsa ham yashirinishga, dam olib o‘z kuchlarini to‘plab olishga 
eng ishonchli va eng yaxshi boshpana degan ma’noni yaxshi ifoda etib beradi. 
Rafiqasi o‘z uyida o‘zining hokimining hamma kamsitishlari va jahllariga indamay chidab 
kelgan an’anaviy modeli endi o‘tmishda qolib ketmoqda. Ko‘pchilik ayollar ham endi ishga 
boradilar va uyga charchab, toliqib qaytadilar. Oilaviy sharoitda, yaqinlari bilan munosabatlarda, 
bolalari bilan bo‘lganida kuchlari ancha yaxshi tiklanadi. 
2.Oilaning ijtimoiy mavqei va uning turlari 
Oila yaxlit sistemali tashkilotdir. Hozirgi zamonda oila oldida turgan muammolardan biri – 
bu oilaning jamiyatda moslashishidir (lotincha adapto - moslashtiraman), ya’ni oilaning 
zamonaviy muhitda (jamiyatda) hayot sharoitlariga moslashishi hisoblanadi. Moslashish 
jarayonining asosiy xarakteristikasi bo‘lib, ijtimoiy mavqei ishtirok etadi, ya’ni oilaning 
jamiyatda moslashish jarayonidagi holati. 
Oilaning ijtimoiy mavqeini aniqlash uchun uning bir qator tuzilish – funksional 
xarakteristikalarini hamda oila a’zolarining individual xususiyatlarini bilish kerak. 
Oilaning tuzilish xarakteristikalari 
1. Nikohli sheriklarning mavjudligi (to‘la, rasman to‘la, to‘la emas). 
2. Oilaning hayotiy sikli bosqichi (yosh, etuk, qari). 
3. Nikoh tuzish tartibi (birinchi, takroriy). 
4. Oiladagi avlodlar soni (bitta yoki bir necha avlodlar). 
5. Bolalar soni (ko‘p bolalik, kam bolalik). 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin