Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

  
 
 


24 
3-mavzu: Oila va bolalar, ota-onalar nazoratisiz qolgan bolalar va oilalar bilan 
ijtimoiy pedagogik faoliyat.
 
Reja: 
1. Oila va uning asosiy vazifalari. 
2. Oilaning ijtimoiy mavqei va uning turlari 
3. Oilaga ijtimoiy-pedagogik yordam shakllari. 
4. “Vasiylik qilish” va “g‘amxo‘rlik qilish” tushunchalari mohiyati. o‘amxo‘rlik qilish va 
vasiylik qilishga muhtoj toifali bolalar. 
5. Asrab olgan oila bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat. 
6. Davlat vasiylik tashkilotlarida ijtimoiy-pedagogik faoliyat. 
 
Asosiy tushunchalar: oila, xavfi bor guruxi oilasi, yYetimlik, vasiylik va g‘amxo‘rlik, 
asrab olish. 
1.Oila va uning asosiy vazifalari 
Jamiyatda oilaning roli o‘zining kuchi bo‘yicha boshqa hech bir institutlar bilan 
tenglashtirib bo‘lmaydi. Aynan oilada insonning shaxsi shakllanadi va rivojlanadi bola jamiyatda 
qiyinchiliklarsiz moslashib ketishi uchun u ijtimoiy vazifalarini egallaydi. Oila birinchi 
tarbiyaviy institut sifatida ishtirok etadi, u bilan bog‘liqlikni inson o‘zining butun hayoti 
davomida xis etadi. Oilada insonning ma’naviyligiga asos solinadi xulqi qoidalari yuzaga 
keltiriladi shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochib beriladi.
Statistika ko‘rsatishicha, xo‘jalik yuritish bozor siyosatiga o‘tish ijtimoiy institut sifatida 
oila holatiga ancha yomon og‘ir ta’sir ko‘rsatdi. Demograflar tug‘ilish kamayganini qayd etadilar 
sotsiologlar asotsial oilalar sonini o‘sib borishini qayd etadilar va turmush darajasining 
pasayishini taxmin qiladilar. 
Hamma davrlarda ham oila o‘zining farzandlarini tarbiyalashda yordam olishga talabni xis 
etgan. Tarix ko‘rsatishicha, odamlar katta oilalar bilan yashaganlarida oilaviy hayotning zarur 
bo‘lgan bilim va ko‘nikmalari avloddan avlodga tabiiy ravishda va oddiy kundalik o‘tib kelgan. 
Zamonaviy industrial jamiyatda avlodlar o‘rtasidagi oilaviy aloqalar buzilmoqda. SHuning 
uchun, jamiyat oila tashkil etish va bolalarni tarbiyalash haqidagi zarur bilimlarni etkazish 
bo‘yicha ishlarni o‘z zimmasiga oladi. Hozirgi paytda ota-onalarga mutaxassis psixologlar 
ijtimoiy ishlar xodimlari ijtimoiy pedagoglar va bolalarni tarbiyalash bo‘yicha boshqa 
mutaxassislarning yordamlari zarur. Ana shu mutaxassislarning yordamiga faqatgina notinch
yomon oilalar emas, bugungi kunda tinch yaxshi oilalar ham muhtojlar. 
Oila haqida bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan, oila – bu nikoh va (yoki) qon-
qarindoshchilikka asoslangan kichik ijtimoyi gurux, uning a’zolari birgalikda yashaydilar va uy 
ishlarini bajaradilar, bir-biriga nisbatan o‘zaro majburiyatlar bilan birlashganlar. Ikkinchidan, 
oila – bu ijtimoiy institut bo‘lib, unda odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar barqaror 
mustahkam shaklda bo‘ladi. Ana shu o‘zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti 
asosiy qismi amalga oshiriladi: jinsiy munosabatlari, farzand ko‘rish, bolalaning boshlang‘ich 
ijtimoiylashishi, tarbiyalash, ta’lim berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar. 
Oila-nikoh munosabatlari insoniyatga qadim davrlardan ma’lum. Neolit davridayoq (15-20 
ming yil ilgari) ongli inson paydo bo‘lganda, odamlar jamoasi mavjud bo‘lgandayoq ularning 
birgalikda xo‘jalik yuritishdagi va bola tarbiyalashdagi vazifalari tabiiy jinsiyligi, yoshiga qarab 
(erkak, ayol) ajratilishiga asoslangan. Tarixda qayd etilgan oilaviy munosabatlarda farqlar 
bo‘lishiga qaramay, hamma oilalarni birlashtiradigan qandaydir umumiylik bor. Bu oilaviy 
tarzda hayot kechirishdir, bunda insoniyat yashashning yagona imkoniyatini topgan. 
Olimlar oilaning turli vazifalarini ko‘rsatadilar. Biz birinchi navbatda, bolani tarbiyalash va 
rivojlantirishga taalluqlilarinigagina to‘xtalib o‘tamiz. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin