Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

 
 



SO’Z BOSHI

Ijtimoiy pedagogika fan sifatida va o‘quv faniga muvofiq o‘zining ilk qadamini 


qo‘ymoqda. Ijtimoiy pedagog yaqin o‘n yillik tibbiyot xodimi yoki o‘qituvchi sifatida eng 
ommaviy kasblardan biriga aylanadi. 
Jahonning boshqa mamlakatlari kabi O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy pedagog juda 
qadimiy va chuqur an’analarga ega bo‘lib, hozirgi kunda esa maxsus fan sohasi sifatida ijtimoiy 
pedagogika ayrim qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu qiyinchiliklar qatorida ba’zi bir 
an’analarning, urf-odatlar, mehr-oqibat, hayriya ishlarining sobiq Ittifoq davrida yo‘qolib 
borishi, “Hamma umumiy manfaat uchun” harakat qilib alohida insonga bo‘lgan munosabatning 
susayishini aytib o‘tish mumkin. 
Ijtimoiy pedagogika fani bo‘yicha mazkur o’quv-uslubiy majmua mamlakatimizda ta’lim 
va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati tamoyillari asosida, O‘zbekiston Respublikasi 
“Ta’lim standart”lariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ushbu maruza matni ijtimoiy pedagogikani fan sifatida va bugungi amaliyot 
ehtiyojlarining rivojlanishi zamonaviy darajasida bayon etilgan hamda talabada ijtimoiy 
pedagogika haqida gumanitar bilimlar, uning ob’ekti, tadqiqot predmeti va asosiy mezonlari to‘g‘risida 
nazariy tasavvurni shakllantirish, bolalarni ijtimoiylashtirishning omillari va qonuniyatlari, ijtimoiy 
pedagogik faoliyatning xususiyatlari va uning yo‘naltirishlarini ochib berish, ijtimoiy pedagogik 
faolliyatning asosiy metod va shakllarini egallash haqida yaxlit tasavvurni shakllantirish masalasi 
yoritilgan. Ayniqsa bolaning jamiyatga moslashuvi ko’rib chiqiladi. 



1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Bolaning sotsiumda (yaqin muhitda) 
o‘sishi. Ijtimoiy pedagogika mezonlari va tamoyillari 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin