Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Bola rivojlanishida muhitning ta’siri



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

 
Bola rivojlanishida muhitning ta’siri 



Ijtimoiy pedagogikada sotsium, ijtimoiy muhit yaqin ijtimoiy ijtimoiy muhit orqali 
bolaning umuman jamiyatga kirib borishi jarayoni nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Sotsiumda 
inson munosabatlari va hayoti ijtimoiy shart-sharoitlari o‘zaro ta’sir xususiyatiga ega. Muhit – bu
nafaqat ko‘cha, uy va buyumlar. Muhit – bu yana o‘ziga xos munosabat va qoidalar o‘ziga xos 
munosabat va qoidalar tizimiga ega bo‘lgan turli xil insonlar birligi. SHuning uchun, bir 
tomondan inson unga (muhitga) nimadir o‘ziniki olib kiradi, ma’lum bir darajada unga ta’sir 
qiladi, uni o‘zgartiradi, lekin shu bilan birga muhit ham insonga ta’sir ko‘rsatadi, unga o‘z 
talablarini qo‘yadi. 
Muhitning insonga bo‘lgan munosabati shu bilan aniqlanadiki, uning o‘zini tutishi 
qanchalik muhit ishonchiga to‘g‘ri keladi. Insonning o‘zini tutishi ko‘p holda jamiyatda u 
qanday o‘rinni egallashi bilan aniqlanadi. 
Inson jamiyatda bir vaqtda bir qancha o‘rinlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol kishi 
o‘qituvchi, rafiqa, ona, qiz bo‘lishi mumkin. Har bir tutgan o‘rin insonga muayyan bir talablarni 
qo‘yadi va shu bilan birga unga qandaydir huquqlarni beradi. Jamiyatda insonning o‘zini tutishi 
muayyan bir huquq va majburiyatlar bilan tavsiflanadi, sotsiologiyada bu ijtimoiy maqom deb 
ataladi. 
Ba’zi bir maqomlar bizga tug‘ilishimizdan beriladi. Inson maqomi jinsi, millati, tug‘ilgan 
joyi, ism-sharifi va boshqa omillardan kelib chiqadi. Bunday maqomlar tug‘ma yoki berilgan deb 
ataladi. Boshqalari esa insonning o‘zi mustaqil ravishda jamiyatda shaxsiy harakatlariga ko‘ra 
erishgani bilan aniqlanadi. Masalan, pedagog, vrach, muhandis maqomini inson kerakli kasbiy 
ta’lim yurtida o‘qigani va diplom olgani uchun oladi. Bu holda erishilgan yoki olingan maqom 
haqida gap yuritiladi. 
Maqom insonning jamiyatda o‘zini tutishini aniqlaydi. Ma’lum bir vaziyatlarda shaxs 
o‘zini istaganicha emas, balki o‘z maqomiga ko‘ra tutadi. Atrofidagi insonlar undan bu 
vaziyatlarda muayyan intizomni kutadi, ya’ni inson muayyan bir rolni o‘ynashga majbur. 
SHuning uchun, inson maqomidan kelib chiqqan kutilayotgan intizom ijtimoiy rol deb ataladi. 
Jamiyatda nafaqat u (jamiyat) bilan kutilayotgan maqomlar, balki ijtimoiy me’yor va 
qadriyatlarga to‘g‘ri kelmaydigan maqomlar ham mavjud. SHuning uchun rivojlanish jarayonida 
bola pozitiv ijtimoiy rolni va shu bilan birga negativ rolni ham o‘zlashtirishi mumkin. 
Pozitiv negativ 
Oila a’zosi daydi
fuqaro nashavand gadoy 
Jamoa a’zosi
mutaxassis 
Pozitiv rolli: oila a’zosi (ota va ona, buva va buvi, o‘g‘il yoki qiz, aka va singil, nevara va 
b.), jamoa a’zosi (o‘quvchi, o‘rtoq, do‘st, etakchi va b.), iste’molchi (insonga ovqat, kiyim, oyoq 
kiyim va b.), fuqaro (Vatanni sevadi, u bilan faxrlanadi, vatanparvar bo‘lish), mutaxassis 
(o‘qituvchi, vrach, iqtisodchi, muhandis va b.).
Bola bilan ma’lum rolda o‘zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy munosabatlarga 
muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, har bir u uchun yangi bo‘lgan vaziyatga moslashib 
ketish imkoniyatini beradi. 
Bu individni ijtimoiy muhit shart-sharoitiga moslashib ketishi jarayoni ijtimoiy moslashuv
deb ataladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin