Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Biologik va ijtimoiy omillar



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Biologik va ijtimoiy omillar 
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni hamda insonlarni 
tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat deganda bolalar genetik 
dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning ota-onadan bolaga o‘tilishi tushuniladi. 
Nasldan bola inson organizmi, inson asab tizimi, inson miyasi va sezgi a’zolarini oladi. 
Ota-onalardan bolalarga tana tuzilishi xususiyatlari, soch rangi, ko‘z, teri rangi kabi bir 
insonni boshqa insondan farqlaydigan tashqi omillar o‘tadi. Nasldan asab tizimining ba’zi bir 
xususiyatlari ham o‘tadi. Bular asosida asab faoliyatining ma’lum bir turi rivojlanadi. 
Inson rivojlanishida intellektual xislatlarning o‘tishi masalasi juda muhimdir. Filolog va 
psixologlar tadqiqotlariga ko‘ra qobiliyatlar nasldan o‘tmaydi, faqat qobiliyatlarni rivojlantirish 
uchun potensial imkoniyatlar hisoblangan qobiliyat nishonalari o‘tadi. 
Bola rivojlanishida irsiyat ahamiyati haqida gapirganda irsiy tabiatga ega bo‘lgan bir qator 
kasallik va patologiyalarning mavjudligini e’tiborga olish lozim. Masalan, psixik buzilishlar 
(shizofreniya), qon kasalligi (gemofiliya), endokrin buzilishlar (pakanalik). Ota-onalar 
alkogolizm iva giyohvandligi nasl uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi omillar bo‘lgan 
atmosferaning, suvning ifloslanishi, ekologiyaning buzilishi ham bola rivojlanishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Jismoniy kamchilikli (ko‘rlar, karlar, tayanch-harakatlantiruvchi apparatning buzilishi 
va b) bolalar tug‘ilishi ko‘paymoqda. 
SHunday bolalar uchun muloqotda bo‘lish jamiyatga “kirish” ancha murakkabdir. Bular 
bilan maxsus tayyorlangan pedagoglar shug‘ullanadi. 
Ijtimoiy omillar 
Inson bo‘lib etishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o‘zi kifoya emas. Inson faqat 
sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan o‘zaro ta’sirda shaxs bo‘lib 
etishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy, ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo‘la olmaydi. 
Bu fikrni barchaga ma’lum hollar, ya’ni inson bolasi hayvonlar orasida o‘sgani yanada 
mustahkamlaydi. 
Inson bo‘lib tug‘ildi, lekin inson bo‘la olmadi. 
Hozirgi kunda inson sivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qancha dalillar bor. Rim 
asoschilari Romul va Rem bo‘ri onasi bilan emizilgan edi (shunday deb afsonada gap yuritiladi), 
maugli bo‘rilar to‘dasida tarbiyalangan edi. Inson bolalarini bo‘rilar bilan boqilganining 15 holi, 
ayiqlar -5 holi, maymunlar – 10 holi, leopard – 1 holi, qo‘y – 1 holi ma’lum. 
1920 yili Hindistonda doktor Sing bo‘rilar uyasida bo‘ri bolalari bilan birga ikkita qizchani 
(biri 2 yoshda, ikkinchisi 7-8 yoshlarda) topgan. Kichigi Amala, kattasini Kamala deb 
nomlashdi. 
Boshida ular o‘zini yovvoyi hayvonlardek tutdi. Tunda emaklab yurishardi va 
yugurishardi, kunduzi uxlashardi, qo‘ldan foydalanmay chapillatib ovqatlanishardi. Kichik 
qizcha tezda o‘lib qoldi, kattasi 10 yilga yaqin yashadi. 
SHu yillar ichida doktor Sing Kamalani kuzatish kundaligini batafsid olib bordi. 
Qiyinchilik bilan o‘qirdi. 2 yil uni tik turishga o‘rgatishga to‘g‘ri keldi. 6 yildan so‘ng yura 



boshladi, lekin ilgaridek emaklab yugurardi. Birinchi 4 yillar ichida 6 ta so‘zni o‘zlashtirdi. 7 
yildan so‘ng so‘z boyligi 45 ta so‘zga, 3 yildan so‘ng esa 100 gacha etdi. SHuni o‘zida til 
jarayoni to‘xtadi. Bu vaqtga kelib Kamala inson jamiyatini yaxshi ko‘rdi, yorug‘likdan 
qo‘rqmay qoldi, qo‘l bilan ovqatlanishga va stankandan ichishga o‘rgandi. 17 yoshga etgach 
Kamala rivojlanishi darajasiga qaraganda 4 yoshlik boladek edi. 
Bu hol shuni ko‘rsatadiki, odam oxir-oqibatda insonlar jamiyatiga tushib qolganida ham 
odam darajasiga etmagan. Nima o‘zi odamni odam qiladi? 
Biologik individni ijtimoiy sub’ektga aylanishi odam sotsializatsiya jarayonida, uning 
jamiyatga “kirishida”, turli xil ijtimoiy gurux va tuzilmalarga qadriyatlar, ko‘rsatmalar, ijtimoiy 
o‘zini tutish me’yor va namunalarini o‘zlashtirish orqali “kirishida” sodir bo‘ladi. 
Sotsializatsiya – uzluksiz va ko‘p qirrali jarayon. Bu jarayon ayniqsa, bolalik va 
o‘smirlikda jadal kechadi. Agar bu jarayonni obrazli qilib uy qurilishi deb tasavvur qilsa, unda 
aynan bolalikda butun binoga poydevor qo‘yiladi va quriladi. Keyinchalik butun umr davomida 
faqatgina pardozlash ishlari olib boriladi. 
Bola sotsializatsiyasi jarayoni, shaxs sifatida uning shakllanishi va rivojlanishi atrof-muhit 
bilan o‘zaro ta’sirda sodir bo‘ladi. 
SHaxs sotsializatsiyasining makro (grekcha macros “katta”), mezo – (mesos “o‘rta”) va 
mikro (micros “kichik”) omillarini farqlaydilar. 
Mikroomillar – inson yashaydigan mamlakat, jamiyat, davlat hamda dunyoviy planetar 
jarayonlar – ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vab. 
Mezoomillar – etnik ko‘rsatmalarni shakllantirish, shaxsning milliy hayot va etnikaro 
munosabatlarning u yoki bu hollarini qabul qilishi, insonlarning o‘z eposi (xalqi) tarixi va 
hozirgi hayoti haqida qarashlari va fikrlari; bola yashaydigan va rivojlanadigan mintaqaviy shart-
sharoitlarning ta’siri; yashaydigan joy turi (shahar, tuman markazi, qishloq); ommaviy 
kommunikatsiya vositalari va b. 
Mikroomillar -yaqingina makonni va ijtimoiy muhitni tashkil qiladigan oila, ta’lim 
muassasalari, tengdoshlar guruhi va b. mana shu yaqingina muhitni, ya’ni bola o‘sadigan muhitni 
sotsium yoki mikrosotsium deb atashadi. 
Bola sotsializatsiyasiga omillarning ta’siri chizmasi 
Sotsium (yaqin muhit) – bola sotsiolizatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin 
ijtimoiy muhitni bola asta-sekin o‘zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, oilada rivojlanadi, so‘ng 
yangi muhitlarni o‘zlashtiradi – maktabgacha muassasalar, maktab, maktabdan tashqari 
muassasalar, o‘rtoqlar davrasi, diskotekalar va h.k. YOsh o‘tgan sari bola tomonidan 
o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhit “hududi” tobora kengayib boradi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin