Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Ijtimoiy maqom (tug’ma, olingan)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Ijtimoiy maqom (tug’ma, olingan) 
Ижтимоий роль 


10 
Sotsializatsiya jarayonida, xususan bolaning ijtimoiy moslashuvida insonning “hammadek” 
bo‘lishi ob’ektiv ehtiyoji namoyon bo‘ladi. Biroq shu bilan parallel ravishda bolada - boshqa 
ehtiyoj - o‘zini o‘z individualligini ko‘rsatish ehtiyoji shakllanadi. Bola uni ifodalash usul va 
vositalarini qidira, namoyon qila boshlaydi, natijada uning individuallashtirilishi sodir bo‘ladi. 
Bola individuallashtirilishi shunda ifodalanadiki, u yoki bu ijtimoiy ahamiyatga ega shaxs xislat 
va xususiyatlari aynan shu insonga mansub shaklda namoyon etadi. Ijtimoiy o‘zini tutish esa 
boshqa insonlar intizomiga tashqi tomondan o‘xshashiga qaramay notakror, individuallik 
qirralarni egallaydi. 
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi shunday qilib ikki yo‘nalish bo‘yicha sodir bo‘ladi: 
sotsializatsiya (ijtimoiy madaniy tajribani egallash) va individuallashtirish (mustaqil bo‘lish). 
Agar bolani sotsiumga kiritishda sotsializatsiya va integratsiya jarayonlari orasida 
muvozanat belgilansa, ya’ni bola, bir tomondan, mazkur jamiyatda o‘zlashtirilgan me’yor va 
qoidalarni o‘zlashtirsa, boshqa tomondan unga o‘z ahamiyatli “umumiy”ni individualligini 
qo‘shsa, sotsiumda bolaning integratsiyasi sodir bo‘ladi. 
Agar bolaning guruhga moslashish jarayoni sodir bo‘lmasa, unda o‘ziga ishonmaslik, 
tortinchoqlik, tashabbussizlik sodir bo‘lishi mumkin, bu shaxsni jiddiy deformatsiyaga olib 
kelishi mumkin. 
Agar bola moslashuv fazasidan o‘ta olsa va atrofdagilarga o‘z individual farqlarini 
ko‘rsatishni boshlasa, atrofdagilar esa uning individualizmini jamiyat me’yorlariga to‘g‘ri 
kelmaydi deb hisoblasa, unda bolada negativlik, gumonsirashlik, agressivlik, o‘ziga yuqori baho 
berish rivojlanadi. 
Bola rivojlanishiga tarbiya ham ta’sir ko‘rsatadi. Hozir pedagogikada “sotsializatsiya” va 
“tarbiya” tushunchalari keng muhokama qilinmoqda. Tarbiya shaxs sotsializatsiyasi asosiy 
omillaridan biri. 
Agar bola ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirmasa (muhit negativ ta’siri natijasida), 
unda tarbiyachilar va mutaxassislar harakatlari ijtimoyi moslashuvga (ijtimoiy muhit shart-
sharoitlariga moslashish) yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. 
Agar ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning shakllanmaganligi shunchalik yuqori bo‘lsa, 
bolani ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga moslashishiga halaqit bersa, ya’ni uning ijtimoiy qarshi 
moslashuvi sodir bo‘lsa, bu holda bola bilan yo‘qotilgan ijtimoiy aloqa va munosabatlarni 
tiklashga yo‘naltirilgan maxsus choralar tizimini tadbiq etishni ko‘zda tutadigan ijtimoiy 
tiklanish zarur. 
SHunday qilib, rivojlanish jarayonida bola sotsiumda ijtimoiy moslashuvni o‘z ichiga 
oladigan uning sotsializatsiyasi amalga oshirilishi kerak. Agar bu sodir bo‘lmasa, boshqa hol - 
qarshi moslashuv holi kuzatiladi, unda bolani ijtimoiy qayta tiklash zaruriyati yuzaga keladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin