Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


17 
2-mavzu: Ijtimoiy pedagogik g‘oyalarning Markaziy Osiyo, Rossiya va G‘arbdagi 
tarixi. 
Reja: 
1. 
Markaziy Osiyoda ijtimoiy pedagogika rivojining o‘ziga xos xususiyatlari. 
2. 
Chet el ijtimoiy pedagogika rivojlanish tarixidan. 
Asosiy tushunchalar: Ijtimoiy ish, mehribonlik, hayriya. 
1. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. 
Har bir fan aniq bir haqiqatdan “o‘sib chiqadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar 
amaliy faoliyatdan uzilgan holda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbai 
hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm-fan yutuqlariga asoslangan 
bo‘lsa yanada samarali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikani fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti 
sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. 
Amaliy faoliyat – bu ijtimoiy pedagogning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib 
boradigan ishidir. 
Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv fani – bu 
umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan predmetdir. 
O‘zbekistonda fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani 
sifatida ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi - o‘ziga xos xususiyatga ega.
Qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy pedagogik 
tarbiyaga oid muammolarini oldinga surganlar. 
Eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda jahon dinlari orasida eng qadimgi din, Markaziy Osiyo 
hududida zardushtiylik dini hukmronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir etdi, ya’ni insonni 
birinchi o‘ringa olib chiqdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga sig‘inish) o‘z 
erasining o‘ziga xos qomusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardushtiy dinda ahloqiy me’yorlar 
asosi (ahloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto” da “Inson yaxshi fikrlarga ega 
bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar so‘zlashi va savobli ishlar qilishi lozim” deb yozilgan (xulq-atvor)
2

“Avesto” ning katta qismi bo‘lgan “yasna” larda inson kamolini ko‘rsatuvchi ahloq-odob 
mezoni ana shu uchlikda humata (gumata) – yaxshi fikr, hukta (gukta)-yaxshi so‘z va hvarta 
(gvarshta) – yaxshi ishlarda ifodalanadi “Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat 
baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman” 
(“YAsna”, 14), deyiladi.
3
“Avesto” tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki qarama-
qarshi kuch: Voxu Manna (“Ezgu fikr”) va Apo Mana (“YOvuz fikr”) ta’sir ko‘rsatadi deydi. 
Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovuzlik yotadi. “YAxshi fikr” deganda 
ilohiy qonun ruhidagi yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, muhtojlarga ko‘maklashishga, 
yovuzlikka qarshi kurashishga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati uchun harakat 
qilish, ahillik va do‘stlik, totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi 
tushunilgan. Inson o‘z fikr-hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. YAxshi niyatli kishi 
darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi. CHunki bunday holatda inson yaxshi 
niyatini yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi.
4
Zardushtiylik dinida uchlik asosga tayangan ahloqiy me’yorlar (jadval). 
2
Маковельский.А.О. Авесто. Бенгу, 1960, 18-бет.
3
Маковельский.А.О. Авесто. Бенгу, 1960, 18-бет.
4
Нишонова.С. “Шарқ уйғониш даври педагогик фикр тараққиётида баркамол инсон тарбияси”. 
Докк. дисс. Автореферати. Тошкент, 1998. 


18 
Qadimgi davrlardanoq shunday insoniy xislatlar qadrlangan. Inson bilimlarga ega bo‘lishi 
(ya’ni, kasb-hunarga ega bo‘lishi)adolatli bo‘lishi (ya’ni, insoniy bo‘lishi), shunday ahloqiy 
xislatlarga ega bo‘lishi lozim ediki, ya’ni mehribon, kamtarin, jasur, chiroyli nutqqa ega, 
vatanparvar kuchli iroda va boshqalar sohibi bo‘lishi zarur edi 
5

Pedagogika tarixining ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Ko‘p ming asrlar 
mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi. Qadim zamonlardan buyon olamda 
insonning o‘rni va roli, shaxsning ahloqiy shakllanishida madaniyat va dinning ahamiyati, 
barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar. 
Sharq uyg‘onish davri (IX-XI asrlar) qomusiy olimlari Abu Nasr al Farobiy (873-950), 
Abu Rayxon Beruniy (973-1050), Abu Ali Ibn Sino (Avitsenna) (980-1037) shunday ijtimoiy 
pedagogik g‘oyalarni aytib o‘tganlarki, bolani Ayni go‘daklik chog‘idanoq tarbiyalashni 
boshlashning zarurati, shuningdek bolaning tarbiyasiga tabiat va atrof-muhitning ta’siri, bolaga 
kattalar, ayniqsa ota-onaning ta’siri va boshqa fikrlar kabidir. XV-XVI asrlarda Markaziy Osiyo 
tabiatshunos-faylasuflari, tarixchi, shoir va rassom-musavvirlari o‘z ijodlarida ijtimoiy fanlarga 
alohida e’tibor bilan qarab, tabiat sirlarini o‘rganishga intilganlar. Bular qatorida Nuriddin 
Abdurahmon Jomiy (1414-1492), Jaloliddin Davoniy (1427-1502), Alisher Navoiy (1441-1501), 
Xusayn Voiz Koshifiy (1440-1505) o‘z traktatlarida inson aqli-tafakkuri, uning qobiliyati, 
insonning yuqori ahloqiy xislatlari, insoniylik g‘oyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy 
qadriyat hisoblanadi. Shu jumladan, o‘zbek tilining asoschisi ulug‘ alloma, musiqachi, davlat 
arbobi, Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik g‘oyalari yuksak darajada insonparvarliligi bilan 
ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda ham yagona eng oliy mavjudod deb 
hisoblagan. Bolani esa oilaga quvonch ham baxt keltiruvchi muqaddas in’om sifatida uyni 
yoritib yuboradi deb hisoblaydi.
Inson o‘z farzandinigina emas, balki kelajak avlod bo‘lgan barcha bolalarni sevmog‘i shart 
– deb yozadi shoir. 
Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni bizning o‘zbek olim va allomalarimiz, 
ma’rifatparvarimiz, jadidchilik harakati etakchilari, XX asr boshlarida yashab ijod qilgan
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874-1919), Munavvar Qori Abdurashidov (1878-1931), Abdulla 
Avloniy (1878-1934), Abduqodir shakuriy (1875-1943), Xamza Hakimzoda Niyoziy (1889-
1929) va boshqalarning asarlarida ham ko‘plab keltirish mumkin. 
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishida XX asr 20-30-yillari alohida o‘rin 
tutadi. Bu davrda A.Avloniy, A.SHokuriy, M.Qori Abdurashidov, X.X.Niyoziy, V.F.Lubensova, 
N.P.Arxangelskiy, A.SHarafuddinov kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. 
Ular avvalo,ijtimoiy izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam ko‘rsatish, ya’ni bu allomalar 
aynan ijtimoiy pedagoglar bo‘lib, ular tashkil etgan maktablar, shuningdek, boshqa pedagoglar 
tajribalariga tayanganlar (Almoiy nomidagi, N.G.CHernishevskiy nomidagi bolalar tajriba 
5
Нишонова.С. “Шарқ уйғониш даври педагогик фикр тараққиётида баркамол инсон тарбияси”. 
Докк. дисс. Автореферати. Тошкент, 1998. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin