Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Ijtimoiy tarbiya 
Pedagogikaning asosiy mezoni – tarbiya. Tarbiya – ijtimoiy hayotning abadiy vv umumiy 
mezoni. Pedagogika bolalar tarbiyasini shaxs ahloqiy xislatlarini shakllantirishning maqsadga 
qaratilgan jarayoni sifatida ko‘rib chiqadi. 
Biroq bu tarbiya jarayoni har doim ham etarli darajada samarali bo‘lmaydi. Yuqorida 
ijtimoiy ta’lim vazifasini ko‘rib chiqib, ko‘rsatdiki, bolada muayyan bir ijtimoiy bilim, malaka 
va ko‘nikmalar shakllanishi kerak. Ularning shakllanishi jarayoni, masalan, otaga, onaga 
g‘amxo‘r, e’tiborli, mehribon, rahmdil munosabatlarning shakllanishi bilan bog‘liq. Agar 
qandaydir sababga ko‘ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo‘lsa, demak, munosabatlar 
shakllanmagan, ya’ni unga zarur bo‘lgan ijtimoiylashuvda qandaydir shaxs xislatlari ham 
shakllanmagan. Shuning uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida boladagi shunday 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xislatlar shakllangan bo‘lishi kerak – shuni o‘zi ijtimoiy 
tarbiyaning vazifasidir.
Ya’ni, ijtimoiy tarbiya deganda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy 
ahamiyatli bola shaxsi xislatlarining shakllanishi maqsadga qaratilgan jarayoni tushuniladi. 
Ijtimoiy pedagogika prinsiplari 
“Prinsip” so‘zi lotincha principium so‘zidan hosil bo‘lgan va “asos”, “boshlanish”ni 
bildiradi. Har qanday fan uchun ishlatilishi, muayyan qoidalardan kelib chiqadigan o‘z 
prinsiplari mavjud. Fanda prinsip va qoidalar, bizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud. Ulardan
chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat nafaqat befoyda, balki ham zararli 
bo‘ladi. 
Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi va tabiiyki, o‘z asosida shu fan 
prinsiplariga tayanadi. Pedagogikadagi prinsiplar shaxs ta’lim-tarbiyasining umumiy yo‘nalishini 
beradi va aniq pedagogik vazifalarni hal etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Biroq shu fan rivojlanishining har bir davri uchun pedagogika prinsiplari haqidagi masala 
munozaralidir. Zamonaviy davr ham bundan mustasno emas. Har xil olimlar u yoki bu 


13 
prinsiplarni olg‘a suradi yoki yangidan ma’lumlarni izohlaydi. Bu borada ijtimoiy pedagogikada 
yanada ko‘p qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda, ammo uning dunyoviy balog‘at yoshiga (100 
yildan ortiq) qaramay O‘zbekistonda bu fan endi o‘zining birinchi qadamlarini qo‘ymoqda. 
Biz uchta prinsipni ko‘rib chiqamiz – tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi 
prinsip, tarbiyaning madaniy uyg‘un bo‘lishi prinsipi va gumanizm prinsipi. SHu prinsiplardan 
har biri ijtimoiy pedagogikada o‘zining talqiniga va o‘ziga xos xususiyatiga ega. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin