Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

 
Madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi 
Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipining davomidir. Uning 
zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, shaxs bo‘lib 
esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o‘tadigan o‘zini 
tutish ijtimoiy tajribani o‘zlashtirib, etishadi. 
Antik jamiyatdagi faysuflar va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o‘rtasidagi 
chuqur bog‘liqlikni tahlil qilganlar. SHu narsaga SHarq Uyg‘onish davri mutafakkirlari va 
qomusiy olimlari bo‘lgan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, XII asr insonparvari Alisher Navoiy ham 
o‘z asarlarida tayanganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyat orqali 
shakllanadi, har qanday madaniyat asosiy boyligi esa insondir. O‘tmish faylasufi va pedagoglari 
hisoblardiki, madaniyat yuqori ahloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim 
omilidir. 
Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (XIX asr) bilan ilgari surilgan. 
U hisoblardiki, tarbiya qilishda joy va vaqt shart-sharoitlarini, ya’ni inson tug‘ilgan vaqti va 
joyini, bir so‘z bilan aytganda butun zamonaviy madaniyatni e’tiborga olish zarur. Butun
insoniyat, har bir halq va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog‘onasida 
turadi – bu ajdodlar bilan ular tarixi natijasi sifatida qoldirilgan meros. Madaniy uyg‘un bo‘lish 
prinsipi muayyan tashqi, ichki va ijtimoiy madaniyat asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil 
qilishni bildiradi. Distervegga ko‘ra tashqi madaniyat – bu ahloq turmush, iste’mol qilish 
me’yorlari ichki madaniyat – insonning ma’naviy hayoti. Ijtimoiy madaniyat ijtimoiy 
munosabatlar va milliy madaniyat. 
Rossiya pedagogikasida madaniy uyg‘un bo‘lish g‘oyasi K.D.Ushinskiy asarlarida berilgan 
edi. U shu haqida yozardiki, agar biz ziyoli inson va fuqaroni tarbiyalamoqchi bo‘lsak, yozish, 
o‘qish, sanash, malakasidan, o‘z dini, o‘z vatani, uning tabiati, georafiya, tarix, madaniyatni 
bilishidan boshlash kerak. K.D.Ushinskiy asarlarida bu g‘oya xalqchilik g‘oyasi sifatida aks 
ettiriladi. Xalqchilik deganda K.D.Ushinskiy har bir xalqning o‘ziga xosligini uning tarixiy 
rivojlanishi, geografik va tabiiy shart-sharoitlari bilan shartlanishi orqali tushungan. 
Madaniy uyg‘un bo‘lish g‘oyasi pedagogikamizda Abdulla Avloniy bilan berilgan. Bu 
g‘oya uning “Turkiy guliston yohud ahloq” degan asarlarida Vatanga muhabbat sifatida aks 
ettiriladi.
“Inson tug‘ilgan va o‘sgan shaharni, yozadi A.Avloniy - hamda shu shahar joylashgan 
mamlakatni shu inson Vatani deb ataydilar... biz, Turkistonliklar, hayotimizdan ham afzal o‘z 


15 
quyoshli o‘lkamizni sevganimizdek, arablar ham o‘z Arabistonini, uning issiq qumli cho‘llarini, 
eskimoslar o‘z SHimolini, abadiy muz va qorlar bilan qoplangan eng sovuq erlarini sevadi”
1

Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipi umuminsoniy madaniyat qadriyatlari salohiyatini 
umuminsoniy va milliy madaniyati qadriyatlari va me’yorlarini tarbiyalashda hisobga olishni 
ko‘zda tutadi. 
Umuminsoniy qadriyatlarga eng katta bo‘lgan qadriyat inson, inson yashaydigan tabiiy 
muhit – oila, hayot faoliyati asosi mehnat, yashash sharti - erdagi tinchlik, inson faoliyati asosi -
bilim, insoniyatning tarixiy tiklangan ijtimoiy tajribasi – dunyoviy madaniyat kiradi. 
Milliy qadriyatlar: Vatan tarixi, ona tili va adabiyoti, xalq san’ati, milliy madaniyat, urf-
odatlar, marosimlar, an’analar yana A.Navoiy ta’kidlagan ediki ona tilida (o‘zbek tili) yozish 
xalq ishidir. 
Turli jamiyat madaniyatlariga bolani jalb etish: turmush, jismoniy, jinsiy, aqliy, siyosiy, 
ma’naviy – juda murakkab masala, bu masala oila va jamiyat, turli muassasa va birlashmalarning
(maktab, bolalar bog‘chasi, maktabdan tashqari tashkilotlar, yoshlar tashkiloti va b.) birgalikdagi 
harakatlari orqali hal qilinadi. Sababi bola hayotining turli davrlarida bu erlarda bo‘ladi. Agar 
bola normal rivojlansa, unda u jamiyat madaniyatini o‘zlashtiradi va tabiiy yo‘l bilan jamiyatga 
kiradi.
Agar bola jismoniy, psixologik yoki ijtimoiy kamchiliklarga ega bo‘lsa, unda uning xalq 
madaniy qadriyatlariga jalb qilinishi ancha murakkablashadi. SHuning uchun shunday bolalar 
uchun madaniyat qadriyatlariga bolalarni jalb etish metodikasi va texnologiyasi ishlab chiqilgan. 
Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipini tatbiq etish bir qator qoidalarning bajarilishini talab 
etadi: 

bolalarda har xil madaniyat turlarining shakllanishida me’yordan chetga chiqishini 
e’tiborga olish; 

rivojlanishda nuqsonli bolalar ijodini rivojlantirish. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin